Mavzu: Mehnatni normalashtirish asosi


Download 33.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi33.2 Kb.
#1408540
  1   2   3
Bog'liq
Karta va atlaslar seriyalari bilan ishlash



Mavzu: Karta va atlaslar seriyalari bilan 
ishlash 
1.
Tuproqlar kartalarni tuzish 
2.
Landshaft kartalarini tuzish. 
3.
Ekologik kartalarni GIS-texnologiyalari aosida tuzish. 
Reja: 


Tuproq kartalarini tuzish.

Tuproq kartalari tuproqlarning geografik tarqalishini ko„rsatish, tuproq 
qoplami qonuniyatlarini aniqlash va yer resurslarini hisobga olish 
maqsadida tuziladi. Tuproq kartalari agrotexnik va meliorativ tadbirlar 
yordamida tuproq unumdorligini oshirish va qishloq xo’jaligida 
tuproqlardan ratsional foydalanish va ularni ushbu maqsadda baholash 
imkonini beradi. Shu sababli, karta tuproqning kislota miqdori, sho’rlanish 
hususiyatlari 
va 
boshqa 
kimyoviy 
elementlarni 
ta’riflaydigan 
kartogrammalar va maxsus kartalar bilan boyiti-ladi.
Kartalarda tuproqning taksonomik bo’limlari – tip, kichik tip, tur, hil va 
h.k. tasvirlanadi. Tuproqlarning genetik tasnifida asosiy birlik sifatida tip 
qabul qilingan. Tuproq tiplari kichik tiplarga bo’linadi. Bitta tipga kiruvchi 
kichik tiplar tip bilan yagona genetik qatlamda yotadi, ammo ular bitta 
yoki bir nechta ta’sir etuvchi jarayonli belgilarga ega bo’ladi.
Tuproq tiplari va kichik tiplari tuproq xillariga bo’linadi. Ular tiplardan 
miqdor ko’rsatkichlari bo’yicha farq qiladi va intensivlik darajasi, tuproq 
hosil bo’lish jarayoni hamda tuproq profilining rivojlanishi darajasi turi 
bo’yicha farqlanadi. 
 


Yirik masshtabli kartalarni tuzish ishlari dala s’yomkasi yoki aerokosmik 
materiallarni deshifrovka qilish asosida olib boriladi, mayda masshtabli 
kartalar yirik masshtabli kartalarni generalizatsiya qilish yo’li bilan 
tuziladi. Tabiatdagi tuproq turlari kuzatuvchiga ko’rinmaydi, shu sababli, 
kartada o’tkazilgan konturlar chegaralari shartlidir. Kartani tuzishda 
hududning tuproq qoplami tabiatini yahshi biladigan tuproqshunoslar va 
kartograflar birgalikda ishlaydilar.
Kartaning legendasini tuzishda taksonomik bo’limlar darajasi tanlanadi. 
Taksonomik bo’limlar va kartaning masshtabi o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri 
bog’liqlik mavjud emas. Legendani ishlab chiqishda hududda keng 
tarqalgan taksonomik bo’limlar detallashgan darajada, hududga hos 
bo’lmaganlari esa, yirikroq bo’limlarda ifodalash talab etiladi.
Legendani ishlab chiqishda tuproqlar hususiyatlari o„hshashligi bo„yicha 
birlashtiriladi, ularga shartli belgilar tanlanadi (maydonli, masshtabsiz va 
h.k.). Tuproq komplekslarini birlashtirishda ularning hududga hosligi, 
muhimligi, egallagan maydoniga e’tibor qaraladi.


Generalizatsiyaning keyingi bosqichida legendani jihozlash ishlari 
olib boriladi, bunda asosiy mazmunni ifodalashga harakat qilinadi. Sifatli 
ranglarni tip va kichik tiplarga berish tuproq kartasining genetiklik 
ma‟nosini ifodalaydi. Legendani ishlab chiqishda indekslar tizimi muhim 
rol o’ynaydi.
Karta mazmuni uchun konturlarni tanlashda sifatli va miqdorli me‟yorlar 
ishlatiladi. Sifatli me’yor sifatida tuproqning hududga hosligi, ho’jalik 
ahamiyati va tuproq konturlarining tarqalish xususiyati olinadi. Miqdorli 
me’yor sifatida tsenzlar qo’llaniladi. Katta maydonli zonal tip va kichik 
tiplar uchun 8-12 mm2, kichik maydonli uchun – 4-6 mm2, introzonalga – 
3-4 mm2, ularning kengligi uchun 0,5 mm tanlanadi.
Kartani tuzishda tuproqlar areallari chegaralarini umumlashtirishdagi 
generalizatsiya jarayoni muhim o’rin tutadi. Manbadagi chegaralarning 
ko’rinishidan kelib chiqib, ularni umumlashtirish tizimini ishlab chiqish 
kerak, bu tizim karta tuzishning ohirigacha saqlab qolinishi zarur.



Download 33.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling