Gravimetriya usulida mutaxassisligiga qarab kalsiy, magniy, temir, alyuminiy va oltingugurt miqdorini aniqlash


Kalsiy ionining miqdorini aniqlash


Download 21.19 Kb.
bet2/3
Sana15.06.2023
Hajmi21.19 Kb.
#1486823
1   2   3
Bog'liq
Gravimetriya usulida mutaxassisligiga qarab kalsiy, magniy, temi

Kalsiy ionining miqdorini aniqlash
Kalsiy moddasi sut va sut mahsulotlari, petrushka, ko’k piyoz, xurmo va quritilgan mevalar tarkibida ko’p uchraydi. Organizmning o’sishi uchun kalsiy moddasi muhim ahamiyatga ega. Unga bo’lgan talab o’sishning birinchi yilida va balog’atga etgan davrda ancha yuqori bo’ladi. O’sayotgan organizm uchun kalsiy va fosforning miqdori meyorida bo’lishi zarur. Qon hosil bo’lishi va qonning ivishida ham kalsiy muhim rol o’ynaydi. Yosh bolalarning suyaklari va asab to’qimalarining o’sish jarayonida organizm kalsiydan foydalanadi. Shuning uchun ham oziqalar tarkibidagi kalsiyning miqdorini aniqlash zarur. Quyidagi tajribada suzma (tvorog) va go’sht tarkibidagi kalsiyning miqdori aniqlanadi. Suzma (tvorog) va go’shtdagi kalsiy (Ca) miqdorini aniqlash uchun ishlatiladigan asbob va materiallar: go’sht, tvorog, 10% li HCl, distillangan suv, ammiak, sirka kislotasi.Suzma (tvorog)dan va go’shtdan 12,5 grammdan olib tigelga solib quritamiz. So’ngra quritadigan shkafda doimiy massa qolguncha quritamiz. So’ng ularni mufel pechida quritamiz. Kul qora rangga kirib ketishi kerak. So’ngra 10 ml 10%li HCl quyib 5 minut suv hammomida qizdirib, 25 ml li kolbaga filtrlaymiz. Filtratni ham yuvish kerak. Yuvish uchun 3ml HClni 1 litr suvda eritish kerak bo’ladi. Keyin ustiga suv quyib 25 ml ga etkaziladi. So’ngra 1ml mineralizatga 4-5 tomchi ammiak tomiziladi. Agar cho’kma tushsa 0,5 ml sirka kislotasini tomchilab quyib eritamiz. So’ngra uni filtrlab olinadi. Filtrlangan 1ml eritmaga shovel kislotasining ammoniyli tuzi (ammoniy oksalat) ni eritmasini tomizamiz. Shunda u oq cho’kmaga tushadi. Bu esa go’sht va tvorogda Ca elementini borligini ko’rsatadi.
Magniy ionining miqdorini aniqlash.
Bu tahlil ushbu hom kalsiy va magniy ionlarini trilon ,,B’’ eritmasi yordamida qoramtir-ko’k xromli indikator (xrom temno-sinego) bilan aniqlashga asoslangan.
Kerakli reaktivlar;
1 trilon ,,B’’ (etilendialin N,N,N, N-tetra uksus kislotasining dinatriyli tuzi 2-molekula suvi bilan)
Gost (0.652-73 bo’yicha tayyorlangan
2.Gost 3760-79 bo’yicha tayyorlangan ammiak eritmasi
3.Gost 3773-72 bo’yicha tayyorlangan ammiak xlarid
4.Xromli qoramtir-ko’k kislotali indikator
5 Gost 18300-72 bo’yicha tayyorlangan etil spirti
Tahlilga tayyorgarlik
1.Trilon ,,B’’ eritmasi
2.Ammiakning 20% li eritmasi tayyorlash uchun ammiakning 25% li eritmasi suyultiriladi. Buning uchun ammiakning zichligi aniqlab so’ng bu eritma tayyorlanadi.
3.Xromli qoramtir-ko’k kislotali indikatorni tayyorlash uchun 0,1 gr indikator olinib 20 sm3 lik o’lchov probirkasiga solinadi va ustiga 20 sm3 bufer eritmasidan solib, 20 ml gacha etil spirti quyiladi. Hosil qilingan eritmani 10 kun davomida foydalanish mumkin.
4.Ammiakli bufer eritma

Download 21.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling