Xalq banki
Download 1.22 Mb.
|
Xalq banki
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jumladan
- Jalb qilingan aholi omonatlari
Xalq bankiMBDA 81 guruh Xudoyorov EldorbekReja:1.Bank haqida umumiy malumot, ustaf kapital nechta, umumiy malumot, faoliyat turi 2.Bankning asosiy kursatkichlari 3.Banklardagi auditorlik xulosasiAksiyadorlik tijorat Xalq banki — O‘zbekiston dagi eng yirik moliya muassasalaridan biri. Bankning asosiy maqsadi — kompleks ravishda bank tizimini yaratish, aholidan bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish hamda aholini kreditlash va milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun kredit va investitsiya resurslarini ko‘paytirishdan iborat. Bankning markaziy ofisi Toshkent shahrida joylashgan.Bank o‘z salohiyatini barqarorlashtirish, aholining ishonchini qozonish, mamlakat bank xizmatlari bozoridagi o‘z mavqeyi va rolini mustahkamlash uchun barcha saʼy-harakatlarini safarbar etmoqda. Xalq banki missiyasi — bank faoliyatining yo‘nalishi va mazmunini belgilab beradi, hukumatning moliyaviy agenti vazifalarini bajarish, shuningdek, xalq farovonligi va umuman iqtisodiyotning o‘sishini taʼminlashdagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.Aksiyadorlik tijorat Xalq banki O‘zbekistonning eng qadimiy banklaridan biridir. Uning Toshkentdagi birlamchi jamg‘arma kassalari 1875-yilda tashkil etilgan.O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 1995-yil 4-oktyabrdagi qaroriga asosan „O‘zjamg‘armabank“ davlat-tijorat Xalq banki etib qayta tuzilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi „Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PF-4720-sonli Farmoniga asosan bank nomi „Aksiyadorlik tijorat Xalq banki“ nomiga o‘zgartirilgan.Mustaqillik yillarida Xalq banki mamlakat iqtisodiyotining pul-kredit sohasidagi islohotlar jarayonida hukumatning moliya agenti sifatida faoliyat yuritib, zimmasiga yuklangan masʼuliyatli vazifalarni muvaffaqiyatli tarzda ado etib kelmoqdaBank o‘z aksiyalarini sotib olish uchun Markaziy bankdan oldindan ruxsat olishi shart. Bank sotib olgan o‘z aksiyalarining miqdori bank ustav kapitalining o‘n foizidan oshmasligi kerak.Bank o‘z aksiyalarini sotib olish uchun oldindan ruxsat olish maqsadida bank o‘z aksiyalarini sotib olish sabablarini ko‘rsatib, bank aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishining qarori va arizasini Markaziy bankka taqdim etadi.Korporativ mobil banking — „Korporativ Mobile banking“ interaktiv xizmat orqali yuridik mijozlar o‘z hisob raqamlarini mobil aloqa vositalari orqali dunyoning istalgan nuqtasidan boshqarishi mumkinBank tomonidan anʼanaviy bank mahsulotlari va xizmatlarining barcha yo‘nalishlari, jumladan, jismoniy va yuridik shaxslar uchun depozit mahsulotlarining keng ro‘yxati, kreditning xilma-xil turlari, akkreditiv operatsiyalari, plastik kartalarni ishlab chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish, hisob raqamlarini tezkorlik bilan ochish va yuritish, jamg‘arib boriladigan pensiya hisoblarini yuritish, interaktiv bank xizmatlari, xalqaro pul o‘tkazmalari, lotereya o‘yinlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda. Xalq banki o‘z mijozlariga xizmatlardan foydalanishning eng qulay va foydali usullarini taklif etadi.Yuridik maqomga ega mijozlarni kichik biznes, o‘rta biznes va korporativ mijoz segmentlariga ajratgan holda ular uchun mos moliyaviy xizmatlar va bank mahsulotlari taklif qilinmoqda.Bank nafaqat chet ellik mutaxassislarni jalb qilish bilan shug‘ullanadi, balki xorijiy banklar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.Jumladan:1. AQShning „Cargill Financial Services International, Inc.“ moliya muassasasidan 94 mln. AQSh dollar;2. „Osiyo taraqqiyot banki“ (ABR)dan chorvachilikni rivojlantirish maqsadida 50 mln. AQSh dollar;3. Turkiyaning Aktif bankidan savdoni moliyalashtirish bo‘yicha dastlabki 2 mln. AQSh dollar;Bizning moliyaviy ko‘rsatkichlarimiz barqaror o‘sish dinamikasiga ega. Bugungi kunda Xalq bankining jami kapitali 5 647 073 mln. so‘mni tashkil qiladi. 2021-yil 1-noyabriga nisbatan 8 % ga o‘sgan.Jalb qilingan aholi omonatlari2022-yilning 1-noyabr holatiga aholi omonatlari 8 278 295, 34 mln. so‘m bo‘lib, 2021-yil 1-noyabriga nisbatan 14,5 foizga o‘sgan.Bank kredit qo‘yilmalari2022 - yilning 1- noyabr holatiga bankning kredit qo‘yilmalari 21 184 082,0 mln. so‘m bo‘lib, 2021-yilning 1- noyabriga nisbatan 2,5 % ga oshgan.
Xalq banki”ning yangi formatdagi aloqa markazi haftada 7 kun davomida, uzluksiz ravishda telefon orqali mijozlarning murojaatlarini qabul qilib, sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘ydi.Xalq banki”ning yangi formatdagi aloqa markazi haftada 7 kun davomida, uzluksiz ravishda telefon orqali mijozlarning murojaatlarini qabul qilib, sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘ydi.Ushbu tizim orqali mijoz to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘ilib, ehtiyojlarni oldindan aniqlash, shuningdek, avtomatlashtirilgan marketing va prognozlashtirilgan sotuvlarni amalga oshirib, mijozlarga yangi xizmat turlari taklif etiladi.Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling