Group: 307a Variant: 12


Download 15.2 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi15.2 Kb.
#266912
Bog'liq
pedagogika


Name: Qurbonboyeva Mahzuna

Group: 307a

Variant: 12

O’zbekiston ta’lim tizmida pedagogik texnologiya tushunchasining paydo bo’lishi;

Muommoli ta’lim texnologiyalari;

Interfaol ta’lim metodlari. T – jadval

Javoblar

1.Shuni ta’kidlash kerakki, 1999-yilda Respublika ta’lim markazida pedagogik texnologilar boýicha markaz tashkil etildi. Undan bir necha yil oldin pedagogik texnologiyalari bo’yicha bir qancha maqolalar, jurnallar chop etildi. Yana turli xil konfrensiyalar o’tkazildi. Konfrensiya doirasia turli xil muommolarni va O’zbekistonlik olimlar fikrlarini taxlil qilib, uning rivojlaishlari haqida so’z yuritildi. Respublikamizning taniqli olimlari R.X.Jo'raev. U.N.Nishonaliev. N.S.Sayidaxmcdov. B.L.Faberman: Rossiva pedagogik olimlari B.P.Bespalko, M.V.KJarin, N.I'.Talizina, L.M.Fridman. V.Slastyonin. N.N.Mixaylov: Amerika. G'arbiy Evropa va boshqa davlatlar olimlari B.Blum, J.KerroI. Golbraynt. T.Sokomoto o'z ilmiy tadqiqotlarida '»pedagogik texnologiya» tushunchasining mohiyati va ahamivatini ochib bcrishga munosib hissa qo'shganlar.Ular quyidagicha O’zbekistonlik pedagog olim B.L. Farberman pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta’rif beradi: Pedagogik texnologiya – ta’lim jarayoniga yangicha yondashuv bo’lib, pedagogikada ijtimoiy-muhandislik ongi ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart holga solib, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog’liq ijtimoiy xodisadir deb ta’rifladi. Pedagogik texnologiyani tushunishning asosi – bu aniq belgilangan maqsadlarga qaratilganlikdir. Ia'lim oluvchi bilan muniazam o'zaro to'g'ri va aks bog'lanish kanallari orqali aloqani o'rnatish, pedagogik texnologiyaning asosi hisoblangan ta'lim oluvchini xatti-harakati orqali o'qitishdir. O'zaro aloqa pedagogik texnologiya asosini tashkil qilib, o'quv jarayonini to'liq qamrab olishi kerak.



2. Muammoli ta’lim texnologiyalari deganda o’quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Asosi sifatida esa insonni fikrlashi muammoli vaziyatni hal etishdan boshlanishi hamda uning muammolarini aniqlash, tadqiq etish va yechish qobiliyatiga ega ekanligidan kelib chiqadi. Muammoli ta’lim o’quvchilarning ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini oshirishda jiddiy ahamiyatga ega. Muammoli ta'limning bosh maqsadi - o'quvchilarning o'rganilayotgan mavzuga doir muammolarni to'liq tushunib va ularni hal eta olishga o'rgatishdan iborat. Muammoli ta'limni amaliyotda qo'llashda asosiy masalalardan biri o'rganilayotgan mavzu bilan bog'liq muammoli vaziyat yaratishdan iborat. Qo’shimcha qiladigan bo’lsak, muommoli ta’lim texnologiyasi deganda o’qituvchi tomonidan talim oluvchilarni o’quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o’quv vazifalarini, muammolarini va savollarini xal qilish orqali yangi bilimlarni o’zlashtirish bo’yicha ularning bilish faoliyatini boshqarishni tashkil etishini ham tushunamiz.

3. Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o’zaro muloqotda, o’zaro bahs-munozarada fikrlash asnosida, hamjixdtlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat o’quvchi-talabani mustaqil fikrlashga o’rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi. Qo’shimcha qiladigan bo’lsak, ta’lim oluvchilar faollashtiradi va mustaqil fikrlashga undaydi. Bu metodlarga ,,T’’- javal, keys – study, ijodiy ish, blist – so’rovlar kiradi. Shulardan ,,T’’ jadvalni sharhlayman. Bu jadval ma’lumotlarni har ikkala tomondan solishtirib, tofalashtiriladi. Birinchi o’rinda jadval qoidalarini tanishiladi. Ikkinchi bosiq esa ajratilgan vaqt oraligída javal to’ldiriladi, ya’ni jadvalning bir tomoniga muommoning sababalarini ikkinchi tomoniga esa qarshi góyalarni omillarni aks ettiriladi.
Download 15.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling