Guliston davat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta
Download 186 Kb.
|
botanika
Sarvlar oilasi — Cupressaceae
Bu oila vakillari barglarining qarama-qarshi yoki halqasimon joylashganligi, ba`zan ninaga, ko`pincha tangachaga o`xshagan bo`lishi bilan ta`riflanadi. Meva beruvchi tangachalari qoplag`ich tangachalari bilan qo`shilib o`sadi va bitta qubba tangachasini hosil qiladi. Bu oilaga Qrim va Kavkazda ko`p o`stiriladigan sarv daraxti (Cupressus, Cupressus sempervirens), istirohat bog`larida ekiladigan tuyya (Thuja) va archa (Juniperus) kiradi. Archa shu bilan ta`riflanadiki, meva beruvchi tangachalari etdor bo`lib, qubbasi mevaga o`xshab turadi. Rossiyaning Yevropa qismi va Sibir o`rmonlarida J. communis uchraydi, bu o`simlik buta holi-da, ba`zan daraxt holida bo`ladi. Arktikada uning boshqa turi (J. nana) o`sadi, bu o`simlik poyalar ustida pastak butazorlar hosil qiladi. Qrim bilan Kavkazda qizil archa (J. oxycedrus) uchraydi. J. Sabina — kazak archasi — tangachasimon mayda-mayda ninabargli pastak buta o`simligi Qrim va Rossiya Yevropa qismining janubi-sharqidagi toshli va ohakli quruq qoyalarda o`sadi. Sibir va Turkmaniston tog`larida shu o`simlikka o`xshagan J. pseudosabina, yer bag`irlab o`sadigan pastak buta uchraydi. Shimoliy Amerikada ko`p tarqalgan qalam daraxtini (J. virginiana) ham aytib o`tamiz, uning yog`och qismidan qalam tayyorlanadi. Ninabarglilarning amaliy ahamiyati juda katta, ular a`lo darajali qurilish materiali o`rnini bosadigan yog`ochi xilma-xil maqsadlarda ishlatiladi; har xil buyumlar yasash, sellyulozali qog`oz massasi tayyorlash, pista ko`mir olish uchun ham yog`ochidan foydalaniladi. O`rmonzor oblastlarda ninabarglilar yog`ochi o`tin qilib, ko`plab yoqiladi. Ninabargli daraxtlarda smola bor, undan terpentin va kanifol olinadi; oshlovchi moddalari bor po`stloqlari teri oshlashda ishlatiladi. Sibir kedri, piniya va araukariyaga o`xshagan ba`zi ninabarglilarning yirik-yirik urug`lari ovqatga ishlatiladi; ulardan yog` ham olinadi. Ninabarglilar manzarali o`simliklar o`rnida ham ko`p o`stiriladi. Xulosa
Yer yuzidagi barcha o‟simliklar (flora) ikkita katta bo‟limga :1-Ochiq urug’lilar 2-Yopiq urug’lilar Ochiq urug‟lilar yer yuzida keng tarqalgan bo‟lib,uncha taraqqiy etmagan.Evolutsiya jarayonida,yashash uchun kurashda ular yopiq urug‟lilardan mag‟lub bo‟lib yer yuzining ayim mintaqalariga tarqalib ketgan.Ochiq urug‟lilar o‟zining primitiv xossalarini saqlab qolganligi uchun urug‟li o‟simliklardan mag‟lub bo‟lgan.To‟g‟ri ayrim belgilari bilan ularda yopiq urug‟lilarga o‟xshashlik alomatlari kuzatiladi.Lekin ularning urug‟i ochiq xolda qubbalarda joylashganligi va yetilishi ularning aloxida bo‟limga ajratadi. Ochiq urug`li o`simliklar bir tomonidan yuqori sporali o`simliklarga 2-bir tomondan yopiq urug`li o`simliklarga o`xshaydi. Ochiq urug`li o`simliklar urug` beradigan qirqquloqlardan, yopiq urug`li o`simliklar ochiq urug`li o`simliklardan kelib chiqqan. Ochiq urug`li o`simliklarga butalar,daraxtlar kiradi. Yopiq urug`li o`simliklar orasida daraxtlar,butalar, yarim butalar va o`tli o`simliklar uchraydi. Ochiq urug`li o`simliklar asosan monopodial tipda shoxlanadi. Yopiq urug`li o`simliklar esa monopodial,simpodial va dixatomik ravishda shoxlanadi. Ochiq urug`li o`simliklarda suv naylari bo`lmaydi. Suv naylari vazifasini traxeidlar bajarib turadi. Foydalanilgan adabiyotlar Burigin I. A., Jongurazov F. X. Botanika. Toshkent, “O`qituvchi”, 1977. Mustafayev S. M. Botanika. Toshkent, “O`zbekiston”, 2002. Sahobiddinov S. S. O`simliklar sistematikasi. Toshkent, “O`qituvchi”, 1976. Васильев А. И. и другие. Ботаника: морфология и анатомия растений. М., “Просвещение”, 1988. Жуковский П. М. Ботаника. М., 1982. Комарницкий Н. А., Кудряшов Л. В., Уранов А. А. Ботаника: систематика растений. “Просвещение”, М., 1975. Тихомиров Ф. К. Ботаника. М., 1968. Хажановский И. Г., Пономаренко С. Ф. Ботаника. М., “Колос”, 1988. Хажановский И. Г. Курс общей ботаники. ч. 1, М., 1982 Hamdamov I. va boshq;- Botanika asoslari. Toshkent, “Mehnat”, 1990. Download 186 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling