Islom moliyasi paydo bo’lish bosqichlari va o’zbekistonda rivojlantirish masalalari sholdorov Dilshod Begaydarova Madinabonu
Download 52.81 Kb.
|
Tezis Tadqiqot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi bosqich
ISLOM MOLIYASI PAYDO BO’LISH BOSQICHLARI VA O’ZBEKISTONDA RIVOJLANTIRISH MASALALARI Sholdorov Dilshod - Begaydarova Madinabonu – bakalavr Toshkent moliya instituti Barchamizga ma’lumki, shariat- bu juda ham qadimiy ya’ni tahminan 1500 yillik diniy, huquqiy, ma’naviy-ahloqiy tizim. Afsuslar bo’lsinkim, uning moliyaviy bir qismi bir necha asrlik “parakondalik” davomida yoddan chiqarildi va Sharq mamlakatlari musulmonlarining o’z ananaviy ta’lim tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlari, huquqiy strukturalari asosan G’arb davlatlarida paydo bo’lgan muqobil tizimlarga tamomila almashtirildi. Bu davrda ahlosining asosiy qismi musulmonlardan iborat bo’lgan mustamlakaga aylantirilgan davlatlarda faqatning islom qonunchiligining asosan ikkita muhim ananalari ya’ni nikoh va janozaning o’zi qolgan xolos deb aytib o’tsak katta bo’lmasa kerak. Ikkinchi Jaho urushi davridan keyin islom davlatlari o’z huquqlarini talab qilishiga va islom olamida parokandachiliklar tugatilishiga umid paydo bo’ldi. Aynan shu paytda musulmon davlatlari o’z mustaqilligi va o’z taqdirlarini o’zlari belgilahs uchun jang maydoniga chiqishdi va kurashishdi, xuddi shu davrda islom iqtisodiyoti ilmiy nazariyalari va tamoyillari yaratila boshlandi. O’tgan asrning 50-yillaridan boshlab toki hozirgi kungacha bo’lgan bu davrni uchta alohida-alohida bosqichlarga va va boshlanishi muqarar bo’lgan to’rtinchi bosqichga bo’lish mumkin. 1) XX asrning 50-yillaridan 80-yillarning o’rtalarigacha – uyg’onish, asosiy nuqtai nazarlarni shakllantirish va qayta yuzaga chiqish davri; 2) 80-yillarning o’rtalaridan 90-yilning oxirigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi – shakllanish va tetapoya davri; 3) 90-yilning oxirlarida bugungi kunga qadar – o’zgarishlar va yangi innovatsion g’oyalar davri; 4) Hali boshlanmagan, ammo boshlanishi kutilayotgan rivojlanish, o’sish bosqichi. Quyida ushbu bosqichlarning bir nechtalarini o’rganib, ko’rib chiqamiz😊 Birinchi bosqich Mustamlakachilikdan, qiynoqlardan endigina ozod bo’lgan musulmon jamiyati o’z madaniy meroslaridan kelib chiqqan holda keying bosqichi qanday bo’lishligini aniqlashtirishayotgan bir paytda iqtisodiyot – molya tizimi ularni yo’lga qo’yish maslalari kabi muammolar paydo bo’ldi. “Islom iqtisodiyoti” tushunchasi o’tgan asrning 50-yillarida hind iqtisodchisi Abul A’lo Mavdudiy tomonidan kashf etilgan. Ilmiy izlanishlar va foizsiz ish yuritishlar bo’yicha tadqiqot ishlari birinchi bo’lib o’tgan asrning 50-60-yillarida Hindiston, Misr va Pokistonda o’tkazilgan. Shunday qilib, 1975-yilda tashkil etilgan “Dubay islom banki” va “Islom taraqqiyoti banki” birinchi islomiy banklarda bo’lgan. Keying paytlarda esa Fors ko’rfazi mamlakatlarida, Arabiston podsholigining Jidda shahrida bo’lib o’tgan Islom hamkorlik tashkilotining (IHT) uchinchi konferensiyasi muhim ahamiyat kasb etdi. Download 52.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling