"Gudbay Amerika!" qissasida inson obrazini toʻlaqonli yaratish vositalari


Download 13.41 Kb.
bet1/3
Sana20.12.2022
Hajmi13.41 Kb.
#1037276
  1   2   3
Bog'liq
Abdullajonova


“Gudbay Amerika!” qissasida inson obrazini toʻlaqonli yaratish vositalari

Yangi oʻzbek adabiyoti vakillaridan boʻlgan yozuvchi Abduqayum Yoʻldoshev asarlarini oʻqir ekanmiz, ularda tasvirlangan inson obrazlarini nechogʻlik hayotning aksi oʻlaroq yaratilganiga guvoh boʻlamiz. Buning isboti sifatida yozuvchining “Osmon ogʻushi” toʻplamiga kiritilgan “Gudbay Amerika!” qissasidagi koʻplab personajlar orqali koʻrishimiz mumkin. Ushbu qissa bugungi kun odamlari haqida yozilgan boʻlib, shu bilan birga Vatan tushunchasining mohiyati va qadri hech qachon yoʻqolmasligini yana bir bor ta'kidlaydi. Asosiy masala boʻlgan inson obrazi haqida soʻz borganda, birinchi navbatta, badiiy obraz tushunchasiga izoh beramiz. “Adabiyotshunoslikda badiiy obraz atamasi ham keng, ham tor maʼnolarda ishlatiladi. Keng maʼnoda badiiy obraz deganda borliqning san'atkor koʻzi bilan koʻrilgan va ijodiy qayta ishlangan har qanday aksi (jonivorlar, narsa-buyumlar, hodisalar, tabiat obrazlari) nazarda tutilsa, tor maʼnoda badiiy asardagi inson obrazi tushuniladi. Borliqni badiiy idrok etishni maqsad qilgan badiiy adabiyotning asosida inson obrazi turadi, chunki borliqning oʻzida inson shu xil mavqe egallaydi...asarlarda boshqa (narsa-buyum, jonivorlar, hodisalar) obrazlarning bari inson obrazini yorqinroq tasvirlashga, chuqurroq ochib berishga xizmat qiladi”.’[1.73] Inson obrazini yaratishda yuqoridagi talablardan tashqari ham qator vositalar mavjud, bular muallif xarakteristikasi, portret, badiiy psixologizm va personaj nutqidir. Avvalo, muallif xarakteristikasiga toʻxtalsak. “Obrazga yozuvchining oʻzi tomonidan berilgan taʼrif “muallif xarakteristikasi” deb yuritiladi. Muallif xarakteristikasida obrazning fe'l-atvoriga xos asosiy xususiyatlar bayon qilinadi” '[1.73-74]Muallif xarakteristikasini “Gudbay Amerika!” qissasida Murodbek Qilichevich, Xolmirza va Zarifa obrazlari orqali koʻrib chiqamiz.


Guruhdan sal chekkaroqda ellik yoshlardagi, semirib ketgan, qora kostyum-shim kiyib, katta boʻyinbogʻ taqib olgan Murodbek Qilichevich viqor bilan, savlat toʻkib oʻtiribdi. U ora-sira dasta a'zolariga ham, yoʻlovchilarga ham mensimaganday koʻz tashlab qoʻyardi”.Murodbek Qilichevichga muallif tomonidan berilgan ushbu taʼrifning ayrim soʻzlariga eʼtibor qaratsak. “Semirib ketgan”, “viqor bilan, savlat toʻkib”, “mensimaganday koʻz tashlab” kabi jumlalar bizda asar bilan tanishmasdanoq unga taqdiri yaxshilik bilan yakunlanmaydigan qahramon kirib kelayotganidan darak beradi. Chunki uning xarakteridagi mensimaslik nigohi taqdiriga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan omillardan biri hisoblanadi.
Yuz ifodasida safar oldidan quvonch va mamnunlik sezilmayotgan qahramonlardan biri: “Zalda eng chekkaga oʻtirib olgan, qovoq solib oʻtirgan, ogʻir oʻylarga choʻmgan, koʻzlari kirtayib qolgan bir erkak ham bor. Bu qirq yoshlardagi, qorindor, sobiq DAN xodimi Xolmirza”. Ushbu qahramonga berilgan taʼrifda ikki jihat koʻzga tashlanadi, birinchisi ogʻir oʻylarga choʻmgan va kirtayib qolgan koʻzlari miuning ham dardi borligini va bu dard unga anchadan buyon azob berayotganini anglatsa, ikkinchidan u dard bilan ham qorindorligi hamda sobiq “DAN” xodimi ekanligi bir paytlar vazifasini haqqoniy oʻtamaganligidan dalolat beradi.
Yana bir qahramonga nazar tashlasak. Endigina tanilib kelayotgan artist Zarifa-Zeta, yozuvchi unga quyidagicha taʼrif beradi: “Qiz boʻyanib-bejanmaganidanmi, bir qarashdayoq tanib olish mushkul, har qalay, kamtaringina oʻtirgan bu qizni sahnada irgʻishlab, baqirib-chaqirib ashula aytayotgan holatda tasavvur etish mushkul”. Zarifaning sahnada irgʻishlab, baqirib-chaqirib ashula aytishidan unda qilayotgan ishiga nisbatan ishtiyoq borligini sezish mumkin, biroq uning sahnadan tashqaridagi hayotda boʻyanib-bejanmay yurishi birozgina soddaligidan darak berib turibdi. Lekin shu birozgina soddalik bilan tanilish maqsadida Amerikaday joyga qilayotgan safari unga baxtli kelajak taqdim etadi deb ham boʻlmaydi.
Shu oʻrinda yana bir elementga diqqat qaratib ketsak, asarda koʻpchlik Oʻzbekistondan Amerikaga borgan qahramonlarning ikkinchi ismi bor. Zarifa-Zeta, Bahrom-Bob, Jamila-Juliya, Malik-Maykl. Ushbu koʻrinishdagi ikkinchi ismlarni qoʻllash orqali yozuvchi amerikalik oʻzbeklarda oʻzlikning qay darajada yoʻqolib ketayotganiga ishora qilmoqda.
Yana asardan olingan parchaga e'tibor qaratamiz. “Keyingi qatorda oʻttiz yoshlardagi ozgʻin, rangpar, yanoqlari turtib chiqqan odmiroq kiyimdagi Najmiddin”. Ushbu keltirilgan ta'rif orqali biz aniq bir konkret insonni koʻz oldimizga keltira olamiz. Inson obrazini yaratishda muhim vositalardan yana biri aynan shunday ish koʻradi, D.Quronov unga quyidagicha ta'rif beradilar:“ Personajning soʻz bilan chizilgan tashqi qiyofasi- portret ham inson obrazini yaratishda muhim vosita sanaladi. Portret, avvalo, personajning oʻquvchi koʻz oldida konkret inson sifatida gavdalanishiga koʻmaklashadi. Ikkinchi tomondan, badiiy asarda portret xarakterologik belgilarga ega boʻladi. Ya'ni, yozuvchi personaj siyratiga xos xususiyatlarni suratida aks ettirishga intiladi”. Chindan ham yuqorida keltirilgan misolda biz aniq bir inson qiyofasini koʻz oldimizga keltirish barobarida ushbu insonga xos ayrim xarakter xususiyatlarini ham koʻrishimiz mumkin.
Badiiy asarda toʻlaqonli inson obrazini yaratishdagi muhim unsurlardan yana biri badiiy psixologizm hisoblanadi. Asardan parcha keltirsak. “Ha mana, u kelyapti! Jamila! Jingalak sochlari ochiq yelkasi bilan bitta boʻlib yoyilgan, siymin tan, shahlo koʻzli goʻzal qiz! Oʻzi chuqibdi-ya Nodirni kutib olishga! Oʻzi!.. Yuragi gursillab urib ketgan yigit amallab toʻdadan ajralib, oldinga oʻtdi. Nodirga koʻzi tushgan qizning yuzi tabassumdan yorishib ketganday boʻldi”. Ushbu parcha orqali yozuvchining personaj ruhiy holatini qay darajada ochib berganligining guvohi boʻlamiz.“Badiiy psixologizm deyilganda personaj ruhiyatining ochib berilishi, uning xatti-harakatlari, gap-soʻzlarining psixologik jihatdan asoslanishi tushuniladi va u mazkur vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiluvchi qator usul, vositalarni oʻz ichiga oladi. Yozuvchi personaj ruhiyatini bevosita yoki bilvosita tasvirlab berishi mumkin. Personaj oʻy-kechinmalari, his-tuygʻularining “ichki monolog”, “ong oqimi” tarzida yoki muallif tilidan (oʻziniki boʻlmagan avtor gapi) bayon qilinishi psixologik tasvirning bevosita shakli hisoblanadi. Asarda personaj ruhiyatining uning xatti-harakatlari, gap-soʻzlari, yuz-koʻz ifodalari (mimikasi), undagi fiziologik oʻzgarishlarni koʻrsatish orqali ochib berilishi bilvosita psixologik tasvirdir”.’[1.74-75] Nazariyadan anglashilganidek parchada keltirilgan Nodirning ruhiy holati bevosita hamda bilvosita usullar uygʻun tarzda ochib berilgan. Jamilaning kelishi tasviridagi muallif tilidan aytilgan soʻzlar va Nodirning Jamilani koʻrgandagina xatti-harakatlari, bularning bari badiiy psixologizmning yorqin namunasi boʻlib xizmat qilgan.
Inson obrazini yaratishdagi eng soʻnggi vositaga ham yetib keldik. Ushbu vosita zamonaviy nasrda dialog rivojlanishi barobarida rivojlangan vosita hisoblanadi. “Mohir yozuvchi personaj nutqini individuallashtirish orqali uning shaxsiyati, dunyoqarashi, muayyan hayotiy holatdagi ruhiyati haqida oʻquvchiga koʻp narsalarni yetkaza oladi. Aytish kerakki, dialoglarda personaj nutqi muallifning qisqa, loʻnda sharhlari bilan taʼminlanadi”.’[1.75] Keltirilgan fikrga dadil sifatida yana asardan olingan parchaga e'tibor beraylik: “Shahar knematoriyasidagi maxsus xonada Izzatilla akaning mayiti yoqish uchun pechga kiritilayotganini oyna ortidan yigʻlab kuzatayotgan Davronbekning koʻnglidan shunday oʻylar oʻtardi. U yonida bukchayib turgan Habiba xolaga, hatto oʻta jiddiy Erali bilan Sheraliga ham emas, koʻproq oʻziga oʻzi apirayotganday iztirob bilan shivirlardi:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling