Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti qishloq xo’jaligi maxsulotlarini saqlash va ularning dastlabki qayta ishlash texnologiyasi 304-gurux
Download 1.15 Mb.
|
abdug’aniyeva gulnozaNING xayot faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja: 1. Mehnatni muhofaza qilish tushunchasi va vositalaridan qo’llanish qoidalari.
TERMIZ AGROTEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSION RIVOJLANISH INSTITUTI QISHLOQ XO’JALIGI MAXSULOTLARINI SAQLASH VA ULARNING DASTLABKI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI 304-GURUX SIRTQI 3-KURS TALABASI abdug’aniyeva gulnozaNING xayot faoliyati xavfsizligi FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTIMehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunlar va qonunning qo’llanish sohasiReja:1. Mehnatni muhofaza qilish tushunchasi va vositalaridan qo’llanish qoidalari.2. Mehnat muhofazasi sohasidagi davlat siyosati va boshqaruvi3. Xodimning mehnat muhofazasiga doir huquqlari va uni ro`yobga chiqarishdagi kafolatlarMehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta ko`rib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish dasturi quyidagi bo`limlardan iborat: mehnatni muhofaza qilishga doir tarmoqlararo normativlar; tarmoqlar va ishlab chiqishlar uchun mehnatni muhofaza qilish bo`yicha qoidalar; sanitariya qoidalari va normativlari; qurilish normalari va qoidalari; yakka tartiba himoyalanish vositalarini bepul berish normalari; Dasturning bajarilishini tashkil etish va monitoring. Ta`kidlanishicha, 2005 yilga qadar aholini salomatligini muhofaza etishning asosiy yo`nalishlari va O`zbekiston Respublikasida sog`liqni saqlashni isloh qilish, sog`liqni saqlashning asosiy yo`nalishi hisoblangan profilaktika samaradorligini oshirishdir, u aholi salomatligini muhofaza etishning asosiy negizi bo`lib qoladi. Umumiy va kasb kasalligini muhofaza qilish va uni kamaytirishga qaratilgan sog`lomlashtiruvchi tadbirlarni ishlab chiqish va xastaliklarning ilk shakllarini aniqlash, ishlab chiqarishda baxtsiz xodisalarning oldini olish, yo`l-transport xodisalari sonini kamaytirish, yuqumli va parazitar kasalliklarga yo`l qo`ymaslik, xavfli zararli moddalar va noxush ishlab chiqarish omillarga aloqador ishga kirishdan oldin xodimlarni zarur dastlabki, shuningdek davriy tibbiy ko`riklardan o`tkazish ishlarini olib borish maqsadida quyidagi hujjatlar tasdiqlangan: O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining yuqorida qayd etilgan buyrug`i bilan tasdiqlangan 1-ilovaning bo`limida sanab o`tilmagan ishlarda mashg`ul bo`lgan, lekin xavfli, zararli moddalar, shuningdek xalq xo`jaligida birinchi bor qo`llanilgan moddalar, noxush ishlab chiqarish omillariga duch keladigan xodimlarni ko`riklardan o`tkazish zararligi haqidagi masala sanitariya-epidemiologik xizmati (sanitariya-epideitologik stantsiyalari) tomonidan hal qilinadi. Ishlab chiqarishda xavfli, zararli moddalar va noxush ishlab chiqarish omillari ta`siriga duch kelish ehtimoli bo`lgan shaxslar ishga qabul qilinganida dastlabki va davriy tibbiy ko`riklardan o`tishlari zarur. Laboratoriya ishlarini olib borishda davriy tibbiy ko`riklardan o`tkazish zararligi haqidagi masala bevosita mehnat sharoitlarini hisobga olgan holda sanitariya-epidemitologiya stantsiyalari tomonidan hal qilinadi. Tibbiy ko`riklar xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari majmui mavjud bo`lganda, barcha omillar ta`siri xisobga olingan holda o`tkazilishi lozim. Sanitariya-epidemitologiya xizmati idoralari va muassasalari tibbiy ko`riklar 2-3 yilda o`tkaziladigan ishlab chiqarish turlari bilan mashg`ul bo`lgan shaxslarni qo`shimcha tibbiy ko`riklardan o`tkazish masalasini hal qiladi. Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining 2000 yil 6 iyundagi 300-sonli buyrug`i bilan “Xodimlarni ishga qabul qilishda dastlabki va davriy tibbiy ko`riklarni o`tkazishga doir yo`riqnoma” tasdiqlangan. Ishga qabul qilishda dastlabki tibbiy ko`rikdan o`tkazishdan maqsad-xodimlarning ularga topshiriladigan ishga muvofiqligi (yaroqliligi)ni aniqlash, baxtsiz xodisalar, umumiy va aholi salomatligini muhofaza qilish, yuqumli va parazitar kasalliklarning tarqalishiga yo`l qo`ymaslikdir. Davriy tibbiy ko`riklar o`tkazilishi kasbga aloqador zararli va omillar va noxush mehnat sharoitlaridagi xodimlar salomatligini muntazam kuzatib borishni, kasb kasalliklarining ilk belgilarini o`z vaqtida aniqlash va ularni muhofaza qilish hamda zararli sharoitlarda ishni davom ettirishga xalaqit beradigan umumiy xaslaliklarni aniqlash, shuningdek baxtsiz xodisalarga yo`l qo`ymaslik va ish xavfsizligini ta`minlash, aholi sog`lig`ini muhofaza qilish, yuqumli paratitar kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida o`tkaziladigan tadbirlarni aniqlashni ta`minlaydi. Vaxta usulida ishlashga yuboriladigan shaxslarni ishga qubul qilishda dastlabki tibbiy ko`rikdan o`tkazish xodim turar joyidagi davolash-muhofaza muassasalarida amalga oshirilishi mumkin. Istisno tariqasida, davriy tibbiy ko`riklardan vaxta joylashgan yordam davolash-muhofaza muassasalari tomonidan mahalliy sog`liqni saqlash idoralari bilan kelishilgan holda o`tkazilishi mumkin. qoidaga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyatsiya Kengashi bilan kelishgan holda O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro`yhatda ko`zda tutilgan zararli moddalar va noxush ishlab chiqarish omillari bilan ishga yangidan kiradigan shaxslar, shu jumladan jamoat ovqatlanish korxonalarining xodimlari dastlabki tibbiy ko`rikdan o`tadilar. Xodimlar muayyan zararli moddalar va noxush ishlab chiqarish omillari mavjud bo`lgan ishlarga birinchi marotaba qabul qilinganlarida (o`tkazilganlarida) dastlabki tibbiy ko`riklardan o`tkaziladi. Kasb kasalligiga tashxis qo`yishda, bajariladigan ishlar yoki uning kasbga aloqadorligida, mehnat qobiliyatini aniqlash ekspertizasida, tibbiy va mehnat salomatlikni tiklash masalalarini hal etishda, shuningdek xodimlar sog`lig`iga etkazilgan zararni korxonalar va tashkilotlar (ish beruvchi) tomonidan qoplashga aloqador masalalarni ko`rib chiqishda ushbu ro`yhat asosiy hujjat bo`lib hisoblanadi. Mazkur ro`yhatga noxush ishlab chiqarish omillari (pnevmokneozlar) tebranish kasalligi, zaharlashnish va boshqalar) ta`sir ko`rsatishi tuayli kelib chiqadigan kasb kasalliklari, shuningdek muayyan noxush ishlab chiqarish omili-kasb omili ta`mir ko`rsatishiga aloqador ekanligi va organizmda huddi shunday o`zgarishlar (bronxit, allergik kasalliklar, katarakta va boshqalar)ning rostmana ta`siri keltirib chiqargan boshqa xastaliklar kiritilgan. Mazkur xastalik kasbga aloqador ekanligi to`g`risidagi masalani hal etishda tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan kasallik klinik kechishi shaklining tavsifi, etilogik omil va bajariladigan ishlar turi, mehnat staji, muayyan ishlab chiqarish sohasidagi konkret mehnat sanitariya-gigiena garoitlari hisobga olinishi zarur. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling