1-amaliy mashg‘ulot. Mavzu: O‘zi ag‘dargich avtomobillar tuzilishi Ishdan maqsad


Download 387.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana20.12.2022
Hajmi387.07 Kb.
#1035320
  1   2   3
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot



1-amaliy mashg‘ulot. 
 
Mavzu: O‘zi ag‘dargich avtomobillar tuzilishi 
 
1. Ishdan maqsad: O‘zi ag‘dargich (samosval) avtomobillar tuzilishi va asosiy 
texnikaviy xarakteristikalarini o‘rganish 
2. Ishning mazmuni 
2.1. O‘zi tushiruvchi avtomobillar ta`rifi, tasnifi va turlari bilan tanishish. 
2.2. Ko‘tarish mexanizmi qurilmalari vazifasi, tuzilishi va ishlashi bilan quyidagi 
tartibda tanishish: 
- quvvat tashlash qutisini o‘rganish; 
- moy nasosi konstruksiyasini ko‘rib chiqish; 
- boshqarish tizimi elementlari konstruksiyasini o‘rganish (pnevmotaqsimlagich 
krani, boshqarish klapani, bortni berkitish, pnevmosilindri, elektropnevmo klapan, 
boshqarish krani, platformani ko‘tarilishini cheklovchi klapan, taqsimlagich kran, 
nasoslarni qo‘shish avtomati); 
- gidrosilindrlar konstruksiyasini o‘rganish; 
- qo‘shimcha jihozlarni avtomobilda joylashuvi va mahkamlanishi (naychalar, 
filtr, moy baki) bilan tanishish 
2.3. o‘zi tushiruvchi avtomobillar platformalari konstruksiyasini o‘rganish.
3. Adabiyotlar. [3], 103-132 b.; [4], 282-305 b.; [7]; [9], 8-10 b. 
4. Umumiy ma’lumotlar: 
O‘zi tushiruvchi platforma (kuzov) bilan jihozlangan IHT o‘zi ag‘daruvchi 
avtomobil (samosval) deyiladi. 
Vazifasiga ko‘ra o‘zi ag‘daruvchilar qurilish, qishloq xo‘jalik va karyerlarda
foydalanilgan shassi turiga ko‘ra avtomobil, tirkama va yarim tirkama; ag‘darish 
yo‘nalishiga ko‘ra ikki yonboshga, uch tomonga, orqaga va avval yuk ko‘taruvchi 
turlarga bo‘linadi. 
Qurilish o‘zi ag‘daruvchilaridan sanoat obyektlari, turar joylar, avtomobil 
yo‘llari va h.k. qurilishlarida sochiluvchan (qum, shag‘al, tuproq....) va suyuq 
qorishmalar (beton, ohak...) ni tashishda keng foydalaniladi. Bu o‘zi ag‘daruvchilar 
6x4, 4x2 g‘ildirak formulali bo‘lib 1,6 dan 10 km gacha masofada shahar va 
magistral yo‘llarning hamma kategoriyalarida karyer yoki qurilish maydonlariga 
kirish bilan ishlaydi. Bunker yoki ekskavator yordamida yuklanadi. Hamma o‘zi 
ag‘daruvchilar oddiy utag‘on avtomobillar bazasida yaratilgan bo‘lib, SAZ-3504, 
ZIL-MMZ-555, KamAZ-5511, MAZ-5549 va KrAZ-256B1 keltirish mumkin.

Download 387.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling