X bob. Yo‘l haqi va bagajlarni тashish тayanch so‘zlar va iboralar


Yo‘lovchilarni tashuvchi transport vositasi va haydovchilarga qo‘yiladigan talablar


Download 307.04 Kb.
bet3/7
Sana12.03.2023
Hajmi307.04 Kb.
#1262644
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ЙТЗТ 10.1-мавзу

10.3. Yo‘lovchilarni tashuvchi transport vositasi va haydovchilarga qo‘yiladigan talablar
Avtotransport vositalarining texnik holati va anjomlari tegishli standartlar hamda texnik foydalanish qoidalari talablariga javob berishi kerak.
Avtotransport vositalari DSt 974/20000 O‘zbekiston davlat standartiga muvofiq anjomlarga ega bo‘lishi kerak.
Muntazam qatnovlarni amalga oshiruvchi avtobuslar va yo‘nalishli taksilar haydovchilari yo‘nalishda ishlayotganda:
- tender shartnomasiga muvofiq ushbu yo‘nalishda ishlash huquqini tasdiqlovchi guvohnomaga;
- tegishli litsenziyaga (litsenziya kartochkasiga);
- yo‘nalish hujjatlariga;
- yo‘l varaqasi va chiptalarni hisobga olish varaqasiga;
- yo‘l varaqalarida yo‘lga chiqishdan oldin belgilangan tartibda o‘tkaziladigan avtotransport vositasining texnik ko‘rikdan va haydovchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi haqidagi qaydlarga;
- qatnov jadvaliga va yo‘nalish sxemasiga (shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda – unda aholi yashash joylaridan o‘tish vaqti, ovqatlanish, dam olish, tungi uxlash vaqti va joyi ko‘rsatilgan holda) ega bo‘lishi kerak.


10.4. Yo‘lovchi transportida tarif va chiptalar tizimi
Тarif turlari. O‘zbekistan Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan yo‘lovchi avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish xizmatiga tariflar belgilanadi va ular asosida chiptalar tizimi qo‘llaniladi.
Тariflar asosida tashish, kira haqini olishni tashkil qilish transport jarayonining ajralmas qismidir. Shuning uchun ham tashish kira haqi avtosaroy daromadining rentabellik darajasini va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini aniqlaydi.
Тariflar quyidagi turlarga bo‘linadi:

  1. Mahalliy avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchilarni tashish tarifi (shahar ichi avtobuslarida va shahar atrofi yo‘nalishlarida avtobuslarda tashish tarifi).

2.Shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida tashish ta­rifi.
3.Ayrim buyurtmalar bo‘yicha yo‘lovchilarni tashish tarifi.
4. Ijara uslubida tashkilot va muassasalarga avtobuslarni ajratib, ulardan foydalanish tarifi.
Тariflar tashish tannarxi asosida belgilanadi. Тa­shish tannarxi yo‘lovchi kilometrga to‘g’ri keladigan ekspluatasion xarajatlar bilan ifodalanadi.
Shahar ichi va shahar atrofi yo‘nalishlarida tariflar. Shahar hududida kira haqi tashish masofasiga bog’liq bo‘lmaydi. Bunda yo‘lovchining o‘rtacha tashish masofasini hisobga olgan holda, har bir shaharda yagona tashish yo’lkira haqi belgilanadi. Yagona tarif stavkasi yo‘lovchining o‘rtacha tashish masofasini kilometr tarifiga ko‘paytirib aniqlanadi.
Тst = Тkm· Lo‘rt (10.4.1)
bu erda: Тstyagona tarif stavkasi, so‘m;
Тkm – kilometr tarifi, so‘m;
Lo‘rt – yo‘lovchini o‘rtacha tashish masofasi, km.
Yagona tarif stavkasini belgilashda hisoblar butun songacha yaxlitlanadi.
Yagona tarif stavkasi belgilangan shaharlarda avtobuslar oylik chiptalari qo‘llaniladi. Ularning bahosi aholining ayrim qatlamlarini ijtimoiy muhofazalagan holda belgilanadi. Ushbu oylik chiptalari shaharda faoliyat ko‘rsatayotgan jamoat transportlaridan foydalanish huquqini beradi.
Shahar ichi avtobus yo‘nalishlarida kira haqini undirishda o‘ram chiptalari ishlatiladi. Ushbu o‘ram chiptalarida tashish haqi bahosi ko‘rsatilmaydi.
Yo‘lovchilarning o‘zlari bilan olib ketayotgan bagaji uchun tashish haqlarini olishda ham o‘ram chiptalar qo‘llaniladi.
Shaharlararo yo‘nalishlarda tariflar. Shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida tashish haqi belgilangan tariflarga asosan olinadi.
Shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida tashish kira haqi bir yo‘lovchi kilometr tarifini yo‘lovchini tashish masofasiga ko‘paytmasi bilan aniqlanadi.
(10.4.2)
bu erda: Т 1 yo‘l km – bir yo‘lovchi km tarifi, so‘m;
lyo‘ l yo‘lovchini tashish masofasi, km.
Shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchilarga yaxshi qulayliklar yaratish maqsadida asosan yumshoq o‘rindiqli avtobuslar ishlatiladi. Avtobusning qattiq va yumshoq o‘rindiqli turiga qarab alohida tariflar o‘rnatiladi.
Yengil avtomobil-taksilarda tariflar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.11.2003 yildagi 482-sonli “O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta‘minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida”gi Qaroriga asosan respublika hududlarida yengil avtomobil taksilardan foydalanilganda belgilangan tarif bo‘yicha yo‘lkira haqi olinadi.
Yo‘lovchidan undiriladigan yo‘lkira haqi tarkibi 1 kilometr masofa, 1 taksiga chiqish va 1 soat mijoz ixtiyori bilan to‘xtab turish tariflaridan tashkil topadi.
Yo‘lovchilardan yo‘lkira haqini undirib olishda yengil avtomobil taksilarida o‘rnatiladigan turdagi taksometr asbobidan foydalaniladi. Yengil avtomobil taksi mijoz ixtiyorida bo‘lganida takso­metr asbobi 2 xil ish tartibida ishlaydi:

  1. Yengil avtomobil taksi 10 km/soat tezlikkacha harakat qilganida va mijoz ixtiyorida to‘xtab turish vaqtlarida.

  2. Yengil avtomobil taksi 10 km/soatdan katta tezlikda harakat qilganida.

Тaksometr asbobi harakatini birinchi holatda soat mexanizmidan, ikkinchi holatda esa reduktor yordamida uzatmalar qutisidan oladi.
Bugungi kunda yo‘lovchilar tashish bilan asosan xususiy tashuvchilar shug’ullanayotganligi uchun tashuvchi bilan yo‘lovchi o‘rtasida shartnomaviy tarif qo‘llanilayapti. Bu esa, raqobat davrida tashish haqini iloji boricha kamaytirishga, transport xizmatini ko‘rsatish sifatini esa, oshishiga olib kelayapti. Masalan, bugungi kunda talabalar birgalikda yaqin masofaga yengil avtomobil-taksidan foydalanganliklarida bitta bo‘lib haq to‘laganliklari uchun ularning xizmatidan keng foydalanilmoqda.
Yo‘l haqini yo‘lkira kartochkalari bilan to‘lash. Yo‘l kira kartochkalarini oldindan sotish maxsus tashkil etilgan sotish shahobchalarida, shuningdek savdo tashkilotlari va bevosita tashuvchi orqali amalga oshiriladi.
Yo‘lkira kartochkasi bagajni bepul tashish huquqini bermaydi.
Yo‘lkira kartochkalari seriyalari, transport turlari bo‘yicha bo‘linadi va yo‘lovchilarning barcha toifalari uchun, imtiyozli kartochkalar esa, pensionerlar, nogironlar, talabalar va o‘quvchilar uchun haqiqiy hisoblanadi.
Shahar transportida foydalaniladigan barcha seriya va turdagi yo‘l kartochkalari taksilar, shahar atrofidagi va shaharalararo (viloyatlararo va xalqaro) yo‘nalishlar uchun haqiqiy hisoblanmaydi.

Download 307.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling