Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


GLOSSARIY "ABC" hisob tizimi ("Activity-Based Costing")


Download 1.96 Mb.
bet447/525
Sana09.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1759394
1   ...   443   444   445   446   447   448   449   450   ...   525
Bog'liq
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

GLOSSARIY


"ABC" hisob tizimi ("Activity-Based Costing") – mahsulot (ish va xizmat)lar tannarxini javobgarlik markazlari bo’yicha doimiy va o’zgaruvchan xarajatlarga bo’lib hisobga olish, ammo asosiy e’tiborni faoliyat turlari va funktsional xizmatlarga qaratishga mo’ljallangan hisob tizimi.
Abonement (fr. abboonnement) - tasdiqlangan ko’rinishga ega bo’lgan hujjat bo’lib, kutubxona, madaniy dam olish uylari (teatr, san’at saroylari va hokazo) sport maydonlari, suzish havzalari, joy o’rinlaridan foydalanish huquqlarini beruvchi hujjat hisoblanadi.
Abonent - abonementdan foydalanuvchi shaxs. Abonent bilan pulli abonement uchun naqd va naqd pulsiz hisob-kitob amalga oshiriladi.
Abonent to’lovi - pulli abonementdan foydalangani uchun abonementning to’lovi.
Agent - ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini sotishdagi doimiy vakili. Baho va shartlarni, agent vazifalarini ishlab chiqaruvchi belgilaydi. Masalan, agent mahsulotning ma’lum bir qismini ma’lum bir hududda sotadi yoki kelishuvlardagi huquqlari chegaralangan bo’ladi.
Agent kelishuvi - shartnoma turi bo’lib, jismoniy yoki yuridik shaxs bilan tuziladi. Shartnomada buyurtmachi nomidan va uning hisobiga ma’lum bir majburiyatlarni agent tomonidan bajarilishi kelishib olinadi.
Aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi - iqtisodiyotning tarkibiy qismi bo’lib, aholi pul mablag’larining kelishi va xarajatlari manbalari aniqlanadi.
Aholi pul daromadlari va xarajatlari balansining daromad qismida ishchi va xizmatchilarning mehnat haqi, nafaqa, stipendiya, shaxsiy ehtiyojlar uchun qarzlar, sug’urta to’lovlari, aholining mayda hunarmandchilik, o’z tomorqalaridan, qimmatbaho qog’ozlardan oladigan daromadlari va boshqa daromad manbalari ko’rsatiladi.
Balansning xarajat qismida esa, tovar va xizmatlar uchun to’lov, majburiy va ixtiyoriy to’lovlar, ajratmalar va boshqa xarajat manbalari aks ettiriladi.
Aholining pul daromadlari va xarajatlari balansida talabni qoplash qobiliyati va uni qondirish manbalari aniqlanadi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   443   444   445   446   447   448   449   450   ...   525




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling