"Grammatika" ning ta'rifi


Download 323.55 Kb.
bet25/66
Sana06.02.2023
Hajmi323.55 Kb.
#1171824
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   66
Bog'liq
Formal gramatika 1.2-mavzu

MATЕMATIK LINGVISTIKA VA
UNING ASОSIY MЕTОDLARI


Tayanch iboralar: matematik lingvistika, matematik lingvistika tilshunoslikning tarkibiy qismi sifatida, formal grammatika yaratish nazariyasi, ifodalanuvchi grammatika, aniqlovchi grammatika, til birliklarini matematik tahlil qilish metodlari, nazariy to’plamlik belgilarini aniqlash metodlari, transformatsion yoki algoritmlik belgilarini aniqlash metodlari, ehtimollik belgilarini aniqlash metodlari, to’plam, to’plamning elementi, toplamning quvvati, to’plamlar orasidagi ekvivalent munosabat, to’plamlar orasidagi binar munosabat, to’plamlar nazariyasi va tilshunoslikdagi komponent tahlil metodi, bo’linish sinflari yoki bo’linuvchi to’plamlar, to’olamlardagi binar munosabatlarning uch xususiyati: refleksivlik, simmetriklik, tranzitivlik xususiyatlari, qat’iy tartibli munosabat, bevosita tuzuvchilar bilan bajariladigan operatsiyalar yoki qoidalar, transformatsion modellar tuzish qoidalari, ishonchli voqea, mumkin bo’lmagan voqea, tasodifiy voqea.
“Matematik lingvistika” atamasi ikki ma’noda qo’llaniladi. Uning birchi ma’nosi matematika fanining tarkibiy qismi sifatida o’rganuvchi alohida matematik fan nomini bildiradi. Uning keyingi ma’nosi tilshunoslikning tarkibiy qismi bo’lgan struktural lingvistika asoschilari tomonidan izohlangan. Matematik lingvistikaning shakllanishi L. Blumfildt, R.Yakobson, N.Xomskiy, N.Trubesskoylarning formal grammatika yaratish nazariyasiga asoslanadi. Bu nazariya N.Xomskiyning “Sintaktik strukturalar” (1962) nomli asarida bayon qilingan. Formal grammatikaga yoki formallashtirish nazariyasiga ko’ra tilning har bir elementi maxsus qoliplarga, sxemalarga yoki modellarga ega. Bu modellarni aniqlash, maxsus belgilar bilan ifodalash ifodalanuvchi grammatika deb yuritiladi. Bu grammatikaning qoliplari ikkinchi bir tilda aniqlanadi, tushuniladi, bunga aniqlovchi grammatika deyiladi.
Formal grammatikaga til birliklarini matematik yo’l bilan formallashtirish, usllarini aniqlash bilan shug’ullanuvchi sohadir. Masalan, o’zbek tilida har qanday so’z quyidagi morflardan iborat. Bu morflar  bilan belgilanadi. Ayb/lan/uv/chi/lar/ga. Bu yasama so’zning formallashgan ko’rinishi quyidagicha bo’ladi: M = M1+M2+M3+M4+M5+Mkabi. .
Tilning struktural elementlarini miqdor jihatdan ham o’rganish mumkin, chunki tilning ba’zi struktural elementlari boshqalariga nisbatan ko’p, ba’zilari esa kam qo’llaniladi. Ularning qo’llanish darajasini o’rganish metodlariga matematik tahlil metodlari deb yuritiladi. Ular 3 xil bo’ladi:
a) nazariy to’plamlik belgilarini aniqlash metodlari;
b) mantiq algebrasida yasalgan transformasion yoki algoritmlik
belgilarni aniqlash metodlari;
v) ehtimollik belgilarini aniqlash metodlari.

Download 323.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling