Gul va meva urug’ tuzilishi
Download 90 Kb.
|
Gul va meva urug\' tuzilishi
Gulqoʻrgʻoni. Gul diagrammasi gul toʻgʻrisida koʻproq maʼlumot beradi. Gul diagrammasini belgilash uchun quyidagi belgilar qoʻllaniladi:
Kosachabarg – killi qavsdan iborat Gultojbargi – yarim oysimon qovus bilan Changchilar – changdonning koʻndalang kesimining shakli bilan Urugʻchi – tugunchaning koʻndalang kesimi bilan Agar doiradagi gul qismlari oʻzaro qoʻshilgan boʻlsa, belgilar tutashtiriladi ( -rasm). Gulqoʻrgʻoni oddiy va murakkab boʻladi. Murakkab gulqoʻrgʻoni kosacha barglar ham tojbarglardan iborat boʻladi. Kosachabarglarning hajmi uncha katta boʻlmasdan yashil rangda boʻlib gulqoʻrgʻoning tashqi doirasida joylashadi. Kosacha barglar ayrim-ayrim yoki qoʻshilgan boʻladi. Qoʻshilib oʻsgan kosachabarglarda tishlari aniq koʻrinadi. Kosachabarglar gul gʻuncha vaqtida ichki qismlarini turli tashqi taʼsirlardan saqlaydi. Baʼzi usimliklarda gul ochilganda kosachabarglar toʻkilib ketadi (lola qizgʻoldoq). Labguldoshlarda gul ochilgandan keyin ham saqlanib qoladi. Baʼzi oʻsimliklarda bajaradigan vazifasiga qarab kosacha turli ranglarda boʻladi (oq, qizil). Baʼzi oʻsimliklarda qisqarib ketgan (soyabon, guldoshlar). Murakkab guldoshlarda kosachabarglar mevalarning tarqalishiga yordam beradi. Tojbarg. Tojbarg gulqoʻrgʻoning ichki aylanasini tashkil etib, kosachadan ochiq rangi va kattaligi bilan farq qiladi. Gulning oʻlchami tojbarglarning oʻlchamiga toʻgʻri keladi. Tojbarglar ayrim yoki qoʻshilgan boʻladi. Qoʻshilgan tojbarglarda tishchalar mavjud boʻlib, tishchalar tojbarglar soniga teng boʻladi. Qoʻshilgan tojbarglar naysimon boʻlib, uzunligiga qarab, dolixomorf, mezomorf, braximorf tiplarida boʻladi (Dolixomorf – naycha uzun, mezomorf - oʻrta, braximorf - qisqa). Naychaning uzunligi, changlanish bilan bogʻliq. Gulning simmetriyaligi tojbarglarning tuzilishiga qarab aniqlanadi, masalan, aktinomorf, zigomorf gullar. Gullarda pixlarning paydo boʻlishi. Pix – gultojbarg asosidagi choʻziq oʻsimtadir. Baʼzi oʻsimliklar oilalari vakillarini gullarida pixlarning hosil boʻlishi changlanishga moslanish xususiyatlaridan biridir (koʻknoridoshlar, ayiqtavondoshlar va boshqalar). Pixning paydo boʻlishi asalshira ajralish bilan bogʻliq. Gulning ichki tamoni boʻsh boʻlib, asalshirapixning devorlaridan yoki ichki tamonidagi asalshira bezlaridan ajraladi. Guldagi changchilar toʻplami androtsey deyiladi. Changchilar gulda bittadan bir necha yuz boʻlishi mumkin. Masalan, gulsapsarda – uchta, murakkabguldoshlarda beshta; piyozguldoshlarda oltita, kapalakguldoshlarda oʻnta, itgunafshada ikkita, tolda bitta. Changchilarning soni shu usimlik uchun, shu turkum uchun doimiydir. Chang iplarining uzunligi va holati bitta gulda turlicha boʻlishi mumkin. Masalan, karamguldoshlarda toʻrttasi uzun, ikkitasi kalta; labguldoshlarda ikkita uzun, ikkita kalta; kapalakguldoshlarda toʻqqiztasi asosi bilan qoʻshilgan, bittasi ayrim. Changchilar – changchi ipidan va changdondan tashkil etgan. Changdon ikkiga boʻlingan boʻlib, bir-bir bilan bogʻlovchi orqali ajratilgan. Bogʻlagich changchi ipining davomi boʻlib hisoblanadi. Har bir boʻlak (teka) ikkita chang uyasidan tashkil topib, ichida mikrosporalar yetiladi. Chang ipi juda uzun boʻlishi va juda kalta boʻlishi mumkin. Mikrosporalar. Mikrosporalar mikrosporaning ona hujayrasini meyoz boʻlinishi natijasida paydo boʻladi. Bu jarayon ikki tipda amalga oshadi: 1) Suksessiv tip – yadro avval ikkiga boʻlinadi va hujayralar orasida toʻsiq paydo boʻladi. Soʻngra qiz hujayralarni yadrosi yana ikkiga boʻlinib tetrada hosil boʻladi (birpallali oʻsimliklar). 2) Simultant tip – yadroning birinchi boʻlinishida hujayralararo toʻsiq paydo boʻlmaydi balki ular yana ikkiga boʻlinib, avval toʻrtta yadro hosil boʻladi, keyinchalik ular oʻrtasida hujayralararo toʻsiq paydo boʻladi (ikkipallali oʻsimliklarda). Download 90 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling