Islom moliyasi paydo bo’lish bosqichlari va o’zbekistonda rivojlantirish masalalari sholdorov Dilshod Begaydarova Madinabonu


Download 52.81 Kb.
bet2/4
Sana18.01.2023
Hajmi52.81 Kb.
#1098706
1   2   3   4
Bog'liq
Tezis Tadqiqot

Ikkinchi bosqich
80-yillarda Malayziyaning “oltin davri” boshlandi, Fors ko’rfazlaridan farqili ravishda bu mamlakat 1983-yildayoqislom banki tizimining rivojlamishi va taraqqiy etishi uchun alohida qonunlarni ishlab chiqdi. Malayziyaning “sukuk” islom qimmatli qog’ozlari ya’ni obligatsiyalarini bozorga chiqarilishi ham e’tiborga arzigulik. Shunday qilib, 90-yillar boshlarida islom moliyasi “tajriba maydonidan” jahon moliya bozoriga dastlabki qadamlarini yosh ishtirokchi sifatida qo’ydi.
Uchinchi bosqich
Islom moliyasi Jahon moliya tizimini nisbatan muvofiqiyatli tarzda yengib chiqdi, o’zining tizimli xatarlarga nisbatan barqarorligi, dunyoviy huquqiy muhitda yashovchanligini va moslashuvchanligini isbot qilib berdi va umumiy iqtisodiy o’sishi o’z hissasini sezirarl ravishda qo’shib kelmoqda. Bunda u, o’z diniy e’tiqodlariga asoslangan holda islom moliya tizimiga murojat qilayotganlarning talablarini va ehtiyojlarini qondirish uchun ham keng tarmoqda imkoniyatlar taqdim etmoqda.
Bulardan tashqari shuni ham esdan chiqarmasligimiz kerakki, har bir yangi soha bo’ladimi yoki islohot bo’ladimi, bir qancha muammolar ularni holi qoldirmaydi. Ya’ni Islom moliyasida ham bunday muammolar bor. Muammolarni to’laqonli anglab yetish va tan olish unga kerakli va samarali yechimlarni ahtarish yo’lida boshlang’ich nuqta bo’ladi. Bu esa tizimni va tizimning boshqa bir oqsoq nuqtalarini ham sog’lomlashtiradi. Agar soha mutaxassislari bor muammolarning hech bo’lmaganda bir qismi uchun yechimlarni o’ylab topishsa, bu – tizimning, loyihaning kelajakda bundanda tezroq rivojlanishiga keng yo’l ochgan bo’lar edi.
Endi esa Islom moliyasini mamlakatimiz doirasida o’rganib chiqamiz. Respublikamizda islom moliyaviy institutlarining faoliyat yuritishiga, ularning rivojlanishiga turtki sifatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Islom taraqqiyot banki guruhi (ITB) va Arab muvofiqlashtirish guruhi (AMG) jamg’armalari bilan sheriklikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4224-son qarori qabul qilindi. Yuqorida keltirilgan qarorning maqsadi Islom taraqqiyot banki guruhi va Arab muvofiqlashtirish guruhi jamg’armalari bilan uzoq muddatli hamkorlikni o’rnatish, hamda, ustuvor va davlat rivoji uchun samarali bo’lgan loyihalarni ularning sherikligida amalga oshirish bo’ldi. Ushbu qarorning O’zbekiston Respublikasining Islom tаrаqqiyot bаnki guruhi (ITB) guruhi va Arаb muvofiqlаshtirish guruhi (AMG) bilan uzoq muddatli sherikligining asosiy yo’nalishlari hamda vazifalari etib belgilangan (2-bandiga muvofiq) bank sektorida islomiy moliyalashtirish asoslarini joriy etish, davlat-xususiy sherikligi mexanizmlarini, jumladan vaqf-jamg’armalarni tashkil etish yo’li bilan qo’llab-quvvatlash dasturlarini birgalikda ishlab chiqish va O’zbekistonda tatbiq qilish vazifalari orqali mamlakatimizda shu sohaga katta e‘tibor yana kengayishini anglashimiz ayni haqiqatdir.1
Quyida keltirilgan diagrammada O’zbekiston Respublikasiga Islom moliyasi kirib kelganidan keyin kirib kelgan kapitallar va investitsiyalar miqdorlari tasvirlangan.

Download 52.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling