«Gsp+» — ko‘pchiligimiz uchun tushunarsiz bo‘lgan bu abbreviatura eksportchilar uchun juda ko‘p narsani anglatadi. 10 apreldan O‘zbekiston uchun Yevropa Ittifoqining maxsus imtiyozlar tizimi (Gsp+)
Yevropada O‘zbekistondan keltirilgan mahsulotlarni ommalashtirishga nima xalaqit qiladi?
Download 20.08 Kb.
|
GSP
Yevropada O‘zbekistondan keltirilgan mahsulotlarni ommalashtirishga nima xalaqit qiladi?
— Mahsulotning Yevropa bozoriga muvaffaqiyatli chiqishi uchun nimalar zarur bo‘ladi? Keling, kichik detallarga e'tibor bermay, vaziyatni kengroq tasavvur qilamiz. Nimalar zarur: sertifikatsiya, bozor talablarini tushunish, o‘z raqobat ustunliklarini kristall darajada aniq bilish, Yevropada jismonan hozir bo‘lish va, nihoyat, o‘zining raqobat ustunliklariga binoan sotuv tizimini qurish. Bu punktlarning har biri ishlab chiqaruvchining alohida xarajatlarini talab etadi. Biz buni «bozorga kirish chiptasi narxi» deb ataymiz. Bu yerda muhimi shuki, davlat «kirish chiptasi»ni jiddiy tarzda arzonlashtirmoqda. Bu holatda, tajribalardan ayon bo‘lmoqdaki, biz yuqorida sanab o‘tgan rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari va boshqa bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha ishlarni sinxronlashtirib va tahlil qilib, har bir eksport loyihasiga tizimli ravishda yondashish kerak. Masalan, ko‘p hollarda sertifikatsiya uchun shunchaki to‘lov qilish yetarli emas: sertifikatning o‘zi sotuvlarni ta'minlay olmaydi, u shunchaki ishdagi vositalardan biri, mahsulotni ilgari surish bo‘lmasa uning shartnomalar imzolanishida nafi bo‘lmaydi. Yevropada ishlab chiqaruvchilarning ishini tashkillashtirish sohasida savdo uylari va shourumlarning davlat tomonidan birgalikda moliyalashtirilishi masalasi aniq qo‘yilgan. Bir qaraganda, Yevropa bozori va o‘zbek ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida to‘laqonli ko‘prik quriladi. Biroq, «dastlabki 3 oyda tushum davlat qo‘llab-quvvatlashi hajmidan 10 barobar ziyod bo‘lishi lozim» kabi alohida qoidalar ham bor — bunday talablar yangi eksportchi uchun noreal, bajarib bo‘lmas vazifa. Progressiv ko‘ringan boshlang‘ich g‘oyani bir qator nyuanslar sharofati bilan samarali qo‘llab bo‘lmaydi. Albatta, hozirgi ahvolida davlat qo‘llab-quvvatlashi mavjud eksportchiga yo‘lga qo‘yilgan tarqatish tizimi bo‘lgandagina yordam bera oladi. Bu yaxshi va muhim, lekin eksportchilarni qo‘llab-quvvatlash mafkurasi baribir bozorga yangi eksportchilarni olib kirishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Aynan ular uchun bunday qo‘llab-quvvatlash zamirida jiddiy xatar yashirin. Ta'kidlab o‘taman, juda ko‘plab ishlab chiqaruvchilarga bozorga samarali kirib borish uchun uslubiy yordam zarur. Yuzlab o‘zbek ishlab chiqaruvchilari uchun Yevropadagi formalliklardan osongina o‘tishda yordam beruvchi, transportirovkani arzonlashtiruvchi va PR’ni soddalashtiruvchi o‘ziga xos «sexli qo‘llab-quvvatlash» kerak. Bunday tizim hozircha ishlab chiqilmagan. Bunday tizimni ishlab chiquvchilarning shtabi ham yo‘q. Shtabga Yevropa biznesi vakillari, o‘zbek ishlab chiqaruvchilari va davlat vakillari kiritilishi kerak. Ayni paytda muayyan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari mohiyatan ishlab chiqaruvchining ixtiyoriga qoldirilgan. Bu esa ishlab chiqaruvchi biror kvalifikatsion talablarga qaramasdan, qaysi qo‘llab-quvvatlash choralarini o‘zi tanlashini bildiradi. Masalan, sertifikatsiz ishlab chiqaruvchi xorijda reklama kampaniyasi uchun davlat moliyalashtirishini ololadi. Ishlab chiqaruvchi uslubi yordamni hech joydan ololmaydi. Bu holda ko‘plab kompaniyalarda eksport uchun mas'ul mutaxassislar xorijda ishlash tajribasiga ega emas. Ya'ni, eksportga chiqayotgan ishlab chiqaruvchilar xatoga yo‘l qo‘ymasliklari mumkin emas. Davlatning bugungi kunda eksportchilarga yondashuvi, agar men to‘g‘ri tushungan bo‘lsam, bir tomondan «bozorga kirish chiptasi»ni misli ko‘rilmagan darajada arzonlashtirish borasida qo‘llab-quvvatlash bo‘lsa, ikkinchi tomondan tashqi bozorlarga chiqishdagi xatolar uchun qat'iy jazolash va natijalarga erishish uchun juda qisqa muddatlar qo‘yganidan iborat. Bu esa juda ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin: tashqi bozorga chiqishga jazm qilgan eng jur'atli tadbirkorlar tajribasizlik va uslubiy ko‘rsatmalarsiz xatoga yo‘l qo‘yishadi va ikki barobar jazolanishadi. Birinchisi — sotuv hajmi kichikligi, ziyonlar va olinmagan foyda ko‘rinishida bozor tomonidan. Ikkinchisi — ishlab chiqaruvchidan avval ko‘rsatilgan moliyaviy yordamni darhol undirgan, ishlab chiqaruvchini eksportga chiqarishda ko‘maklashuvchi o‘rta muddatli dasturlarni nazarda tutmagan davlat tomonidan. Fokus shundaki, boshlovchi eksportchilar xatoga yo‘l qo‘yishi tayin bo‘lgani sababli soliq to‘lovchilar puli hisobiga qurilgan tizim eng tashabbuskor ishlab chiqaruvchilarni kasod bo‘lish xavfi ostida qoldirishi mumkin. Agar so‘m va yevroning kurslaridagi farq inobatga olinsa, bu reallikdan ham aniq holat. Mana shu kuzatuvlar asosida sizning juda to‘g‘ri savolingizga javob berish mumkin — nima xalaqit beradi? Davlatdan yordam olgan eksportchi xato qilishga haqqi yo‘qligi va bozorga Yevrokomissiya hujjatlarida baholangan muddatdan 4 barobar tezroq to‘laqonli chiqishi shartligi xalaqit qiladi. Ikkinchidan, yangi eksportchilarga eksportga chiqish ommaviy tarzda ro‘y bermagani ham xalaqit qiladi. Shartli qilib aytganda, Yevropaga chiqish qaysidir sohada elliginchi ishlab chiqaruvchiga, beshinchi bo‘lib turgan ishlab chiqaruvchidan osonroq… Uchinchisi, GSP+ ga qaramasdan, eksportchilarning o‘zining jur'atsizligi xalaqit qiladi. Pandemiya davrida logistika zanjirlari uzilib ketganidan foydalanib, Yevropaga turli davlatlardan qanchalik ko‘p ishlab chiqaruvchilar kelganiga qarang: yangi o‘yinchilarning otilib chiqishi kutilmaganda soddalashdi. Bundan o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilardan qanchasi foydalandi? Barmoq bilan sanarlilari. — Download 20.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling