Gruntni mustahkamlashda innavatsion materiallardan foydalanish


Asosiy qism 1. Umumiy ma`lumotlar


Download 42.92 Kb.
bet2/10
Sana15.11.2023
Hajmi42.92 Kb.
#1776143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
GRUNTNI MUSTAHKAMLASHDA INNAVATSION MATERIALLARDAN FOYDALANISH.111

Asosiy qism
1. Umumiy ma`lumotlar

Yuk ko`tarish qobiliyati inshoot barpo etish uchun yaroqsiz bo`lgan tabiiy gruntlar bo`sh (kuchsiz) gruntlar deyiladi. Ulardan zamin sifatida foydalanishda turli sun`iy usullar qo`llab, ushbu gruntlarning mustahkamligi oshiriladi. Qurilish amaliyotida faqat bo`sh gruntlarnigina emas, balki ancha mustahkam gruntlarni ham quyidagi hollarda sun`iy mustahkamlashga to`g`ri keladi.


Inshootdan uzatiladigan bosim zamin yuk ko`tarish qobiliyatidan ortiq bo`lib, poydevor tag yuzasi yoki yotish chuqurligini oshirish imkoniyati cheklangan bo`lsa.
Gruntning fizik va mexanik ko`rsatkichlari unga quyilgan talablarga javob bermasa (yirik g`ovaklar, gruntning bo`sh tuzilishi, notekis cho`kishlar va h.k).


2. Bo`sh gruntlarni almashtirish

Inshoot quriladigan joyda qalinligi 2...3 m dan oshmaydigan balchiqsimon yoki tarkibida turli organik moddalar bo`lgan gilli gruntlar bo`lsa, ularni olib tashlab, o`rniga tosh-shag`al yoki qumli gruntlardan maxsus yostiqlar o`rnatish maqsadga muvofiqdir.


Poydevor ostida hosil qilinadigan yostiqlar mustahkam gruntga o`rnatiladi va tag yuzasi ma`lum bikrlik burchagi () ostida kengaygan trapetsiya shaklida bo`ladi (1- rasm). Bunda, bikrlik burchagi grunt turiga bog`liq holda qabul qilinadi. Masalan, qumli yostiqlar uchun uning qiymati 30...35o, tosh-shag`alli yostiqlar uchun 40...45o atrofida qabul qilinadi.
Yostiqlar poydevordan tushadigan bosimni o`ziga qabul qilib, zaminga kamaytirib, uzatib berish vazifasini bajaradi. Tubining kengligi birmuncha kichik bo`lgan yostiqning balandligini quyidagi formula yordamida tanlash mumkin:

h = (N/R – b)/2tg , (1)


bunda N – yostiq og`irligi bilan birgalikda zaminga uzatiluvchi yuk; b – poydevor tovonining kengligi.


Qum va tosh-shag`al yostiqlar, qalinligi 20 sm dan oshmaydigan qatlamlar yig`indisidan barpo etiladi. Har qaysi qatlam to`kilgach, suv bilan namlanib, maxsus gurzilar yoki mexanik zichlovchilar yordamida shibbalanadi.
Ayrim hollarda, yostiq sifatida qum, tosh-shag`allardan tashqari, gilli gruntlardan ham foydalaniladi. Ularni sizot suvlari satxi chuqur joylashgan maydonlardagina qo`llash tavsiya etiladi. Chunki, suvlar ularning tuzilishini keskin bo`zib yuborishi mumkin.



1 – rasm. Bo`sh gruntlarni sochiluvchan gruntli yostiqlar bilan almashtirish

Download 42.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling