Guliston davlat universiteti arxivshunoslik fanidan Mustaqil ish Bajardi Qabul qildi Mavzu: O’zbekistonda 1925-1939 yillarda arxiv ishi tarixi. Reja


Download 166.04 Kb.
bet1/2
Sana03.10.2023
Hajmi166.04 Kb.
#1691061
  1   2
Bog'liq
arxivshunoslik 2




GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

ARXIVShUNOSLIK
Fanidan
Mustaqil ish


Bajardi________________________________


Qabul qildi______________________________


Mavzu: O’zbekistonda 1925-1939 yillarda arxiv ishi tarixi.
Reja:


1. 1925-1930 yillarda O’zbekistonda arxiv ishi.
2. : 1930-1939 yillarda O’zbekistonda arxiv ishi.

1. 1925-1930 yillarda O’zbekistonda arxiv ishi.

Ma’lumki, 1924 yili O’rta Osiyo respublikalari (Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalari)da milliy-hududiy chegaralanish o’tkazildi. Natijada SSSR tarkibida O’zbekiston SSR va Turkmaniston SSR, Tojikiston ASSR (O’zSSR tarkibida) hamda RSFSR tarkibida Qozog’iston ASSR va Qirg’iziston avtonom viloyati tashkil qilindi. Buning natijasida O’zbekiston SSRning o’z arxiv tashkilotlari vujudga keldi.


Arxiv hujjatlari yangi tuzilgan respublikalar o’rtasida quyidagi tartibda bo’lindi. O’rta Osiyo va ittifoq, ahamiyatiga ega bo’lgan arxiv fondlari O’rta Osiyo Markaziy davlat arxivida - Toshkentda saqlanadigan bo’ldi. Har bir respublikaga oid arxiv fondlari shu respublikaga beriladigan bo’ldi. Turkiston Respublikasining Yagona davlat arxivi fondi shu tarzda bo’linib ketdi.
1924 yil 28 dekabrdagi maxsus qaror bilan O’zSSR MIQ huzurida O’zSSR Arxiv ishi markaziy boshqarmasi tashkil qilindi. O’zbekiston hududida tashkil bo’lgan barcha arxivlar, masalan, Farg’ona, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm va boshqa viloyatlarda vujudga kelgan arxiv fondlari O’zSSR Arxiv ishi markaziy boshqarmasiga topshirildi. Shuningdek, O’rta Osiyo ahamiyatiga ega bo’lgan arxiv fondlari ham O’rta Osiyo markaziy arxivi tuzilmaganligi uchun O’zbekiston arxiv boshqarmasiga topshirildi, chunki ushbu O’rta Osiyo arxiv fondlari Toshkentda vujudga kelgan edi. Shunday qilib, O’zSSR arxivida faqat respublika tarixiga oid hujjatlargina emas, balki butun O’rta Osiyo tarixiga doir materiallar saqlana boshladi.
O’zSSR MIQ va XKSning 1925 yil 22 iyul qarori bilan «O’zSSR Arxiv ishi markaziy boshqarmasi to’g’risida»gi nizom tasdiqlandi. Bu nizomga ko’ra respublikada Yagona davlat arxiv fondi (YaDAF) tashkil qilindi. Bu fondga hukumat, savdo, sanoat, kooperativ, kasaba uyushmalari tashkilotlari arxivlari, shuningdek, diniy va shaxsiy arxivlar kiritiladi, deb ko’rsatildi.
Viloyatlarda viloyat arxiv byurolari tashkil etildi. 1925 yilda Farg’ona, Samarqand, Toshkent, Zarafshon viloyatlari arxiv byurolari, 1926 yilda esa, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari arxiv byurolari ochildi.
1925-1930 yillarda arxivlarda ishlaydigan xodimlar soni qisqartirildi. Chunki bu yillarda SSSRda, shuningdek O’zSSRda ham industriyalashtirish siyosati o’tkazilib, butun mablag’ qat’iy tejalgan holda industriyalashtirishga sarflangan edi. Shu sababli Arxiv boshqarmasida 1924 yildagi 46 xodim o’rniga 1925-1930 yillari bor-yo’g’i 17 kishi ishladi. Bu hol arxiv tashkilotlari faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Arxiv hujjatlarini tartibga solish ishlari, ulardan foydalanishni tashkil etish sur’ati ancha pasaydi. Qiyinchiliklarga qaramay, arxiv tashkilotlari xodimlari hujjatlarni saqlab qolishni o’zlarining muhim vazifalari deb bildilar. Arxivlar, O’rta Osiyoda milliy hududiy chegaralanishning o’tkazilishi, Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalarining tugatilishi munosabati bilan bu respublikalar davlat idoralari arxiv materiallarini qabul qilish, ularni respublika poytaxti Samarqandga tashib borish ishlarini amalga oshirdilar. Faqat 1925 yil yanvar oyining o’zida Arxiv ishi markaziy boshqarmasiga 50 mingga yaqin saqlov birligidagi arxiv materiallari topshirildi.
Davlat arxivlarini arxiv materiallari bilan butlash ishlari keyingi yillarda ham davom etdi. 1925-1929-yillarda 134 ta arxiv fondi qabul qilindi. 1929 yili Arxiv ishi markaziy boshqarmasi 863 arxiv fondi va 764 ming yig’majild qabul qilgan. Viloyatlar arxivlarida 924 arxiv fondi va 994 ming yig’ma jild saqlanardi.
Shuni ta’kidlash lozimki, arxiv xodimlari kam bo’lganligi sababli davlat arxivlaridagi hujjatlarning yarmidan ko’pi tartibga solinmagan, bayon qilinmagan edi. Tabiiyki, bunday holda ulardan foydalanishning ham imkoni bo’lmagan. Shuning uchun davlat tashkilotlarining o’z arxivlarini tartibga solib, ro’yxat tuzib, ularni davlat arxivlariga (markaziy va viloyat davlat arxivlariga) topshirish talabi qo’yildi.
1923 yil dekabrida Turkiston hukumati barcha idora va tashkilotlarga o’z hujjatli materiallarini tartibga solib, ro’yxat tuzib, davlat arxiviga topshirishni yuklagan edi.
1929 yil may oyida O’zSSR MIQ Prezidiumi O’zSSR Arxiv ishi markaziy boshqarmasi ma’ruzasini eshitdi. Qabul qilingan qarorda shu narsa uqtirildiki, Markaziy boshqarma tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar uning oldiga ilmiy tashkilot sifatida qo’yilgan talablarga javob bermaydi. Qarorda Markaziy boshqarma o’z faoliyatida ilmiy-tadqiqot ishlariga, hujjatlarni e’lon qilishga, hujjatlar to’plamlari tayyorlashga alohida e’tibor berishi kerakligi ko’rsatib o’tildi.



Download 166.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling