Poliploidiya (poli- ko'p va yun.{ploidiya} eidos koʻrinish, shakl) tirik organizmlar hujayrasidagi xromosomalari sonining ularning gaploid miqdoriga nisbatan 3 yoki undan koʻproq marta oshib ketishi
Download 358.05 Kb.
|
Gulshoda Shodiyona Dilnoza
Poliploidiya (poli- Ko'p va yun.{ploidiya} eidos — koʻrinish, shakl) — tirik organizmlar hujayrasidagi xromosomalari sonining ularning gaploid miqdoriga nisbatan 3 yoki undan koʻproq marta oshib ketishi. Bundayhujayra yoki undan rivojlangan organizm poliploid deyiladi. Xromosomalar soni 3-marta oshganida triploid, 4-marta oshganida tetraploid deyiladi. Poliploid organizm otaona organizmga nisbatan yirik va kuchli boʻladi. P. oʻsimliklar orasida keng Tap-kalgan; madaniyoʻsimliklar, odatda, poliploid boʻladi. P. hayvonlar orasida ayrim qisqichbaqasimonlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, as-karidalarda uchraydi. Sunʼiy P. yuqori harorat, nurlanish, kimyoviy moddalar (kolxitsin va boshqalar) taʼsir et-tirib hosil qilinadi. P. kattaamaliy ahamiyatga ega. Poliploid oʻsimliklar yirik va serhosil boʻladi. P. dan oʻsimlik navlari xususiyatini yaxshilash, yirik va serhosil navlar yetishtirishda keng foydalaniladi. Rus olimi B. L. Astaurov tut ipak qurti ikki xilzotining duragaylaridan serpusht tetraploid zotni yetish-tirgan. Ana shu asosda Astaurov ayrim jinsli hayvonlarning poliploid formalari partenogenez va gibridizatsiya usuli bilan kelib chiqishi mumkinligini amalda isbot qildi.[1]poliploidiya Bu hujayra yadrosiga homolog juftlarni tashkil etuvchi xromosomalarning to'liq to'plamini (to'liq to'plamlarini) qo'shishdan iborat bo'lgan genetik mutatsiyaning bir turi. Xromosoma mutatsiyasining bu turi euploidiyalar orasidaeng keng tarqalgani va tanada uch yoki undan ortiq to'liq xromosomalar to'plamini olib borishi bilan tavsiflanadi.Organizm (odatda diploid = 2n) bir yoki bir nechta to'liq xromosomalar to'plamini olganda poliploid hisoblanadi. Nuqta mutatsiyalar, xromosoma inversiyalari va takrorlanishlardan farqli o'laroq, bu jarayon keng miqyosli, ya'ni xromosomalarning to'liq to'plamlarida sodir bo'ladi.Gaploid (n) yoki diploid (2n) bo'lish o'rniga, poliploid organizm tetraploid (4n), oktoploid (8n) va undan kattaroq bo'lishi mumkin. Ushbu mutatsiya jarayoni o'simliklarda juda keng tarqalgan va hayvonlarda kam uchraydi. Ushbu mexanizm atrof-muhitdan harakatlana olmaydigan o'tirgan organizmlarda irsiy o'zgaruvchanlikni oshirishi mumkin.Download 358.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling