Kasbiy shakllanish jarayonida shaxs taraqqiyoti
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya
KASBIY SHAKLLANISH JARAYONIDA SHAXS TARAQQIYOTI Bajardi: Tillayeva M. KT-302A
Shaxs – ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning mahsuli, ongli faoliyatning sub’ekti bo'lgan individdir. Shaxsga taalluqli bo'lgan eng muhim tasnif ham uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlarga bevosita aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham ob’ekt, ham sub’ekt bo'lishlikdir.
Shaxsga taalluqli bo'lgan fazilatlardan eng muhimi shuki, u shu tashqi, ijtimoiy ta’sirlarni o'z ongi va idroki bilan qabul qilib (ob’ektni), so'ngra shu ta’sirlarning sub’ekti sifatida faoliyat ko'rsatadi. Oddiy qilib aytganda, inson bolasi ilk yoshlikdanok “mening hayotim”, “bizning dunyo” degan ijtimoiy muhitga tushadi. Bu muhitdagi ko'plab qoidalarga ko'pchilik mutloq qo'shiladi, ba’zilar qisman qo'shiladi. Bu shunday qoidalar va normalar olamiki, ularga bo'ysunmaslik jamiyat tomonidan qoralanadi, ta’qiblanadi. Shulardan kelib chiqadigan xulosa shuki, shaxs jamiyatga nisbatan barcha tartib-qoidalarni qabul qiluvchi sub’ekt bo'lsa, jamiyat - ijtimoiy intizom va tartibning, madaniyatning mufassal ko’rinishidir. kelishuvlar tortishuvlar hamkorliklar an’analar udumlar turli xil tillar Olamlar siyosat
huquq axloq
Ijtimoiy muhit Mening hayotim Bizning dunyo
KASBIY SARALASHDA PEDAGOGLAR, PSIXOLOGLAR, FIZIOLOGLAR, TIBBIYOT XODIMLARI VA ISHLAB CHIQARISH XODIMLARNING ISHTIROKI. • faol,
• sust, • chuqur, • tor, • astoydil, • yuzaki. Bilimlarga mayl va qiziqishlar turlicha namoyon bo'ladi: Mayl va qiziqishlar kasb tanlashda juda muhim, ammo yoshlarning mayl va qiziqishlari kasb-hunarlar kabi shu darajada ko'p va turfaki, ularni tanlayotgan kasbga qanchalik uyg'unligi haqidagi savolga birdaniga javob berish qiyin. Umumiy tarzda yoshlarning nazariy sohalar, amaliy faoliyat, ijtimoiy tashkilotchilik ishlari, sport, turli ko'ngilxushliklarga bo'lgan qiziqish va mayllarni ko'rsatish mumkin.
Tabiiyki, bolalarda qanday qiziqish va mayllarni o'rganish va shakllantirish kerak degan savol tug'iladi. Bu savolga javob topish uchun mavjud kasb-hunarlarning, aniqrog'i, har bir bolani qiziqtirgan kasbning kishilardan talab qiladigan jahatlarini yaxshi bilish kerak. Bu talablar mehnat qurollari, turi, maqsadi, faoliyatning shart- sharoitlaridan kelib chiqadi. Jamiyatdagi insoniyat olamida kasb- hunar ko'p bo'lishiga qaramay, ularni mehnat qurollari, ob’ektlariga ko ra, Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling