Guliston” asaridagi āvardan fe’li bilan yasalgan qo‘shma fe’llarning funksional-stilistik xususiyatlari


Download 98.5 Kb.
bet1/2
Sana29.03.2023
Hajmi98.5 Kb.
#1305754
  1   2
Bog'liq
Turdaliyev Olimjon. chiqqan


GULISTON” ASARIDAGI ĀVARDAN FE’LI BILAN YASALGAN QO‘SHMA FE’LLARNING FUNKSIONAL-STILISTIK XUSUSIYATLARI
Turdaliyev Olimjon Fayzullajon o‘g‘li
Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya. Ushbu maqolada āvardan fe’lining ba’zi qo‘shma fe’llarning komponenti sifatida kelishi va umumiy hosilaning semantik strukturasida tutgan o‘rni, funksiyasi va boshqa sodda fe’llar bilan ekvivalentligi hamda tarjimada berilish usullari masalasida bahs yuritiladi. Forsiy jumlalar tarjimasini berishda “Guliston”ning Ogahiy tomonidan qilingan tarjima variantidan foydalanildi.
Kalit so‘zlar. Qo‘shma fe’l, fe’l komponent, āvardan fe’li, ekvivalentlik, semantik xususiyat, stilistik uslub, semantik yadro.
Fors tilidagi qo‘shma fe’llarning katta qismini “ism+komponent fe’l” modeli asosida yasalgan so‘zlar tashkil qiladi [3; 121]. Āvardan fe’li ham mazkur model asosida yasaladigan ba’zi qo‘shma fe’llarning fe’l komponenti bo‘lib keladi. Xususan, Parvez Notel Xonlari “Tārix-e zabān-e fārsi” kitobida “ism+āvardan fe’l” modelida yasalgan 11ta qo‘shma fe’llar misol keltirilgan va ularning o‘timli yoki o‘timsiz bo‘lishi ta’kidlangan, ammo struktur-semantik jihatdan tahlilga tortilmagan [5; 141-142]. Qo‘shma fe’llarning struktur-semantik tasnifi yirik eronshunos olim Y.A. Rubinchik tomonidan umumiy planda amalga oshirilgan. Āvardan fe’li bilan hosil qilingan qo‘shma fe’llarni struktur-semantik jihatdan tahlil qilishda Y.A Rubinchik tomonidan taklif qilingan mezonlarga tayaniladi. Āvardan fe’li qo‘shma fe’lning komponenti sifatida aksariyat holatlarda kardan (qilmoq, bajarmoq) fe’li bilan almasha oladi. Mazkur almashinuv qo‘shma fe’lning umumiy semantik ma’nosiga ta’sir qilmaydi. Kardan fe’li o‘rnida āvardan fe’lining kelishi ko‘proq badiiy matnlarga xos bo‘lib, she’riy vazn va ritm talabi bilan amalga oshadi. Xususan, quyidagi baytda shu hodisani kuzatish mumkin:
کان که جنگ ﺁرد به خون خویش بازی می کند
روز میدان وان که بگریزد به خون لشکری [6.b]. (foilotun)
Kim urushga chiqgusi kechmak kerakdur jonidin (foilotun)
Qonig‘a kelg‘ay cherikning, gar qochar maydon aro [18.b].
Ushbu bayt tarjimasida Ogahiy genetik jihatdan sof turkiy so‘zlar (urushg‘a chiqg‘usi) dan foydalanish bilan birga, balki baytning asl vaznini ham saqlash uchun ham ishlatgandir. Asl variant va uning tarjimadagi ekvivalenti zamon kategoriyasi bo‘yicha bir-biriga mos tushgan va morfologik muvofiqlik yuzaga kelgan:
Jang ār (o‘zak) + ad (III shaxs, kelasi zamon. )
Urush +g‘a chiq (o‘zak) + g‘usi (III shaxs, kelasi zamon).
Qo‘shma fe‘lning ekvivalenti sifatida tarjimada fe‘lning jo‘nalish kelishigidagi ot bilan birikkan analitik shakli kelgan.
“Ism+āvardan fe’li” modelidagi qo‘shma fe’llarning aksariyat qismida kardan fe’lini āvardan fe’lining ekvivalenti sifatida ishlatish mumkin. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bunday holatlarda hosilaning umumiy semantik ma’nosi o‘zgarmaydi, balki bir fe’lning uslubiy variantlari vujudga keladi. J. Mottaqiy va A.R. Lotfiylar hammuallifligidagi maqolada ko‘rsatilishicha, fe’llardagi mazkur ekvivalentlik allomorflik hodisasi sanaladi [2; 35]. Tadqiqotchi Z. Arifjanov o‘zining “Fors tilida yordamchi fe’llarning variantlari” nomli maqolasida ba’zi yordamchi fe’llarni tahlil qilib, ularning qo‘shma fe’lning tarkibiy qismi sifatida uchrash chastotasini aniqlashga harakat qilgan hamda yordamchi fe’llar ekvivalentligining uslubiyatga ta’siri mavjudligini ta’kidlaydi [1; 61]. Mazkur holatlarda qo‘shma fe’lning semantik yadrosi funksiyasini ismiy qism bajaradi ya’ni qo‘shma fe’lning leksik ma’nosi ismiy qismning leksik ma’nosi asosiga quriladi. Fe’liy komponent esa ismiy qismdan anglashilgan ma’no bilan bog‘liq tushuncha yoki voqea-hodisaga harakat yoki holat ma’nosini yuklovchi yordamchi vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Quyida keltirilgan misol fikrimizning dalilidir:
سواران را به گفتن او تهور زیادت گشت و به یکبار حمله ﺁوردند شنیدم که هم در ﺁن روز بر دشمن ظفر یافتند.. [6.b].

Download 98.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling