Kasbiy shakllanish jarayonida shaxs taraqqiyoti


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana05.01.2022
Hajmi1.03 Mb.
#202904
1   2   3
Bog'liq
Psixologiya

besh turga turkumlash mumkin 

(muqovalarga qarang): 

Odamlar bilan ishlash yetakchi 

bo'lgan sohalar

Texnik jihozlar, asbob-uskunalar 

bilan mehnat qilinadigan kasblar

O'smirlar va hayvonot dunyosi bilan 

bog'liq sohalar

Belgilar tizimi, turli ramzlar bilan 

bog'liq sohalar

Badiiy obrazlar bilan ish ko'radigan 

sohalar



1. ODAMLAR BILAN ISHLASH 

YETAKCHI BO'LGAN SOHALAR

Bu turdagi kasb egalari asosan 

insonlar bilan muloqotda bo'ladi, 

ya’ni ularning faoliyatida 

odamlar asosiy o'rinda turadi. 

Aslida hamma narsa inson uchun 

qilinadi. Ammo odamlar 

insoniyatga turli yo'l bilan 

bevosita va bilvosita xizmat 

qiladilar. Birinchi turdagi kasblar 

bevosita xizmat turiga kiradi.

Inson

Inson



2. TEXNIK JIHOZLAR, ASBOB-

USKUNALAR BILAN MEHNAT 

QILINADIGAN KASBLAR 

Bu turdagi kasblarga qiziqqan 

yoshlar fizika, ximiya, 

elektrotexnika sohalari bo'yicha 

laboratoriya amaliyotlarini 

o'tkazishni xush ko'radilar. Har 

xil modellar tuzish, loyihalash, 

oilada maishiy texnika 

asboblarini ta’mirlashga 

ishqiboz bo'ladilar.

Inson

Texnika



3. O’SIMLIKLAR VA 

HAYVONOT DUNYOSI BILAN 

BOG'LIQ SOHALAR

Bu turdagi kasblarga 

qiziqqan bolalar tabiat 

bag'rida bo'lishni sevishadi. 

Turli jonivorlar boqishni, 

ekinlarni parvarish qilishni 

yoqtirishadilar. Botanika, 

biologiya, zoologiya fanlarini 

havas bilan o'rganishadi. 

Inson


Tabiat


4. BELGILAR TIZIMI, TURLI 

RAMZLAR BILAN BOG'LIQ 

SOHALAR. 

Bu turdagi kasblar ishqibozlari 

turli hisoblash ishlari, chizmalar 

chizish, kartografiklar tuzish, 

obrazlar, ramzlar vositasida 

mulohaza qilish maylida 

bo'lishadi. Atrofni kuzatishni 

sevishadi, turli tarqoq 

ma’lumotlarni bir tartibga 

keltirishga intilishadi. 

Inson

Ramzlar



5. BADIIY OBRAZLAR BILAN 

ISH KO'RADIGAN SOHALAR. 

Badiiy obrazlar bilan ish 

ko'radigan soha ishqibozlari 

xayolparastroq bo'lishadi. 

Rasm chizish, turli jihozlash 

ishlari, raqsni yaxshi 

ko'radilar. 

Inson

Badiiy 


obrazlar


Shaxsning kasbiy shakllanishi masalasi 

ko’pgina mualliflar tomonidan tadqiq 

qilingan. Bu inson taraqqiyotida tez-tez 

uchraydigan jarayondir. Ko’pincha 

mutaxassis shaxsining to’la taqlil qilish 

tushib qoladi, shaxsning kasbiy shakllanish 

bosqichi esa hayot yo’li bosqichi bilan 

muvofiq tarzda ko’rib chiqiladi. Shuning 

uchun vaqt doirasida qatiy chegaralanib 

qoladi. Ijtimoiy sohalarda faoliyat 

yurituvchi shaxsning kasbiy shakllanishini 

o’rganishda insonning imkoniyatlarini to’liq 

ochib beruvchi sub’ekt va ijtimoiy muhit 

orasidagi turli ijtimoiy aloqalar tipiga 

ahamiyat berish muhimdir.



Har bir ijtimoiy aloqalarning yana odamovilik va muloqotchanlik kabi kichik tiplarga 

bo’linishi biz uchun muhim ahamiyatga egadir. 

Ijtimoiy

aloqalar


Odamovilik

sub’ekt o’zini topgan, o’zida va 

faoliyatida o’zini o’zgartirishni 

xohlamasligi bilan tavsiflanadi

Muloqotchanlik

sub’ektning o’zini o’zi qidirishi bilan 

izohlanadi. Bu o’tish, oraliq holat 

hisoblanadi. Individ (yoki jamiyat) 

bir shaklni tark etib jamiyatning 

boshqa yuqori darajasiga erishadi




S.L.Rubinshteyn insonning hayotga 

munosabatini ifodalovchi ikki usulni 

ajratib ko’rsatgan. 

Birinchi usul –

• bu insondagi barcha munosabatlar to’liq emas, balki alohida 

hodisalariga munosabat doirasiga kiruvchi hayotdir. Ijtimoiy 

hayot insonni o’rniga sub’ekt sifatida namoyon bo’ladi. Bu yerda 

axloq, beayblik, yomonlik qilmaslik, tabiiylik, insonning tabiiy 

holati sifatida namoyon bo’ladi va shu bilan bir qatorda bu 

yerda yaxshilik va yomonlik o’zaro bog’liqdir. Bu usul insonning 

hayoti o’zidan o’zi kechadigan hayot-avtomat aloqalariga 

kiruvchi xususiyat sifatida tavsiflanadi. 

Ikkinchi usul 

• ichki refleksiyani namoyon bo’lishi bilan bog’liq bo’lib, u —

hayotning bu uzluksiz jarayonini to’xtatib qo’yishi, uzib qo’yishi 

mumkin va insonning g’oyalar dunyosidan chiqarib yuboradi. 

Inson g’oyalar dunyosidan tashqaridagi pozisiyani egallaydi. —

Bunday refleksiyaning namoyon bo’lishi hayotiy qadriyatlar 

tizimini aniqlash bilan bog’liqdir. S.L.Rubinshteyn aynan shu holat 

bilan voqyelikning yangi usuliga o’tish imkoniyatini bog’laydi. 

Bevosita aloqalarni uzish va ularni yangi negizlar asosida tiklash 

ikkinchi usulga o’tish bilan yakunlanadi. Shu vaqtdan boshlab —

ruhiy bo’shliqqa, axloqiy skeptizmga, axloqiy beqarorlikka yoki 

boshqa - yangi anglangan sharoitda axloqiy inson hayotini 

qurishga yo’l ochila boshlaydi.



Hayotiy faoliyat modusi faqatgina inson turmush tarzini turli 

voqyeliklarga munosabatini ifodalab qolmasdan, balki 

individning turli individual qobiliyatlarini ham faollashtiradi. 

Uning ta’sir ostida shaxs qadriyatlari, ehtiyojlari sohasi va 

boshqalar shakllanib boradi. 



Kasbiy faoliyat san’at darajasigacha 

ko’tariladi va shaxsning zaruriy ishtiroki 

natijasiga ko’ra predmetli yoki to’liq 

predmetli ko’rinishlarga ajratiladi. 

Shunga muvofiq tarzda, hech qanday 

faoliyat motivga ega emas, chunki hech 

qanday motivning o’zi yo’q, faqatgina 

muayyan faoliyatga egalik qila olinsa 

bo’ldi. Bu bosqichda ham boshqalar 

singari ikkita chiziqni ajratib ko’rsatish 

mumkin, ulardan biri kasbni endi 

o’zlashtirayotgan insonlarga xosdir. Bu 

shunday holatki, bunda shaxs muayyan 

bir bosqichni bosib o’tgan, lekin 

yuqoriroq darajaga erishmagan.



Birinchi chiziq o’zining natijasiga ko’ra ikkita imkoniyatga ega. 

Shaxsning kasbiy shakllanishini boshqa vektori inson allaqachon o’zini “topganligi”, uning 

o’zini va o’z faoliyatini o’zgartirishni istamasligi bilan yakunlanadi. Shaxs faoliyatga 

nisbatan o’z ehtiyojlarini qondiruvchi vosita sifatida qaraydi.

Ulardan biri -

• bu keyingi bosqichga (ijtimoiy intilishlar 

modusiga) o’tish. 

Ikkinchisi -

• bu bosqichda izlanish va to‘xtab 

qolishldan bosh tortishdir. 




E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

Toshkent 2021




Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling