Gruntni mustahkamlashda innavatsion materiallardan foydalanish


Gruntlarning qattiq zarrachalari


Download 42.92 Kb.
bet9/10
Sana15.11.2023
Hajmi42.92 Kb.
#1776143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
GRUNTNI MUSTAHKAMLASHDA INNAVATSION MATERIALLARDAN FOYDALANISH.111

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Illit
3. Gruntlarning qattiq zarrachalari
va donadorlik tarkibi
Gruntning qattiq qismi mineral zarrachalar majmuidan iborat bo`lib, yemirilgan tog` jinslarida ularning o`lchamlari bir necha santimetrdan millimetrning mingdan bir ulushigacha o`zgarishi mumkin.
Yirik bo`lakli zarrachalar odatda ko`p mineralli bo`ladi. Magmatik tog` jinslarining asosini kvarts, dala shpati, avgit, slyuda, talk, xlorit singari birlamchi minerallar tashkil etadi. Metamorfik tog` jinslarning tarkibi birlamchi minerallardan tashqari ikkilamchi minerallardan ham iborat bo`ladi. Cho`kindi tog` jinslarining tarkibida barcha keng tarqalgan birlamchi (kvarts, dala shpati, slyuda va boshqalar) va ikkilamchi (kaltsit, gips, angidrit, dolomit, gilli minerallar va h.k.) minerallar mavjud bo`lishi mumkin.
Qum, chang va gil zarrachalari monomineral tuzilishga ega, ya`ni ularning tarkibi qandaydir bir mineraldan iborat bo`ladi. Gil zarrrachalari qum va chang tarkibidagi birlamchi mineralning kimyoviy yemirilishidan hosil bo`lgan ikkilamchi mineraldan tashkil topadi. Shuning uchun ham ular namlanganda ko`pchib, quritilganda qotish xususiyatiga ega. Illit (gidroslyuda ), kaolinit va montmorillonit gil zarrachalari minerallarining asosiy vakillari hisoblanadi.
Gruntlarning xossalari qattiq zarrachalarining mineralogik tarkibidan tashqari har xil yiriklikdagi zarrachalarning nisbiy miqdoriga, ya`ni donadorlik tarkibiga ham ko`p jihatdan bog`liqdir. Gruntning turi va nomlanishi ko`pincha donadorlik tarkibi natijalariga asoslanib o`rnatiladi.
Donadorlik tarkibini baholashning ko`plab usullari mavjud bo`lib, amaliyotda asosan gidravlik va elash usullari qo`llaniladi. Gidravlik usullar turli yiriklikdagi (massadagi ) zarrachalarning suyuqlikda (masalan, suvda) har xil tezliklar bilan cho`kish qonuniyatiga (Stoks qonuniga ) asoslangan bo`lib, ular yordamida o`lchamlari 0,1 mm dan kichik zarrachalarni saralash mumkin. Yirik zarrachalarning tarkibi elash usulida o`rganiladi. Bunda ko`zlarining o`lchamlari ( di ) 0,1; 0,25; 0,5; 1,0; 2,0; 5,0 va 10,0 mm bo`lgan standart elaklar to`plamidan foydalaniladi.
Ma`lumki, gilli gruntlarning donadorlik tarkibini gidravlik usullar bilan aniqlash ko`p vaqt va mehnat talab qiladi. Shu sababli, gil zarrachalarining salmog`i va grunt turini bilvosita gruntning plastiklik soni (Ip) bo`yicha ham o`rnatish mumkin (2-bo`limga qarang).
Sochiluvchan gruntlarning donadorlik tarkibini elash usuli bo`yicha o`rganishda har bir elakdagi xususiy ( nisbiy ) qoldiq quyidagi ifoda bo`yicha aniqlanadi:
Хi = mi 100% /  mi , (1)

bu yerda mi - berilgan elakda ushlanib qolgan grunt massasi ;  mi -namunaning umumiy massasi.


Gruntlarning donadorlik tarkibi jadval yoki grafik shakllarda ifodalaniladi. 1 - rasmda donadorlik tarkibi haqida ma`lumot beruvchi umumiy qoldiq ( ( Xi) va lg(1000 di ) orasidagi bog`lanish grafigi ko`rsatilgan. Sinov natijalari bo`yicha qurilgan shunday grafik asosida gruntning bir jinslilik darajasi quyidagi nisbat bo`yicha baholanadi:
Kd = d60 / d10 , (2)
bu yerda d60 , d10 - umumiy qoldiqning 60 va 10 foizlariga mos keluvchi donalar (zarrachalar) yirikligi.
Xulosa:

  1. Innovatsion materiallardan foydalanish, yo'llarni, ot-xavoylarni va yerga yo'l qurish materiallarini yangi vaqt oqibatlari bilan mustahkam qilishning asosiy yo'nalishidir. Bu, yo'l va transport infrastrukturini yanada qulay va izohlangan qilish uchun zarurdir.

  2. Innovatsion materiallar, beton, polimer georeshetlar, geotekstil, geofoam kabi materiallarni o'z ichiga oladi, bu esa yo'llarni va yerni mustahkamlashning yuqori sifatini oshirishga imkon beradi. Ularni qo'llab-quvvatlash va ishlab chiqarish jarayonlarida yangi texnologiyalar va materiallar ishlatish orqali mustahkamlashni osonlashtiradi.

  3. Bu innovatsion materiallar yorug'likni kamaytirish, yo'l yuzasining xavfi va uning istiqbolini oshirish, ta'sirli bo'lmagan tartibni ta'minlash va yana bir necha o'zgarishlarni amalga oshirish uchun foydalanish imkonini beradi.




Download 42.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling