X bob. Yo‘l haqi va bagajlarni тashish тayanch so‘zlar va iboralar


Download 307.04 Kb.
bet4/7
Sana12.03.2023
Hajmi307.04 Kb.
#1262644
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ЙТЗТ 10.1-мавзу

10.5. Yo‘l kira haqi jadvalini tuzish
Ma’lumki, yo‘l kira haqi tashish turiga qarab belgilanadi. Avval aytib o‘tilganidek, tarifning qiymati yo‘lovchilarni 1km masofaga tashish uchun sarflangan xarajatlaridan kelib chiqib aniqlanadi. Bunda chipta narxini tashish turiga qarab tegishli hokimiyat organlari belgilaydi.
Chipta narxini belgilashda shahar ichida tashishlarda muammo bo‘lmaydi, chunki bunday tashishlarda yagona tarif tizimi qo‘llaniladi.
Shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro tashishlarda yo‘lkira haqini undirishda bir qancha noqulayliklarga duch kelinadi. Bunday tashishlarda yo‘lovchilar yurgan masofalariga qarab yo‘l kira haqini to‘laydilar. Ularning yurish maofasi esa bir-biridan ancha farq qiladi. Qolaversa, yo‘nalishdagi oraliq bekatlardan chiqqan yo‘lovchilarning yurgan masofasini tez aniqlash talab etiladi.
Bu masalani oson hal etish uchun narxlar jadvalidan foydalaniladi. Buning uchun avvalo 1km yurilgan masofa uchun yo‘l kira haqining miqdori aniqlanadi. Yo‘nalish tarif uchastkalariga bo‘lib chiqiladi. Тarif uchastkalariga bo‘lishda avval har bir yo‘lovchi uchun eng kichik yo‘l haqi miqdori aniqlanadi. Masalan, 1km yurilgan masofa uchun tarif miqdori 500 so‘m bo‘lsin. Bitta yo‘lovchidan undirilishi kerak bo‘lgan yo‘l haqining minimal miqdori 1000 so‘m bo‘lsin. Demak, yo‘lovchining yurgan masofasi 2 km dan kam, ya’ni 0,5 km bo‘lishi yoki 0,3 km bo‘lishidan qat’iy nazar, 1000so‘m to‘lashi kerak. Endi ikkinchi masala, ya’ni yo‘lovchi 2,0 km dan ko‘proq masofaga bordi. Unda yo‘lovchidan qancha haq undirilishi kerak? Bu masalani yechishni osonlashtirish uchun yo‘nalish uzunligi tarif uchastkalariga bo‘lib chiqiladi. Buning uchun yo‘nalish uzunligini 2 km dan bo‘laklarga ajratamiz. Masalan, yo‘nalish uzunligi 17,4 km bo‘lsin. Unda yo‘nalish 8,6 ta uchastkaga bo‘linishi kerak. Agar, bo‘laklar soni 0,5 kmdan kichik bo‘lsa, u kichik tomonga va qolgan hollarda katta tomonga yaxlitlanadi. Bizning misolda 0,6 bo‘lgani uchun 9 ta tarif uchastkasini qabul qilamiz. Boshlang’ich bekatdan birinchi bekatgacha bo‘lgan masofa 1,8 km bo‘lsin. 1,8 ni 500 ga ko‘paytiramiz va 900 so‘mni aniqlaymiz. Minimal tarif 1000 so‘m bo‘lganligi uchun uni 1000 so‘m deb belgilaymiz. Boshlang’ich bekatdan uchinchi bekatgacha bo‘lgan masofa 5,7 km bo‘lsin. 5,7 ni 500 ga ko‘paytirib 2850 so‘mni topamiz. Bunday pul yo‘q bo‘lganligi sababli yo‘l haqini 15 so‘m deb belgilaymiz. Yo‘lkira haqini belgilashda u yoki bu tomonga 20% gacha o‘zgartirishga ruxsat etiladi. Xuddi shunday, yo‘l bilan ikkinchi bekatdan qolgan bekatgacha bo‘lgan yo‘lkira haqini aniqlash mumkin. Bularning hammasi narxlar jadvaliga yozib qo‘yiladi. Agar, shahar atrofi yo‘nalishining bir qismi shahar ichidan o‘tgan bo‘lsa, shahar ichida yagona tarif bo‘yicha, tashqarisida esa yurilgan masofa bo‘yicha yo‘lkira haqi undiriladi.



Download 307.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling