Green education teaching debriefing
Dasturiy boshqarish tizimlarining klassifikatsiyasi
Download 11.29 Kb.
|
1 2
Bog'liqAzizbek Usmonov RDB
Dasturiy boshqarish tizimlarining klassifikatsiyasi.
Boshqarish tizimini yaratishning boshlang‘ich bosqichida ko‘p jihatdan bo‘lajak tizimning qiyofasini belgilovchi qarorlar qabul qilinadi. Asosiy masalalardan biri boshqarish tizimiga yuklanadigan vazifalarni aniqlashdan iboratdir. Bu masalani hal qilish texnologik jarayonni va boshqarish vazifalarini tahlil qilishga asoslanadi. Natijada quyidagilar aniqlanishi kerak: — jarayonni optimallashtirish imkoniyatlari va samaradorlik mezoni; — inson boshqarish vazifalarini bajara olmagan hollarda bevosita avtomatlashtirilishi kerak bo‘lgan texnologik jarayon qismlari (masalan, boshqarish tezligi bo‘yicha qattiq talablar bo‘lgani uchun); — faqat xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar yordamida avtomatik qurilmalar ishtirokisiz boshqarish mumkin bo‘lgan texnologik jarayonlar qismlari; — boshqarilishi insonga yuklanishi mumkin bo‘lgan texnologik jarayon qismlari, lekin bunda ular u yoki bu hollarda optimal amalga oshirilmaydi. Hamma masalalar uchun va dastawal odam ishtirokida hal qilinadigan masalalar uchun tizimning axborot vazifalarini aniqlash zarur, ya’ni qaror qabul qilish uchun kerak bo‘ladigan yoki xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga m a’lumot uchun beriladigan axborotni berishning umumiy hajmi va shakli. Tizimning vazifalarini aniqlash uchun birinchi yaqinlashishda avtom atlashtirilgan boshqarishni markazlashtirish darajasini ham aniqlash zarur, ya’ni hamma vazifani BHMga va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga yuklash (3- rasm, a), yoki mustaqil ishlay oladigan yoxud BHM dan boshqarilishi mumkin boigan (3-rasm, b) mahalliy avtomatik qurilmalarga qoldirish ham zarur. Tizimning vazifalari belgilangandan so‘ng bu vazifalarning qaysi biri texnologik jarayon uchun muhim va javobgarli ekanini aniqlash lozim. Tizimning hamma vazifalarini ulaming muhimligi va tizim bajarishi zarurligi darajasi bo‘yicha ko‘rib chiqish zarur, ya’ni ular orqasidan texnologik jarayonni tahlil qilish asosida va boshqarishning umumiy maqsadli vazifasiga ega bo‘lib, biror afzalligini aniqlash zarur. Keyin ba’zi qiymati bo‘yicha baholar olish kerak: — har bir boshqaruvchi va axborot vazifasi uchun talab qilingan amalga oshirish tezligi; avtomatik amalga oshirib boim aslik maksimal vaqti; — u yoki bu vazifani bajarish ishonchliligi bo‘yicha tizimga qo‘yiladigan taxminiy talablar. Boshqarish obyekti xususiyatlariga bog’liq bolmagan holda TBJAT ga odatda quyidagi vazifalar yuklanadi: 1) turli jarayonlarni m aium berilgan rejimda stabillash (rostlash); 2) obyekt mexanizmlarini texnologik jarayonning joriy holatiga bogiiq holda turli dasturlar bo‘yicha boshqarish; 3) avariyaga qarshi tadbirlarni, shuningdek, boshqarish obyektini shikastlanishdan himoya qilishni tashkil etish; 4) ishlab chiqarish jarayonini berilgan samaradorlik mezoni bo‘yicha optimallashtirish; 5) turli xil signallash, qayd qilish va shu kabilarni ko‘zda tutuvchi axborot vazifalari; 6) boshqarishning yuqori darajali nerarxiyalari bilan operativ aloqa. Bu vazifalarning hammasi odatda axborot tarzidagi va boshqaruvchi guruhlarga bo‘linadi. Xulosa: Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi (ABT) axborotni to‘plash, ishlov berish va taqdim etishning texnik vositalari va algoritmlarining majmuasidan iborat bo‘lib, u korxonani yoki ayrim jarayonlarni kibemetika usullari asosida boshqarishni ta’minlaydi. Boshqarish obyektiga qarab texnologik jarayonlarni boshqarish tizimi va korxonalarni tashkiliy-ma’muriy boshqarish tizimlari farq qilinadi. Ham u, ham bu vazifalarni qo‘shib olib boruvchi — integrallangan ABT (IABT) deb ataluvchi ABT ham bo‘lishi mumkin. ABT avtomatik tizimlardan farqli o‘laroq odam-mashina tizimlaridir. Foydalanilgan adabiyotlar: Download 11.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling