Green and Yellow Hexagonal Geometric Data Statistic Presentation


Download 9.42 Kb.
Sana09.10.2023
Hajmi9.42 Kb.
#1695614
Bog'liq
Statistika


Mavzu:
Created by: Begaydarova M
Yusupova M
“Statistik ma’lumotlarni jadval va grafiklarda tasvirlash”
Reja:
    • Statistik jadvallarning mohiyati va ahamiyati.
    • Statistik jadvallarning turlari va uni tuzish qoidalari.
    • Statistik kо‘rsatkichlarni grafiklarda tasvirlashning ahamiyati.

Statistik ma’lumotlar
Statistik ma’lumotlarni shunday taqdim etish kerakki, ulardan foydalanish qulay bо‘lsin, ularni о‘qish va tushunish oson bо‘lsin. Ularni taqdim etishning eng kamida 3 ta usuli mavjud: matnda sо‘z bilan bayon etish, jadval zuhurida va grafiklar orqali tasvirlash.
Ma’lumotlarni sо‘z bilan matnda bayon etish kо‘rinishda yaxshi yо‘lga о‘xshab tuyulsa ham, ammo subyektning mahoratiga, ma’lumotlarni talqin qilishdagi о‘ziga xoslikka bog‘liq. Bundan tashqari, bu holda ularni har taraflama tushunish, bog‘lanishlarini payqash birmuncha og‘irlashadi.
Statistikadagi jadvallar logarifmlik, karra va boshqa jadvallardan tubdan farq qiladi. Ular ijtimoiy - iqtisodiy hayotimiz, turmushimizning turli tomonlarini ta’riflovchi kо‘rsatkichlarni yaqqol va ixcham shaklda, о‘zaro bog‘lanishda ifodalab, umumiy va о‘ziga xos xususiyatlarini oydinlashtiradi.
01
Ularda о‘rganilayotgan obyektlar va ularning kо‘rsatkichlari joylashtiriladi. Har bir qator va ustun о‘z nomiga, jadval esa umumiy sarlavhalarga ega bо‘lib, bular jadvalning asosiy unsurlari hisoblanadi.
Jadvallar
Jadvallar yotiq va tik tо‘g‘ri chiziqlar kesilmalaridan tuzilgan geometrik shakl bо‘lib, qator va ustunlardan tarkib topadi.
Statistik jadval chuqur ma’noga ega bо‘lib, ijtimoiy voqea va hodisalarni ifodalashi bо‘yicha uni о‘ziga xos mantiqiy gapga о‘xshatish mumkin. Shuning uchun har bir statistik jadvalning egasi va kesimi mavjuddir. Har xil kо‘rsatkichlar orqali ta’riflanayotgan statistik tо‘plam jadvalning egasi, kо‘rsatkichlar esa jadvalning kesimi hisoblanadi. Jadvalning egasi, odatda, jadvalning chap qismida, kesimi esa о‘ng tomonida bо‘ladi. Lekin ular aksincha joylanishi ham mumkin
01
Oddiy
Oddiy jadval deb о‘rganilayotgan obyektlar va ularning kо‘rsatkichlari birma-bir rо‘yhat kо‘rinishida yozilgan jadvalga aytiladi.
02
Gruppaviy
Jadvalning ega qismida o'rganilayotgan ob'ektning muhim bir belgisi bo'yicha gruppalash amalga oshirilgan bo'lsa, bunday jadval gruppaviy jadval deyiladi.
03
Kombinatsion
Kombinatsion jadval deganda, bir marta guruhlangan jadval egasi yana guruhlarga, ular yana guruhcha osti guruhlariga ajratilgan, jadval kesimi ham guruhlangan ko’rinish olgan jadvallar tushuniladi.
#statistikjadvallar
Iqtisodiy izlanishlarda statistik jadvallarning har xil turlari qо‘llaniladi. Eganing tuzilishiga qarab statistik jadvallar uch turga bо‘linadi:
#qoidalar
Voqea va hodisalarni о‘rganish jarayonida va qо‘yilgan vazifalarga qarab ega va kesim о‘z о‘rinlarini almashtirib turishi mumkin. Statistik jadval ixcham va kо‘rimli chiqishi uchun, uni tuzishda quyidagi qoida va tartiblarga amal qilish kerak:
Jadvallar hajmi katta bо‘lmasligi kerak. Murakkab tо‘plamlarni о‘rganishda jadval hajmini kengaytirmasdan, yaxshisi ikki va undan ortiq о‘zaro bog‘langan jadvallar tuzish kerak. Jadvallar aniq, tushunarli va о‘qishga oson kо‘rinishda tuzilishi kerak.
Jadvalning umumiy nomi undagi ega va kesimlar mazmunini ifodalashi lozim, uni qisqartirib yozish mumkin emas.
Jadvalda bir-biri bilan bog‘liq kо‘rsatkichlar birin-ketin, sodddan murakkabga о‘sib borish tartibida joylashtirilishi lozim.
Jadvaldagi ma’lumotlar mazmunini anglash oson bо‘lishi uchun ularni bir xil aniqlik darajasi bilan butunlashtirib, kattaroq sonlar orqali ifodalash lozim.
Shartli belgilashlarga katta e’tibor berish kerak. Zarur bо‘lganda ayrim kо‘rsatkichlar yoniga yulduzcha yoki raqamlar qо‘yilib, ularni qayerdan yoki qanday hisoblab olinganligi ilova tarzida berilishi kerak.
Hodisa sodir bо‘lganligi tо‘g‘risida ma’lumotlar bо‘lmasa, jadvalda shu kо‘rsatkich о‘rniga “ma’lumot yо‘q” yoki nuqtalar (...) qо‘yiladi, agarda hodisa umuman sodir bо‘lmagan bо‘lsa, tire (-) belgisi bilan ifodalanadi. Jadvallarni tuzish texnikasi yaxshi egallansa, ularni о‘qish va tushunish ishi ancha osonlashadi.
June
July
August
September
October
15,000
10,000
5,000
0
#grafikusuli
Changes in foreign currency.
Statistik ma’lumotlarni keng omma uchun tushunarli, ta’sirchan, diqqatga sazovor va lо‘nda qilib bayon etish juda muhimdir. Grafik usuli ana shu maqsad uchun xizmat qilib, amalda keng qо‘llanadi.
2021
2022
2023
2024
2025
1,500
1,000
500
0
Statistikada grafiklar deganda ijtimoiy hayot haqidagi ma’lumotlarni shartli olingan meyorda tuziluvchi har xil geometrik shakl va chiziqlar, predmetlarning tasvirlari (suratlari) hamda geografik xaritalarda nishonlangan shartli belgilar yordamida tasvirlash tushuniladi.
Statistik ma’lumotlarni grafiklarda tasvirlash natijasida ularni soddalashtirish, ayonlashtirish, umumlashtirish, yakunlashtirish va pirovardida tasavvurimizni boyitish kabi muhim fazilatlarga ega bо‘lamiz.
O’zbekistonda kelgusi yillarda iqtisodiy o’sish prognozlari.
#qo’llanilishi
Bu usul turli hodisalarni taqqoslashda, ularni dinamikasi va о‘zaro bog‘lanishlarini tahlil qilishda,rejalarni, davlat buyurtmalarini bajarish ustidan nazoratni amalga oshirishda, о‘rganilayotgan murakkab tо‘plamlarning tuzilishini tekshirishda, ayrim voqealarning yoyilish kо‘lamini tasvirlashda qо‘llanadi.
#diagrammalar
Grafiklarning asosiy turi diagrammalardir. Ularni tuzayotganda kо‘pincha yassi geometrik shakllar va chiziqlardan foydalaniladi.
Ta'lim
45%
Sog'liqni saqlash
22%
Nafaqalar, moddiy yordam va kompensatsiyalar
14%
Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasiga transfertlar
11%
Boshqa ijtimoiy xarajatlar
2%
Sport
2%
Ijtimoiy xarajatlar tarkibi, 2023-yil uchun reja, mlrd so’m.
#elementlari
Statistik ma’lumotlarni grafiklarda tasvirlash uchun avvalo masshtab qabul qilinadi va unga qarab shkala tuziladi.
Masshtab deb sonlar bilan ifodalangan kо‘rsatkichlarni tekislikdagi tasviriy nisbatlarga aylantiruvchi shartli meyorga aytiladi.
Shkala deganda shunday chiziq tushuniladiki, uning ayrim nuqtalari tasvirlanayotgan hodisaning ma’lum miqdorlariga teng bо‘ladi va, demak, shu miqdor deb о‘qilishi mumkin.
Shkala
20%
Masshtab
20%
Son
20%
Chiziq
20%
Nuqta
20%
#xaritogramma
Xaritogramma - shunday statistik xaritaki, unda о‘rganilayotgan hodisaning hududiy taqsimlanishi uning ma’lum oraliqdagi qiymatlariga moslab olingan shartli belgilar (shtrixlar, rang, nuqtalar va h.k.) bilan tasvirlanadi. Bu belgilar har bir bо‘linma konturi ichiga kо‘rsatkichning qiymatiga qarab joylashtiriladi. Xaritogarmma tusli va nuqtali turlarga bо‘linadi.
We want to say
THANK YOU
for your attention!
Don’t hesitate to ask any question.
Download 9.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling