Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Soliq va majburiy to’lovlarni hisobga olish


Download 1.96 Mb.
bet281/525
Sana09.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1759394
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   525
Bog'liq
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

11.3. Soliq va majburiy to’lovlarni hisobga olish


Qo’shimcha qiymat solig’i
QQS – egri soliq bo’lib, mahsulot ishlab chiqaruvchi va sotuvchi, ish bajaruvchi va xizmat ko’rsatuvchi hamma korxonalardan olinadi. Ushbu soliq tovar qiymatiga qo’shimcha summa bo’lib 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab 15% dan undiriladi. Har bir soliq to’lovchi hisoblangan QQS summasini byudjetga butunlay emas, balki mol etkazib beruvchiga to’lagan QQS summasini ayirgan holda, farqini to’laydi.
O’zR soliq tizimida QQS 1992 yil yanvardan boshlab amal qilmoqda. Ushbu soliqni hisoblash tartibi Soliq kodeksining 10 bo’limida bayon qilingan.
Soliq to’lovchilar. O’zRda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi va (yoki) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi quyidagilar qo’shilgan qiymat solig’ini to’lovchilar deb e’tirof etiladi:
1) O’zRning yuridik shaxslari;
2) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi soliq davrida bir milliard so’mdan oshgan yoxud ixtiyoriy ravishda qo’shilgan qiymat solig’ini to’lashga o’tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
3) O’zR hududida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslari, agar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi deb O’zR e’tirof etilsa;
4) faoliyatni O’zRda doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari;
5) oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to’g’risidagi shartnoma) doirasida amalga oshiriladigan faoliyat bo’yicha – oddiy shirkatning ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs – oddiy shirkatning ishtirokchisi;
6) O’zRning bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o’tuvchi shaxslar. Mazkur shaxslar bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq QQSni to’lovchilar deb e’tirof etiladi.
QQS bo’yicha soliq majburiyatlari Soliq kodeksini 31 bobda belgilangan hollarda va tartibda soliq agentlari tomonidan bajariladi.
Quyidagilar soliq to’lovchilar deb hisoblanmaydi:
1) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari – o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida;
2) aylanmadan olinadigan soliqni to’lovchi shaxslar.
Soliq to’lovchilar O’zR Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilangan tartibda soliq organlarida qo’shilgan qiymat solig’ini to’lovchi sifatida maxsus ro’yxatdan o’tkazish hisobida turadi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   525




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling