Gravimetriya
Download 58.71 Kb. Pdf ko'rish
|
Gravimetriya - Vikipediya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soʻnggi tahrir 5 yillar avval Ximik1991Bot tomonidan amalga oshirildi
Gravimetriya Gravimetriya (lot. gravis — ogʻir va ...metriya) — tor maʼnoda ogʻirlik kuchini oʻlchash usullari haqidagi fan. Keng maʼnoda (Nyuton mexanikasi doirasida) Yerning ogʻirlik kuchi maydonini, Yer shaklini aniqlash maqsadida uning fazoviy oʻzgarishini, Yerning ichki tuzilishini, uning ustki qismi geologik tuzilishini, baʼzi navigatsiya masalalarini yechish va b.ni oʻrganish bilan shugʻullanadigan fan. Ogʻirlik kuchi — Yerning soʻtkali aylanishidan hosil boʻladigan gravitatsion tortishuv va markazdan qochma kuchlaridan iborat. Ekvatorda markazdan qochma kuch gravitatsion tortishuv kuchiga karaganda 288 baravar kichik, qutbda nolga teng . Shu sababli, tortishuv kuchining qiymati, asosan, Yerning zichligiga, shakli va oʻlchamiga bogʻliq. G.da tekshiriladigan asosiy fizik kattalik ogirlik kuchi tezlanishi g dir. Ogʻirlik kuchi tezlanishini birinchi marta (taxminan 1590 y.). G. Galiley aniqlagan. Bu kattalikning oʻzgarishi geografik kenglikka bogʻliq. Son qiymati jismning erkin tushish tezlanishi g ga teng boʻlgan ogʻirlik kuchi kuchlanganligi (kuchning massa birligiga nisbati) Gallarda oʻlchanadi: 1 Gal=10^2 s/s2; uning 1000 dan bir ulushi milligal (mGal) deyiladi. Yer sirtida g ning qiymati 978,0 Gal dan (ekvatorda) 983,2 Gal gacha (qutblarda) oʻzgaradi. Ogʻirlik kuchi tezlanishi asosan gravimetrlarda oʻlchanadi. Okeandagi gʻalayonlanmagan suv sathiga mos kelgani (W = W) geoid deyiladi va uni Yerning shakli sifatida qabul qilinadi. Qulaylik maqsadida ogʻirlik kuchi (gravitatsiya) maydonini, sayyora sirti boʻyicha qonuniy oʻzgara boruvchi u normal qismga hamda real g va normal tashkil qiluvchilar orasidagi ayirmadan iborat boʻlgan anomal (ogʻirlik kuchi anomaliyasi deb yuritiluvchi) Ag = g—u
ga ajratiladi. Normal qismini odatda real Yer bilan birday massaga va aylanish tezligiga ega boʻlgan hamda geoidga eng koʻp yaqin boʻlgan bir jinsli aylanish maydoni sifatida tasavvur qilinadi. 1971 y.da Xalqaro gravimetrik sistema qabul qilingan. Unga koʻra ogʻirlik kuchining formulasi 1967 y.dagi gravimetrik va sunʼiy yoʻldoshlar kuzatishlari majmuasi asosida hisoblangan doimiylar bilan birga quyidagi koʻrinishga ega: u =978031,8(1+0,005302sin2(p -0,0000059sin22(p) mGal. Yer ogʻirlik kuchi maydoni normal tashkil qiluvchisining toʻliq oʻzgari-shi = 5,2 Gal. Yerda ogʻirlik kuchi anomaliyalari (2—4) 102 mGal ga yetadi, markazdan qochma kuch hisobiga ogʻirlik kuchi oʻzgarishi =3,3 mGal, Yerning bosiqligi tufayli ogʻirlik kuchi oʻzgarishi =1,8 mGal, ogʻirlik kuchinig balandlik boʻyicha oʻzgarishi 1 m ga 3-10~’ mGal, Oy — Quyosh gʻalayonlanishlarining eng katta qiymati =2,4-10 ‘ mGal. G. yordamida neft-gaz tuzilmalari, boyliklari izlanadi va tekshiriladi. Yerning deformatsiyasi Yerning qovushoqlik xususiyatlariga bogʻliqdir. Ushbu deformatsiyalarni oʻlchash orqali Yer ichki qatlamlarining qovushoqligi hamda ichki tuzilishi haqida xulosa chiqarish mumkin. Muayyan r-nning gravitatsion maydoni qiymatlarining oʻlchovlari yigʻindisi gravimetrik sʼyomkadir. Gravimetrik sʼyomkada mayatnikli asboblar, gravimetrlar, gravitatsiya variometrlaridan foydalaniladi. Toshkent astronomiya rasadxonasida 1901 y.dan boshlab gravimerik tadqiqotlar olib borilgan, natijada mingdan ortiq gravimetrik punktlar aniqlangan. Sayyoralararo kosmik apparatlarning paydo boʻlishi G.ning qoʻllanish sohasini kengaytirdi. Tushiriluvchi kosmik apparatlar ogʻirlik kuchini bevosita Oy sirtida, Mars va Veneraning sunʼiy yoʻldoshlari esa bu sayyoralar atrofida oʻlchadi. Keyingi yillarda Yupiter va Saturnning gravitatsion maydonlarini tadqiq qilish boshlandi. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq. Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin. Adabiyotlar Soʻnggi tahrir 5 yillar avval Ximik1991Bot tomonidan amalga oshirildi Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa).
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. " https://uz.wikipedia.org/w/inde x.php? title=Gravimetriya&oldid=1803325 " dan olindi Download 58.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling