X bob. Yo‘l haqi va bagajlarni тashish тayanch so‘zlar va iboralar
Download 307.04 Kb.
|
ЙТЗТ 10.1-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
10.9. Yo‘lkira haqini to‘lash
Shahar atrofi yo‘nalishlarida. Shahar atrofi yo‘nalishlaridagi avtobuslarda yurish chiptalari haydovchilar (mavjud bo‘lganda chiptachilar) tomonidan, chipta sotish kassalari tashkil etilgan yo‘nalish to‘xtab o‘tish manzillarida esa kassirlar tomonidan sotiladi. Yo‘lovchi tomonidan shahar atrofi yo‘nalishlariga joriy sotish kassalaridan sotib olingan chiptalar, agar chiptani sotish chog’ida va chiptada o‘zgacha hol aytilmagan va ko‘rsatilmagan bo‘lsa, avtobus jo‘nashidan 5 minut oldin qaytarib berilishi mumkin. Shaharlararo va xalqaro yo‘nalshilarda. Yo‘lovchi avtotransport vositasida yurish uchun chiptalarni: a) joriy kungi qatnovlarga – shaharlararo (xalqaro) yo‘nalishlarning boshlang’ich manzillaridagi kassalardan avtobus jo‘naydigan kunda; b) oraliq manzillardagi kassalardan – avtobusda bo‘sh o‘rinlar mavjudligi to‘g’risida ma’lumot olingan vaqtdan boshlab; c) kassadan chiptalar sotish tashkil etilmagan to‘xtab o‘tish manzilida avtobus jo‘nagungacha unga chiqish vaqtida – haydovchidan; d) oldindan chipta sotish kassalaridan (boshlang’ich va oxirgi manzillarda, shuningdek, transport-ekspeditorlik va boshqa manfaatdor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan manzillarda) – oldindan chipta sotish jo‘nash kuni arafasida to‘xtatilgan holda, avtotransport vositasi jo‘nashidan 10 sutka oldin sotib olish huquqiga egadir. Boshlang’ich va oraliq manzillardagi kassalarda joriy kungi qatnovlarga chiptalar sotish avtobus jo‘nashidan 5 minut oldin to‘xtatiladi. Nazorat savollari Yo‘nalish pasportida nimalar jamlanadi? Yo‘lovchilarni tashish qanday turlarga bo‘linadi? Yo‘nalishli avtobuslar va yo‘nalishli taksilar harakati kim tomonidan tashkil etiladi? Muntazam qatnovlarni amalga oshiruvchi avtobuslar va yo‘nalishli taksilar haydovchilarida yo‘nalishda ishlayotganda qanday xujjatlar bo‘lishi lozim? Тariflar qanday turlarga bo‘linadi? Тariflar nimalar asosida belgilanadi? Yagona tarif stavkasi qanday aniqlanadi? Shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida tashish yo‘lkira haqi qanday aniqlanadi? Yengil avtomobil taksilardan foydalanishda yo‘lkira haqi qanday hisoblanadi? Shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro tashishlarda yo‘lkira haqi qanday belgilanadi? Yo‘lkira haqini kartochkalar bilan to‘lash qanday amalga oshiriladi? Download 307.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling