Yengil avtomobillarda taksilar ishini tashkil etish


Download 2.24 Mb.
bet1/5
Sana03.11.2023
Hajmi2.24 Mb.
#1742822
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Raximova Yulduz.

Yengil avtomobillarda taksilar ishini tashkil etish

Reja:

  • 1. Taksilarda yo‘lovchilar tashishni tashkil etish 2. Taksilarning to‘xtash joylari 3. Taksilar ishini texnik -ekspluatatsion ko‘rsatkichlari 4. Yo‘nalishli taksilarda yo‘lovchilar tashishni tashkil etish

1. Taksilarda yo‘lovchilar tashishni tashkil etish

  • Bugungi kunda yengil avtomobil-taksilar nafaqat Shaharda va Shahar atrofida,balki Shaharlararo va xalqaro miqyosda ham aholi va korxonalarga transport xizmatini ko‘rsatmoqdalar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida Shahar yo‘lovchi transportini 2000-2005-yillarda rivojlantirish konsepsiyasi”da (26.11.1999-yil, 513-qaror) rejalashtirilgan asosiy vazifalardan biri bu mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturini amalga oshirish edi. SHuning uchun ushbu dasturda 2005-yilga kelib yo‘nalishli va yengil avtomobillarda yo‘lovchilarni tashish asosan xususiy tashuvchilar tomonidan amalga oshirilishi qayd qilingan bo‘lib, bugungi kunda bu ishlar konsepsiyada belgilab qo‘yilganidek amalga oshirilayapti (Xususiy transport vositalari egalari yuridik shaxs maqomini olgan holatda).

Takso motor transporti boshqa transportlardan o‘zining ma’lum bir ustuvorliklarga egaligi sababli ko‘plab yo‘lovchilarni tashib yo‘nalishda qatnayotgan umumfoydalanishdagi yo‘lovchi transportining ishini sezilarli darajada yengillashtirayapti. Bunday ustuvorliklarga quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin: 1.Yo‘lovchilarni eshikdan eshikkacha olib borib qo‘yish imkoniyati. 2.Harakat tezlligining yuqoriligi.

  • Takso motor transporti boshqa transportlardan o‘zining ma’lum bir ustuvorliklarga egaligi sababli ko‘plab yo‘lovchilarni tashib yo‘nalishda qatnayotgan umumfoydalanishdagi yo‘lovchi transportining ishini sezilarli darajada yengillashtirayapti. Bunday ustuvorliklarga quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin: 1.Yo‘lovchilarni eshikdan eshikkacha olib borib qo‘yish imkoniyati. 2.Harakat tezlligining yuqoriligi.
  • 3.Istalgan vaqtga taksi uchun buyurtma berish imkoniyati. 4. Yo‘nalish tarmog‘i o‘tmagan ko‘chalardan ham harakatlanishi imkoniyati va boshqalar. Xususiy tashuvchilarga qaraganda umumfoydalanishdagi (aksiyadorlik jamiyatlari tasarrufidagi) taksilar ham bir qator ustuvorlikka ega ekanligini ham ta’kidlab o‘tish kerak. Bularga quyidagilarni misol qilib ko‘rsatish mumkin: 1.Aloqa vositasini mavjudligi (ba’zi xususiy tashuvchilar ham bugungi kunda uyali telefon orqali buyurtma olayaptilar).

Download 2.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling