Gretsiya davlatining innovatsiya faoliyati


Download 1.53 Mb.
Sana08.03.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1249693
Bog'liq
Gretsiya davlatining innovatsiya faoliyati

Gretsiya davlatining innovatsiya faoliyati


FR
FABRIKAM RESIDENCES

Gretsiya Respublikasi


FR
FABRIKAM RESIDENCES

Gretsiya yoki Gretsiya Respublikasi (grekchaΕλληνική Δημοκρατία ή Ελλάδα) — Janubi-Sharqiy Yevropada, Bolqon yarim orolning janubida va uning atrofidagi orollarda (yiriklari — Krit, Evbeya, Rodos, Lesbos) joylashgan davlat. Maydoni 131,9 ming km2. Aholisi 11,28 million kishi (2012). Poytaxti — Afina shahri hisoblanadi. Maʼmuriy jihatdan 52 nom (viloyat)ga, nomlar yeparxiyalarga boʻlinadi. 10 tarixiy-geografik viloyatga boʻlish ham mavjud

Davlat tuzumi

  • Gretsiya — parlamentam respublika. Davlat boshligʻi — prezident. Amaldagi Konstitutsiya 1975-yilda qabul qilingan. Unga 1986-yil 7-martda kiritilgan tuzatishlarga binoan prezident parlamentda ochiq ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. U yana bir marta shu lavozimga qayta saylanishi mumkin[2]. Prezident 10 kundan ortiq chet elda boʻlganida, vafot etganida, isteʼfoga chiqqanida yoki ishga layoqatsiz boʻlib qolganida uning vazifasini Deputatlar palatasining raisi bajarib turadi.

Davlat tuzumi

  •  Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Deputatlar palatasi (bir palatali parlament) va respublika prezidenti amalga oshiradi. Parlament umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish asosida 4 yil muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni prezident va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Prezident bosh vazirni va uning tavsiyasiga koʻra hukumatning boshqa aʼzolarini tayinlaydi[3]. Bosh vazir lavozimiga parlamentda koʻpchilik oʻringa ega boʻlgan partiyaning rahbari tayinlanadi

Aholisi

  • Aholisining 95 % yunonlar. Mamlakatning markaziy viloyatlarida albanlar va aromunlar, sharqida turklar yashaydi. Yahudiy, loʻli va bolgarlar Gretsiyaning hamma joyida bor. Rasmiy til — yunon tili. Aholining aksariyati pravoslavlar; 5 % boshqa dinlarda. Aholining 59 % shaharlarda, 11 % shaharchalarda[6], 30 % qishloq joylarda yashaydi. Uning oʻrtacha zichligi — 1 km2 ga 75 kishi toʻgʻri keladi. 5 mln.ga yaqin yunon mamlakat tashqarisida, asosan AQShda (2 mln. kishi), KanadaAvstraliyaOlmoniyada istiqomat qiladi. Yirik shaharlari — AfinaSalonikiPatri[

Gretsiya birinchi jahon urushi davrida

Birinchi jahon urushining dastlabki yillarida Gretsiya betaraflik siyosatini tutdi. 1915-yilning noyabr oyidan eʼtiboran ittifoqchi davlatlar Gretsiyai iqtisodiy jihatdan yakkalab qoʻya boshladilar. Natijada u ham Antanta davlatlari tomonida urushda qatnashdi. Urush Gretsiya iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi. Turkiya bilan Gretsiya oʻrtasida tuzilgan Sevr sulh shartnomasi (1920)ga muvofiq, Izmir, Sharqiy Frakiya hamda Imroz, Tenedos va boshqa orollar Gretsiyaga berilishi kerak edi. Pekin Turkiyaga qarshi Angliya va Fransiya tomonidan uyushtirilgan harbiy fitna (1919—1922)da Gretsiyaning magʻlubiyatga uchrashi uni Sharqiy Frakiya, Izmir va boshqa hududlardan mahrum qildi

Gretsiya ikkinchi jahon urushi davrida

Ikkinchi jahon urushining dastlabki paytida Gretsiya betaraflik yoʻlini tutmoqchi boʻldi. Lekin 1940-yil 28-oktabrda Italiya qoʻshinlari Gretsiyaga bostirib kirib, hududining bir qismini egallab oldi. Yunon xalqi noyabr oyiga kelib, dushman askarlarini Gretsiyadan haydab chiqardi. 1941-yil 6-aprelda olmon askarlari Gretsiyaga kirdi va 2-iyungacha mamlakatni batamom egallab oldi. Hukmron partiya rahbarlari dushmanga qarshi kurashish oʻrniga, murosasozlikka oʻtdi. 1941-yil 27-sentabrda Milliy ozodlik fronti tashkil qilinib, Gretsiya xalq, ozodlik armiyasi (ELAS) tuzildi (1941-yil dekabr). 1944-yil yozda Gretsiya hududining 2/3 qismi ozod qilindi.

Gretsiya urushdan keyingi yillarda

Milliy ozodlik fronti oʻz vaʼdasida turib, ELASni qurolsizlantirdi. Biroq hukumat munofiqona yoʻl tutib, terror muhitida soxta saylov (1946-yil mart) va plebissit (1946-yil sentabr) oʻtkazdi hamda mamlakatda monarxiya tuzumini tikladi. Hukumat mamlakatdagi demokratik kuchlarni yoʻqotish maqsadida fuqarolar urushini boshlab yubordi. 1946-yil oktabrda Gretsiya demokratik armiyasi tuzilib, bu armiya milliy mustaqillik, demokratiya va ijtimoiy taraqqiyot uchun uch yil mobaynida kurash olib bordi. 1949-yil oktabrda demokratik armiya qurolli qarshilik koʻrsatishni toʻxtatdi (ushbu armiya askarlaridan bir qismi Oʻzbekistonda boshpana topdi, shu yerda yashab, tinch mehnatda qatnashdi. 

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari

Umumgresiya sotsialistik harakati (PASOK), 1974-yilda tuzilgan; Gretsiya soʻl partiyasi, 1987-yilda tuzilgan; Soʻl va taraqqiyparvar kuchlar uyushmasi, 1989-yilda tuzilgan; Gretsiya kommunistik partiyasi, 1918-yilda asos solingan; Yangi demokratiya partiyasi, 1974-yilda tuzilgan; „Siyosiy bahor“ partiyasi, 1993-yilda tashkil etilgan. Gretsiya umummehnat konfederatsiyasi, 1918-yilda asos solingan, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi


Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling