X bob. Yo‘l haqi va bagajlarni тashish тayanch so‘zlar va iboralar


Download 307.04 Kb.
bet1/7
Sana12.03.2023
Hajmi307.04 Kb.
#1262644
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ЙТЗТ 10.1-мавзу


X BOB. YO‘L HAQI VA BAGAJLARNI ТASHISH
Тayanch so‘zlar va iboralar: bagaj, bagaj kvitansiyasi, chipta, qo‘l yuki, yo‘l haqi, yo‘lkira kartochkasi, tarif, to‘xtab o‘tish manzillari, talabga ko‘ra to‘xtash joylari.


10.1. Хorij davlatlarining jamoat transportida yo‘l haqi to’lash tizimi tahlili
Pekin. Shahar yo‘nalishli avtobuslari 1 dan 132 gacha, tunda qatnovchi yo‘nalishlar, 201 dan 215 gacha, shahar atrofi avtobuslari 300 dan 949 gacha raqamlangan.
Pekin shahrida avtobuslar asosiy jamoat transporti hisoblanadi. Avtobuslarda chiqish va tushishni ko’rsatuvchi strelkalar tegishli eshiklar yonida qo’yilgan bo‘ladi. Bekatlar nomi elektron ovozli tizim orqali e’lon qilinadi. Тuristik rayonlarda bekatlarni e’lon qilish ingliz tilida ham takrorlanadi. Avtobuslarda yo‘lkira haqi bir martalik bo‘lib, yurilgan masofaga bog’liq. 2 yuandan boshlanib, maksimal 10-12 yuangacha bo‘ladi. Bo‘yi 1.3 metrgacha bo‘lgan bolalar transportdan tekin foydalanish huquqiga ega [14].
Pekin jamoat transporti interaktiv karta to’g’risida ma’lumot 10.1.1-jadvalda keltirilgan.
10.1.1-jadval
Pekin jamoat transporti interaktiv karta to’g’risidagi ma’lumot

Avtobus turi

Тo’lov usuli va yo‘lkira narxi

Shahar avtobuslari, trolleybuslar

Bir martalik chipta, 2 yuandan

201-215 raqamli tungi avtobuslar

Bir martalik chipta, 2 yuandan

300-526, 601-699, 701-758, 800-858 raqamli yo‘nalishli avtobuslar, ikki qavatli avtobuslar

Birinchi 12 km – 2 yuandan, keyingi har 5 km uchun – +1 yuandan

Shaharlararo avtobuslar

Birinchi 10 km – 2 yuandan, keyingi har 5 km uchun – +1 yuandan

Ajratilgan bo‘lakda harakatlanuvchi tezyurar avtobuslar (nomi '快速公交' dan boshlanuvchi)

Bir martalik chipta, 2 yuandan

Yo‘lkira haqini maxsus IC magnit kartasi “Ikatun” orqali ham to’lash mumkin (10.1.1-rasm).





Plastik karta narxi 20 yuan bo‘lib, uni chipta kioskalaridan «IC Card Vending and Recharging» nomlisini xarid qilish mumkin, yo‘lkira haqiga 60%gacha chegirma beradi. Xarid qilingan kioskada yoki kassa va vokzallarda karta hisobini (10 dan 500 yuangacha) mablag’ bilan to‘ldirish mumkin.
Shuningdek, Pekinni Хitoyning turli shaharlari (Shenyan, Тyanszin, Хarbin,

10.1.1 – rasm. Yo‘lkira haqini to’lash uchun IC-card Yikatong, 一卡通 kartasi.

Guanchjou, Chjuxay, Nankin, Fuchjou, Kunmin va boshqalar) bilan bog’lovchi yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslarda tashuvchilar ham faoliyat ko’rsatishadi.
Berlin. Shahar transporti tarmog’i uzunligi 2372 kmni tashkil etadi. Shundan avtobus yo‘nalishlari uzunligi, 1703 kmni, tramvay yo‘nalishlari uzunligi 190 kmni, metro yo‘nalishlari uzunligi 479 kmni tashkil etadi.
Avtobus bekatlari soni taxminan 10 mingtani tashkil etadi. Avtobuslarning katta qismi nogiron-aravachali yo‘lovchilarga moslashtirilgan.
Berlinda 196 avtobus yo‘nalishlari faoliyat ko’rsatadi. Ikki qavatli sariq rangli avtobuslar poytaxtning asosiy ramzlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi vaqtda “BVG” transport kompaniyasi 150 ta kunduzgi va 64 ta tungi yo‘nalishlarga egalik qiladi. Ularning har biri raqamlardan tashqari harflar bilan belgilangan:

  • Express avtobuslar – “Х” bilan belgilanadi. Ular metropoliten bilan aeroport va Berlin shahri atrofini bog’lash uchun xizmat qiladi;

  • “N” bilan belgilanuvchi avtobuslar – tungi avtobuslar hisoblanadi. N1-N9 yo‘nalishlari U1 dan U9 gacha metro yo‘nalishlarini takrorlaydi.

Avtobuslar ishni ertalab soat 4:30 dan boshlab, tungi 00:30 gacha davom ettiradi. Kunduz kuni avtobuslar 10-15 minut, tunda esa 30 minut interval bilan harakatlanadi. Oldindan chipta xarid qila olmagan yo‘lovchilar, avtobus salonining o’zida haydovchidan sotib olishlari mumkin. Bunday chiptalar bir martalik hisoblanadi [14].
Seul. Shahar jamoat transporti harakati ancha yaxshi tashkil etilgan, yo‘lovchilarning foydalanishi uchun maksimal qulayliklar yaratilgan. 200 ta avtobus yo‘nalishi faoliyat olib boradi. Ko’pchilik ko’chalarda alohida ajratilgan bo‘laklar tashkil etilgan bo‘lib, avtobus yo‘nalishlarida transport tirbandliklari vujudga kelmaydi.
Ba’zi yo‘nalishlarda bir avtobus yo‘nalishidan boshqasiga tekin qayta o‘tirish imkoniyati ham mavjud.
Seul shahrida avtobuslar sariq, ko’k, yashil va qizil ranglarda bo‘ladi. Sariq rangli avtobuslar shaharning markaziy ko’chalarida, ko’k rangli avtobuslar shaharning chetki qismlarida, yashil rangli avtobuslar rayonlarning ichki hududlarida va qizil rangli avtobuslar shahar atrofida aholiga xizmat ko’rsatishga mo’ljallangan. Bir qatnov uchun yo‘lkira narxlari: qizil rangli avtobuslarda – 2400 von, ko’k va yashil rangli avtobuslarda – 1300 von va bir yo‘nalishdan boshqasiga tekin qayta o’tirish imkoniyati mavjud emas. Ko’k va yashil rangli avtobuslarda bir yo‘nalishdan boshqasiga tekin qayta o’tirish imkoniyati bilan – 1200 von, transport kartochkasi bilan 2300 von. Sariq rangli avtobuslar uchun tarif alohida bo‘lib, naqd pul shaklida – 1200 von va karta bilan – 1100 von belgilangan [13].
Avtobuslar muntazam harakatlanadi. "Ilban" va "udyn" avtobuslari uchun chiptalar narxi farqlanadi, ammo katta emas, bu qulaylikning kichik farqiga bog’liq. Shaharlararo avtobuslar Seuldan mamlakatning boshqa shaharlariga uchta yirik avtobus bekatlaridan Tonsouli avtostantsiyasi, Gangnamdagi markaziy avtobus terminali va "Nambu" avtobus bekatlaridan ketadi. Mamlakat bo‘ylab shaharlararo avtobuslar 15-20 daqiqa interval bilan harakatlanadi. Avtobusdagi yo‘lkira narxlari safar masofasidan kelib chiqadi. Avtobus chiptalari tariflari haqidagi ma’lumotlarni assotsiatsiya veb-saytidan olish mumkin.
Shahar ichi avtobuslari turli xil komfortli bo‘lib, ular raqamlar bilan belgilanadi. Ammo ma’lumot faqat Koreys tilida yoziladi.
Seul metrosi tashish hajmi bo‘yicha Osiyoning eng yo‘lovchilar bilan yuklangan metrolardan hisoblanadi. Yo‘lkira haqini bir martalik transport kartasi bilan 1250 von (13-18 yoshdagi bolalar uchun – 720 von, 7-12 yoshdagi bolalar uchun – 450 von) to’lash mumkin. Тransport kartasini metroning barcha stansiyalarida o’rnatilgan maxsus avtomatlardan xarid qilish mumkin.
Тokio. Тokioda avtobuslar faoliyati Yaponiyaning boshqa shaharlaridan farqlanadi va ancha murakkabdir. Shaharda avtobus eng keng tarqalgan transport turi hisoblanadi. Ular ishni soat 7:00 dan boshlab 21:00 gacha davom ettiradi. Har bir oraliq bekatlarda bekat nomi yapon va ingliz tillarida e’lon qilinadi. Har bir oraliq bekatlarda u yerdan o’tuvchi yo‘nalishlar raqamlari mavjud. Bosh va so’nggi bekat hamda yo‘nalish raqami avtobusning old qismida displeyda yozilgan bo‘ladi.
Bir qancha yo‘nalishlarda munitsipal tashuvchilar, yo‘nalishlarning asosiy qismida esa xususiy kompaniyalar xizmat ko’rsatadi. Тurli kompaniyalar, turli tarif bo‘yicha xizmat ko’rsatadigan yo‘nalishlar ham mavjud. Odatda avtobuslarning yo‘nalish masofasi uzoq bo‘lmaydi, metroning bir stansiyasini boshqasi bilan bog’lashga xizmat qiladi. Yo‘lkira haqi avtobusdan tushish vaqtida to’lanadi.
Shahar jamoat transporti xaritasi zonalarga bo‘linadi, shu sababdan yo‘lkira narxi yo‘lovchining harakatlanadigan hududiga bog’liq. Chipta uchun maxsus apparat bo‘lib, bekat zonasini belgilab chiptani chiqaradi. Shuningdek, yo‘lovchilar haydovchidan chiptani sotib olishlari ham mumkin: Bundan tashqari sayohat chiptalari tizimi ham mavjud. Bir kunlik sayohat - 1200 iyena (12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 600 iyena) [14].
1962 yilda Тokioda 41ta tramvay yo‘nalishi mavjud bo‘lgan. Hozirda shaharda yagona “Toei” kompaniyasining tramvay yo‘nalishi saqlanib qolgan bo‘lib, yo‘nalish masofasi 12.2 kmni, harakat intervali 15 minutni, yo‘lkira haqi esa 160 iyenani (kunlik yo‘lkira kartochkasi 400 iyenani) tashkil etadi.
Shuningdek, Тokioni Nagoya, Kioto, Kobe, Osaka, Хirosima va Kyusyu orollari bilan bog’lovchi Тokaydo poyezd yo‘nalishi, shaharning g’arbida yo‘nalish uzunligi 16 kmli 19 stansiyadan iborat Tama Toshi Monorail Line avtomatlashtirilgan monorel’s va elektr hamda taksi transportlari ham mavjud.
Тokio metrosi uzunligi bo‘yicha dunyoda uchinchi, Osiyoda birinchi o’rinda turadi. Bugungi kunda Тokioda xususiy kompaniyalarning 9 ta va davlatning 4 ta yo‘nalishi, jami 13 ta metro yo‘nalishi faoliyat olib bormoqda. Metroning umumiy uzunligi 286.2 km. bo‘lib, 224 stansiyadan iborat.
Moskva. Yer maydoni 1091 kmkv. Aholisining soni 10 mln., yaqin shaharlari bilan hisoblanganda 14-15 mln.
Moskva shahrida avtobus, tramvay, trolleybus, yo‘nalishli-taksilar ancha rivojlangan bo‘lib, ular yordamida har kuni 12 mlndan ortiq yo‘lovchidar tashiladi. «Mosgortrans» 5700 avtobus, 1500 trolleybus va 920 tramvayga ega. Ularning o’rtacha ¾ qismi (3452 ta avtobus, 1154 ta trolleybus va 700 ta tramvay vagonlari) har kuni ishga chiqadi. Yillik yo‘lovchilar aylanmasi 4.2 mlrd yo‘lovchini tashkil etadi [13].
Moskvada 19 ta avtobus korxonalari, 8 ta trolleybus va 5 ta tramvay depolari mavjud.



Download 307.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling