Peja: 1 Zamin va poydevorlarni ta’mirlash sabablari


Poydevor ashyosini mustahkamlash


Download 24.3 Kb.
bet4/4
Sana17.06.2023
Hajmi24.3 Kb.
#1529991
1   2   3   4
Bog'liq
14-Mavzu. Zamin va poydevorlarni ta\'mirlash usullari

Poydevor ashyosini mustahkamlash. Qurilish amaliyotida ushbu omilga talab tez-tez uchirab turadi, chunki binoning yer yuzasidagi qismi ma’lum muddat o‘tgach ta’murlashga muhtoj bo‘lganidek, uning yer osti qismi ham turli sabablar oqibatida (sizot suvlarining yemiruvchan ta’siri; temir o‘zakning zanglab chirishi; poydevor ashyosining vaqt ortishi bilan sifatsizlanishi va h.) ta’mirlashni talab etadi.
Bunday hollarda poydevor atrofi maxsus temir-beton qoplama yordamida o‘raladi. Qoplamalar poydevor ashyosini yemirilishdan saqlabgina qolmay, balki uning mustahkamligini oshiradi ham.
Agar poydevor tarkibidagi qorishmani sifati pasaygan bo‘lsa, uning tanasida maxsus teshiklar parmalab, ular opqali bosim ostida sement qorishmasi yuborish tavsiya etiladi.
Ba’zan poydevor ostki qismiga joylashtirilgan temir o‘zak zanglashi va chirishi natijasida o‘z vazifasini to‘la bajara olmay qoladi. O‘zakda hosil bo‘lgan zo‘riqishlarni kamaytirish maqsadida poydevorning ustki pog‘onalari atrofini temir qoplama bilan o‘rash maqsadga muvofiqdir.
Bunda poydevorning kengaygan ostki qismi qisqarib, temir o‘zakning zo‘riqishi ma’lum darajada kamayadi.
Zamin gruntlarining mustahkamlik ko‘rsatkichlarini oshirish ularni sun’iy usullar yordamida qotirish demakdir. Bunday usullar o‘ta murakkab va qimmat turishiga qaramay ba’zan ulardan foydalanish bino va inshootni buzilishdan saqlab qolishdagi yagona yo‘l bo‘lib qoladi.
Ma’lumki, sun’iy usullar yordamida qotirilgan zamin mustahkamligi bir necha o‘n marta oshib, turg‘unligi esa binoni uzoq vaqt shikastlanmay saqlanishini ta’minlavdi.
Poydevor osti gruntlarini butun zamin buyicha qotirish maqsadga muvofiqdir.


9.3. Foydalanilayotgan inshoot yaqinida poydevor o‘rnatish
Foydalanilayotgan bino, yoki inshoot yaqinida yangi poydevor o‘rnatish masalasi amalda tez-tez uchrab turadi.
So‘nggi yillarda shahar sharoitida, ayniqsa, eski mavzelar tegrasida yangi binolar qurish, ularni zichlashtirish masalalari ko‘payib bormoqda.
Bunday vazifani to‘g‘ri hal etish uchun foydalanilayotgan va qurilishi rejalashtirilgan binolar zaminini sinchiklab o‘rganish va ular orasidagi masofani saqlash darkor. Aks holda yangi bino qurish bilan eskisi mutlaq foydalanishga varoqsiz bo‘lib qolishi mumkin. Buning asosiy sabablaridan biri yangi binodan uzatiluvchi bosim ta’sirida eski bino zaminidagi gruntlarning qo‘shimcha zo‘riqishidir. Nalijada kutilmagan zo‘riqishlar yuzaga kelib, eski bino devorlarida yoriqlar paydo bo‘lishi, ba’zan esa, uning qiyshayishi, egilishi va h. kabi ko‘ngilsiz holatlar yuzaga keladi.
Bunga asosiy sabablar quyidagilardir:
- eski bino zaminidagi gruntlarni qazilgan xandaq tomon siljishi;
- xandaqdan siljuvchi sizot suvlari ta’sirida foydalanilayotgan bino zaminidagi gruntlarning qo‘shimcha namlanishi;
- yangi bino qurilishida foydalaniladigan barcha dinamik kuch tarqatuvchi uskunalar (qoziq qoqish, to‘siq o‘rnatish va h.) ta’sirida eski bino zaminidagi gruntlarni qo‘shimcha zichlanishi;
- xandaq qazilishi oqibatida eski poydevor zaminidagi gruntlar ochilib qolib sovuqda muzlashi;
- eski bino zaminidagi gruntlar bosimi ta’sirida xandaq devorini tutib turuvchi to‘siqlarning siljishi;
- yangi binodan uzatiluvchi bosim ta’sirida eski bino zaminidagi gruntlarning qo‘shimcha zichlanishi.
Yuqorida qayd etilgan sabablarning barchasi ham ahamiyatli. Shuning uchun har qanday foydalanishda bo‘lgan binolar yaqinida yangi bino qurish reialashtirilsa mazkur sabablarning barchasi batafsil tahlil etilishi lozim.
Nazorat savollari:
1. Foydalanishdagi bino poydevorini ta’mirlashga olib keluvchi sabablar?
2. Poydevor ashyosining emirilishi qanday yuzaga keladi?
3. Poydevor tag yuzasini kengaytirish qanday amalga oshiriladi?
4. Yangi poydevorlarni o‘rnatishga asosiy sabablarni sanab bering?
Download 24.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling