Peja: 1 Zamin va poydevorlarni ta’mirlash sabablari


Download 24.3 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi24.3 Kb.
#1529991
  1   2   3   4
Bog'liq
14-Mavzu. Zamin va poydevorlarni ta\'mirlash usullari


9- bob. ZAMIN VA POYDEVORLARNI TA’MIRLASH
Tayanch iboralar: Poydevor ashyosining emirilishi, poydevor ashyosini mustahkamlash, gruntlarda o‘ta cho‘kish holati, zaminga uzatiluvchi bosim miqdori
Peja:
9.1 Zamin va poydevorlarni ta’mirlash sabablari
9.2.Zamin va poydevorlarni ta’mirlash usullari
9.3.Foydalanilayotgan inshoot yaqinida poydevor o‘rnatish


9.1 Zamin va poydevorlarni ta’mirlasli sabablari
Sanoat korxonalari, jamoat va turar joy binolarini ta’mirlash masalasi ko‘tarilganda, yoki foydalanishda bo‘lgan binolar ostidan yer osti inshootlarni o‘tkazish vaqtida, ular yaqinida yangi bino barpo etishda, shuningdek inshoot zaminida uzoq muddatli cho‘kishlar yuz bergan vaqtda poydevorning mustahkamligini va uning yuk ko‘tarish qobiliyatini qayta baholash talab etiladi. Bunday baholash natijasi qo‘yilgan talablarga javob bermagan hollarda poydevorni ta’mirlash masalasi o‘rtaga tashlanadi.
Ko‘p yillik kuzatuvlar natijasi foydalanishdagi bino poydevorini ta’mirlashga olib keluvchi quyidagi sabablarni belgilab berdi:
- poydevorga uzatiluvchi yuk miqdorining ortishi;
- foydalanish jarayonida ma’lum sabablarga ko‘ra poydevor ashyosini yemirilishi;
- zamin gruntlari mustahkamligining kamayishi;
- zamin gruntlarida o‘ta cho‘kish holatini yuzaga kelishi va hokazo.
Mazkur holatlar ustida batafsil to‘xtab o‘tamiz.
Poydevorga ta’sir etuvchi yukning ortishi asosan foydalanishdagi binoga qo‘shimcha qavat qurishda, yoki inshootni ta’mirlash jarayonida ba’zi yengil qurilmalarni mustahkam va og‘ir qurilmalar bilan almashtirish lozim bo‘lgan hollarda sodir boladi. Buning natijasida poydevorga ta’sir etuvchi yukning miqdori ko‘payib, zaminga uzatiluvchi bosim gruntning yuk ko‘tarish qobiliyaddan ortib ketishi mumkin. Ammo binodan foydalanish davrida zamin gruntlarini ma’lum miqdordagi zichlanishi nazarda tutilsa, bino ustiga qo‘shimcha qavatlar qurish ko‘p hollarda bezarar kechishini e’tirof etish mumkin.
Bunga ishonch hosil qilish uchun zamindagi gruntlardan namunalar olib tajribaxona sharoitida tekshiriladi. Ammo poydevor osti gruntlaridan namuna olish, yoki ularni joyida tekshirishga hamma vaqt ham imkoniyat bo‘lavermaydi. Shuning uchun amaliy hisoblash ishlarini bajarishda inshoot ostida zichlangan gruntlar hisobiy bosimini 30 - 40% ga ko‘paytirish tavsiya etiladi. Lekin binday tahminiy tavsiyalar inshoot va uning poydevori shart-sharoitini, saqlanganlik darajasini tola-to‘kis hisobga olmasligi ma’lum. Buning uchun binoning barcha qurilmalarini sinchiklab ko‘zdan kechirish lozim.
Agar ularda yoriqlar yoki boshqa zararlangan qismlar paydo bo‘lgan bolsa, masalani birmuncha murakkablashuvi ayon.
Binoning barcha qurilmalari yahshi saqlangan bo‘lib, uni qo‘shimcha yuklash lozim bo‘lsa, yangidan hosil bo‘luvchi yukni nazarda tutib zamin gruntlarini qaytadan cho‘kishga hisoblab ko‘rish kerak. Hosil bo‘lgan natija zaminining ruxsat etiladigan bosimi miqdorini 20 - 30% ni tashkil etsagina ijobiy natijaga erishilgan hisoblanadi. Aks holda qo‘shimcha tadbirlar belgilash taqazo etiladi.

Download 24.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling