X bob. Yo‘l haqi va bagajlarni тashish тayanch so‘zlar va iboralar
Shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchilar hamda bagajni tashish бундай боб ёки параграф бо эмасми?
Download 307.04 Kb.
|
ЙТЗТ 10.1-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.7. Avtotransportda yurish shartlari
10.6. Shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchilar hamda bagajni tashish бундай боб ёки параграф бо эмасми?
Shaharda Shahar yo‘lovchilar tashish transporti yo‘nalishlari quyidagi turlarga bo‘linadi: a) shahardagi oddiy, tezkor, ekspress va tig’iz paytlardagi qo‘shimcha yo‘nalishlar; b) shahar chetidan ko‘pi bilan 2 km chetga chiquvchi shaharda qatnovchi yo‘nalishlar; c) yo‘nalishli taksilar. Shahardagi yo‘nalishlar shahar (shaharcha)dagi turar joy va sanoat hududlarini madaniy-maishiy va sport-sog’lomlashtirish tashkilotlari, vokzallar, aeroportlar, avtostansiyalar, metro stansiyalari, temir yo‘l platformalari, pristanlar va shu kabilar bilan transport aloqasini ta’minlashi kerak. Aholiga xizmat ko‘rsatish xususiyatiga muvofiq shahardagi yo‘nalishlar bir nechta ish rejimiga ega bo‘lishi mumkin: a) sutka, hafta kunlari, oyning belgilangan davri mobaynida amal qiladigan doimiy yo‘nalishlar; b) dam olish hududlari, sport-sog’lomlashtirish komplekslari, yarmarkalar va shu kabilar faoliyat ko‘rsatadigan davrda tashkil etiladigan mavsumiy yo‘nalishlar; c) maxsus yo‘nalishlar; d) ko‘cha-yo‘l shahobchalarida favqulodda vaziyatlar paydo bo‘lganda, ayrim uchastkalar, transport yo‘llari va maydonlar yopilganda joriy etiladigan vaqtinchalik yo‘nalishlar. 10.7. Avtotransportda yurish shartlari Yo‘lovchilarni transportga chiqarish va undan tushirish faqat to‘xtab o‘tish manzillarida amalga oshirilishi mumkin. Yo‘nalishda “talabga ko‘ra” to‘xtash joylari mavjud bo‘lganda yo‘lovchi avtotransport vositasini to‘xtatish zarurligi to‘g’risida ma’lum qilishi kerak. Yo‘nalishli yoki yo‘nalishsiz taksilar yo‘lovchilarini tushirish yo‘lovchilar talabiga ko‘ra, yo‘l harakat qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Maktabgacha yoshdagi bolali yo‘lovchilar, homilador ayollar, nogironlar va keksa fuqarolar uchun avtobus salonida, uning yo‘lovchi sig’imiga qarab oldingi joylar ajratiladi. Ushbu joylarni egallagan boshqa yo‘lovchilar ularni mazkur shaxslar uchun bo‘shatishlari kerak. Haydovchi avtobusni to‘xtash joyidan faqat eshiklarni yopgan holda, yo‘lovchilarni to‘liq tushirib va chiqarib bo‘lingandan so‘ng yurgizishi, bekatlarni aniq va to‘g‘ri e’lon qilishi, qatnov yo‘nalishi o‘zgargan taqdirda esa, bu to‘g‘risida har bir bekatda e‘lon qilishi shart. Avtobus salonini avtobusning muayyan turi uchun belgilangan umumiy sig‘imidan ortiqcha to‘ldirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shaharlararo yo‘nalishlarda tashishda avtotransport vositasidagi yo‘lovchilar soni o‘rindiqlar sonidan oshmasligi kerak. Avtotransport vositasi haydovchisi qatnov jadvalida nazarda tutilgan avtovokzallar(avtostansiyalar)dagi nazorat shaxobchalarida va avtokassalarda yohud oxirgi manzillarda chiptalarni hisobga olish varaqasida kelish va ketish vaqti, shuningdek, sotilgan chiptalar soni to‘g‘risida belgi qo‘ydirishi shart. Download 307.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling