Grey minimalist business project presentation


Download 8.15 Kb.
Sana27.10.2023
Hajmi8.15 Kb.
#1726257
Bog'liq
Grey minimalist business project presentation


MUSTAQIL ISH
TOPSHIRUVCHI: TOJIMURODOV FOZILBEK
QABUL QILUVCHI:KOʻCHAROV XURSHID
WINDOWS TURLARI VA U QANDAY ISHLAYDI
REJA:
1
2
OPERATSION TIZIMLAR VA WINDOWS OPERATSION TIZIMI HAQIDA UMUMIY MA'LUMOT VA
WINDOWS OPERATSION TIZIMI TURLARI VA VERSIYALARI
Operatsion tizim (OT) - bu sodda qilib aytganda dastur bo'lib, u barcha boshqa dasturlar va hardware orasida muloqotni ta'minlaydi. U temir-tersakdan iborat qurilmani turli xil vazifalarni bajara oladigan kompyuterga aylantiradi.
Hozirgi kunda juda ko'plab OT lar mavjud. Masalan, Windows, MacOS, Linux distributivlari. Eng mashhur mobil OT lar - Android va iOS. Hozirda hattoki ba'zi choynaklarda ham o'zining maxsus operatsion tizimi bor.
Turli xil qurilmalar uchun turli xil OT larni uchratish mumkin. Ammo ularning barchasining maqsadi bir - foydalanuvchi uchun muayyan vazifalarni bajarish imkoniyatini yaratish.
Shunday qilib, OT kompyuter va dasturlar orasida aloqani nazorat qilar ekan. OT dasturlar uchun qurilma v, tarmoqqa, tashqi qurilmalar bilan o'zaro aloqaga va boshqa resurslarga ma'lum bir cheklovlarni qo'yishi mumkin.
OT ni xuddi adolatli hakamdek tasavvur qilishimiz mumkin. Masalan, kompyuteringizda bir vaqtning o'zida browser, media player va yana boshqa dasturlar ishlab turibdi deylik. Shu vaqtda OT dasturlarga faqat zarur bo'lgan resurslardan foydalanishiga ruxsat beradi va ularni nazorat qiladi.
OT HAQIDA UMUMIY MALUMOT
WINDOWS OT HAQIDA MAʼLUMOT
Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS-DOS va Windows dasturlari, Apple firmasining Macintosh dasturi, Unix va Linux dasturlari.
Windows so’zi inglizcha “window”-oyna degan ma’noni anglatadi. Windows-oynalar, ya’ni Windows operatsion tizimida oynalar bilan ishlaydi.
Dunyoning 70% kompyuterlari Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan operatsion tizimlar bilan jihozlangan. Bo’lardan 1981 yilda yaratilgan - MS-DOS dasturi, 1991 yilda yaratilgan - Windows 3,1 dasturi, 1995 yilda yaratilgan - Windows 95 dasturi, 1998 yilda yaratilgan – Windows 98 dasturi, 2000 yilda yaratilgan - Windows 2000 dasturi, 2001 yilda yaratilgan - Windows Millennium Edition va Windows XP dasturlari.Windows dasturning taniqli bo’lishining asosiy sababi bu - ish jarayoni soddaligi, ko’p vazifali rejim, bir xil ishlash interfeysi va boshqa qulayliklar. Boshqa operatsion tizimlarga o’xshab Windows dasturi ham kompyuter xotirasiga kompyuter yoqilish vaqtda avtomatik ravishda yuklanadi.
Hozirgi kunda keng ommaga taqdim qilinadigan kompyuterlarga WINDOWS operatsion tizimlari o’rnatilib taqdim etilayapti. Agar kompyuterlar ilgariroq olingan bo’lsa, bu kompyuterlarga ham WINDOWS operatsion tizimlarini o’rnatish mumkin.Buning uchun ma’lum shartlar (resurslar) bajarilishi shart. WINDOWS 95/98 operatsion tizimlarini o’rnatish uchun WINDOWS 95 ning minimal varianti uchun 50 Mb hajm vinchesterda bo’sh joy, 8 Mb operativ xotira va protssesor eng kamida ( ishlash taktik chastotasi 66 Mgs) 486 bo’lishi lozim. WINDOWS 98 operatsion tizimini o’rnatish uchun eng kamida 16 Mb operativ xotira, 120 Mb dan 295 Mb gacha qattiq diskda bo’sh joy bo’lishi lozim. Agar Windowsning imkoniyatlaridan foydalanmoqchi bo’lsangiz, Pentium kompyuterlariga WINDOWS tizimini o’rnatganingiz ma’qul.
WINDOWS XP
Microsoft Windows XP Windowsning juda muvaffaqiyatli versiyasi edi. Windows XP operatsion tizimi , rivojlangan interfeys va qobiliyatlari bilan 2000-yillarning boshida kompyuter industriyasining ajoyib o'sishiga yordam berdi.
Windows XP 2001 yil 24 avgustda ishlab chiqarilgan va 2001 yil 25 oktyabrda ommaga chiqarildi.
WINDOWS 95
Windows 95 Microsoft-ning birinchi haqiqiy grafik foydalanuvchi interfeysi bo'lib, u DOS-ning yuqori qismida joylashgan. Bu Windows-ni o'rtacha foydalanuvchi uchun yanada qulayroq qilishiga olib keldi va Windows-ning bozorda ustunligini ta'minladi.
WINDOWS OT TURLARI VA VERSIYALARI
    • Windows 95 1995-yil avgustida ommaga koʻrsatilgan.

WINDOWS 7
2009-yil oktabrda chiqarilgan Windows 7-ning boshqa operatsion tizimlarga qaraganda mutlaqo boshqacha ko'rinishi bor. Bundan tashqari, eng yaxshi tarmoq xususiyatlari, sensorli ekranli funksionallik, yaxshi zaxira va qutqaruv vositalari, tezroq ishga tushirish va yopilish muddatlari mavjud. Qisqacha aytganda, Microsoft Windows 7 bilan to'g'ri ishlamoqda. Windows 7 dunyodagi eng ommabop operatsion tizim bo'lib, dunyodagi 48 foizli bozor ulushi bilan 2017 yilning oxiriga kelib operatsion tizimda ikkinchi o'rinni egallaydi
WINDOWS 10
Iyul 2015 yilda chiqarilgan Windows 10 tez va barqaror. Qattiq antivirus va ta'sirchan ichki qidirish imkoniyatlarini o'z ichiga oladi.Tizim chiqarilgandan keyingi birinchi yil davomida foydalanuvchilar Windows 7, Windows 8.1 va Windows Phone 8.1 ning litsenziyalangan nusxalarini ishlaydigan qurilmalarda Windows 10ʼga bepul oʻtishlari mumkin edi. Muhim yangiliklar qatoriga “Cortana” ovozli yordamchisi, bir nechta ish stoli yaratish va almashtirish qobiliyati va boshqalar kiradi
WINDOWS OT TURLARI VA VERSIYALARI
WINDOWS 8
    • Windows 8 ning birinchi chiqishi 2012 yilga mo`ljjalangan.Windows 8 da asosiy diqqat ovozni aniqlash va ovozli boshqaruvga qaratilgan. Hamda, boshqa imkoniyatlarni ham yangilamoqchilar. Ulardan biri – bu butun operattsion tizimni virtual qilish.
    • Microsoft prezintaesiyasi buyicha, Windows 8 da Windows ning oldingi operatsion tizimlariga qaraganda yuklash va o`chirish vaqtlari qisqartiriladi. Yana bir etibor energiya iste`moliga va samardorligiga qaratiladi.

WINDOWS OPERATSION TIZIMI VERSIYALARI
Bu 5 ta versiya Windowsning eng yaxshi versiyalari edi.Bundan tashqari ko’plab versiyalari mavjud:
1.Windows 1.0(1985)
2.Windows 2.0(1987)
3.Windows 3.0(1990)
4.Windows 3.1(1992)
5.Ishchi guruhlar uchun Windows 3.1(1992)
6.Windows NT 3.1(1993)
7.Windows NT 3.5(1994)
8.Windows NT 3.51(1995)
9.Windows 95(1995)
10.Windows NT 4.0(1996)
11.Windows 98(1998)
12.Windows 98 SE(1999)
13.Windows 2000(2000)
14.Windows XP(2001)
15.Windows Server 2003(2003)
16.Windows Vista(2007)
17.Windows Server(2008)
18.Windows Server 2008 R2(2009)
19.Windows 8(2012)
20.Windows 10(2015)
21.Windows 11(2021)
22.Windows 12(2024...)
StatCounter ma’lumotlariga ko’ra, 2021-yil avgust holatiga ko’ra, Windows ish stoli va noutbuklar bo’yicha global bozor ulushi taxminan 76,98% ni tashkil qiladi. Bu shuni anglatadiki, butun dunyo bo’ylab kompyuterlarning qariyb 77 foizi Windows operatsion tizimidan foydalanadi.
Download 8.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling