Gruppalarga bo‘lish mumkin


Download 8.71 Kb.
Sana11.03.2023
Hajmi8.71 Kb.
#1258910
Bog'liq
3.10. KOFERMENT-WPS Office


3.10. KOFERMENTLAR QLASSIFIKATSIYASI

Kofermentlarning ximiyaviy tuzilishini o‘rganish ularning ko‘pchiligini vitaminlardan iborat ekanligini tasdikladi. Bir kator kofermentlar tarkibiga vitamin V1 (tiamin). V2 (riboflavin), V6 (piridoksal), PP (nikotinat kislota amidi), biotin, pantotenat kislota, folat kislota, V12 (kobalamin). S vitamin (askorbinat kislota), lipoat kislota va boshkalar kiradi. Vitaminlarning baʼzilari o‘zgarmagan holda, ikkinchilari maʼlum modifikatsiyalarga uchragan (ko‘pincha, fosfat kislota bilan faollangan). uchinchilari esa boshka komponentlar bilan birikkan holda enzimning faol gruppasini tashkil kiladi. Yukorida keltirilgan vitaminlarning barchasi suvda eriydigan vitaminlar katoriga kiradi, ularning ferment aktivligida katnashu vi biokatalizatorlarning biologik funksiyasini belgilasa kerak. Ammo yogda eriydigan vitaminlar (A, D, Ye, K) ning kofermentlik funksiyasi va umuman, ularning biologik jarayonlarda ishtirok etish yo‘li hozircha to‘la aniqlangani yuk

Bir kator kofermentlarning vitaminlarga alokalari bo‘lmasa xam, ular organik birikmalarning turli sinflari (nukleotid fosfatlar, kand fosfatla ri va boshkalar) ga taalluqlidir. Kofermentlarni ximiyaviy tuzilishiga qarab sinflarga bo‘lish mumkin. Ular orasida alifatik, karbotsiklik va geterotsiklik katorlarga taallukli birikmalar, uglevodlar, peptidlar va boshkalar bor. Lekin bunday klassifikatsiya kofermentlar qatnashadigan ximiyaviy reaksiya- larning tiplari va ularning biologik funksiyasi hakida maʼlumot bermaydi. Shuning uchun kofermentlarni maʼlum fermentlarga bog‘lab, enzimatik reaksiya- larning tiplari asosida sinflarga bo‘lish maqsadga to‘larok javob beradi. Kofermentlarni fermentativ reaksiyadagi funksiyalari asosida kuyidagi

gruppalarga bo‘lish mumkin:

1) vodorod va elektron tashuvchi kofermentlar - bu gruppaga oksidoreduktaza sinfiga taallukli fermentlar bilan bog‘lik nikotinamidli kofermentlar, flavinli kofermentlar, lipoat kislota va glutation kiradi; 2 gruppalarni ko‘chiruvchi kofermentlar - bular katoriga transferazalar sinfi bilan bog‘lik bo‘lgan adenozintrifosfat, uglevodlarning fosfatlari, atsetillash (atsillash) kofermenti, tetragidrofolat kislota hamda

piridoksal fosfatlar kiradi;



3)sintez, izomerlanish va uglerod uglerod bog‘larini uzuvchi kofermentlar - bu gruppaga liazalar, izomerazalar va liazalar sinfiga oid fermentlar bilan bog‘liq bo‘lgan biotin va kobamid kofermentlar kiradi. Kofermentlar orasida eng ko‘p tarqalgani nukleotid tipidagi birikmalar, kobamid fermentlar va metalloporfirinlardir. kuyidagi 8-jadvalda ayrim kofermentlar va ularning asosiy funksiyalari keltirilgan.
Download 8.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling