Mustaqil ishlarni tashkil qilish va baholash mezonlari
Download 181.51 Kb. Pdf ko'rish
|
MUSTAQIL ISHLAR
MUSTAQIL ISHLARNI TASHKIL QILISH VA BAHOLASH MEZONLARI Talabaning mustaqil taʻlimi uning auditoriyada va auditoriyadan tashqarida, oʻqituvchi rahbarligida yoki oʻqituvchi ishtirokisiz amalga oshiriladigan mustaqil ish majmuini anglatadi. Mustaqil ish qanday sharoitlarda amalga oshiriladi: 1. Auditoriyada - maʻruza, amaliy mashgʻulot, seminar yoki laboratoriya ishlari boʻyicha vazifalar berish jarayonida; 2. Auditoriyadan tashqarida - oʻqituvchi bilan dars jadvalidan tashqari paytlardagi bevosita muloqot chogʻida maslahatlar berishda, ijodiy muloqotlar jarayonida, axborot resurs markazlarida, yakka topshiriq bajarishda va boshqalar. Mustaqil taʻlim boʻyicha test savollari, topshiriqlar va mashqlar ustida ishlash asosan mustaqil bajariladi. Bu ish natijalari oʻqituvchi rahbarligida tahlil qilinadi va baholanadi. Mutaxassislik fanlardan mustaqil taʻlimni tashkil etish uchun avvalambor quyidagi mustaqil ish bajarish turlari haqida maʻlumotga ega boʻlishlari lozim. Mashqlar bajarish - mustaqil taʻlimning asosiy koʻrinishlaridan biri mashqlar bajarishdir. Mashqlar dastur asosida tuzilishi, juda oson yoki haddan tashqari qiyin boʻlmasligi lozim. Mashqlar - koʻnikma va malakalarni shakllantirish hamda mustahkamlash maqsadida muayyan hatti-xarakatlarni koʻp marta takrorlashdir. Ishlab chiqarish taʻlimidagi mashqlarga asosan quyidagi talablar qoʻyiladi: mashqlarni oʻquvchilar ongli va maqsadga muvofiq yoʻsinda bajarishlari; ishlab chiqarish metodikasiga asoslanishi, tizimli, izchil, uzluksiz boʻlishi va takrorlanishi; oʻquvchilarning mustaqil ishlashi muntazam rivojlanib borishi kerak. Oʻquv adabiyotlari bilan ishlash - Kitoblar va oʻquv adabiyotlari bilan ishlash koʻnikma va malakalarini shakllantirish mustaqil taʻlim olishning asosiy koʻrinishi hisoblanadi. Oʻquv adabiyotlari bilan ishlashni barcha taʻlim oluvchilar yaxshi oʻzlashtirgan boʻlishlari lozim. Oʻquv adabiyotlari deganda, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar, texnik adabiyotlar, maʻlumotlar, yoʻriqnomalar va h.k.ni tushunish mumkin. Download 181.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling