Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Download 1.96 Mb.
bet177/525
Sana09.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1759394
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   525
Bog'liq
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Tarifsiz to’lov tizimi. Jamoa shartnomasida tarifsiz ish haqini belgilashi mumkin. Tarifsiz (taqsimlovchi) variant haq to’lashni tashkil etishning tarif variantiga qarama-qarshidan turadi.
Tarifsiz haq to’lash tizimi xodimning daromadlarini jamoa mehnatining yakuniy natijalariga to’liq bog’liq holda qo’yadi va uning butun jamoa tomonidan qo’lga kiritilgan ish haqi fondidagi ulushini ifodalaydi. Ushbu tizim bo’yicha belgilangan ish haqi yoki tarif stavkasi mavjud emas va odatda, bu ulush xodimga tayinlangan koeffitsient asosida belgilanadi va bu uning mehnat ishtiroki darajasini belgilaydi.
Tarifsiz haq to’lash tizimining ikkita varianti mavjud.
1) birinchi variant ikki koeffitsientni - malaka darajasi koeffitsienti (MDK) va mehnat ishtiroki koeffitsienti (MIK)ni qo’llashga asoslangan.
Malaka darajasi koeffitsienti (MDK) xodim bajargan ishning murakkablik darajasini, uning muayyan lavozim-malaka guruhiga mansubligini aks ettiradi. Misol uchun, malakasiz ishchilarga 1,0 koeffitsienti o’rnatiladi; III toifali mutaxassislar va malakali ishchilarga – 1,5 va boshqalar.
Mehnat ishtiroki koeffitsienti (MIK) - xodimning umumiy ish natijalariga qo’shgan shaxsiy hissasi ko’rsatkichi bo’lib, u jamoaning har bir a’zosining individual mehnat unumdorligi va ish sifatiga qarab mehnat hissasini umumlashgan miqdoriy baholashdir. MIKning aniq o’lchamlariga ega bo’lgan shkala kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan kelishilgan holda ishlab chiqarish bo’linmasi rahbari tomonidan belgilanadi.
2) tarifsiz tizimning ikkinchi variantida ikkita o’rniga bitta umumiy taqsimot koeffitsienti qo’llaniladi. Uni hisoblashda ishchining malaka darajasi omillari ham, ishining samaradorligi omillari ham, mehnatga munosabati ham hisobga olinadi.
MIKni aniqlashda hisobga olingan ko’rsatkichlar xodimning haqiqiy daromadini oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Masalan, MIK hajmini oshirish ko’rsatkichlari bo’lishi mumkin: murakkabroq va mas’uliyatli ishni bajarishda ishtirok etish, moddiy resurslarni tejash, kasblarni birlashtirish, xizmat joylarini kengaytirish va yo’q ishchini o’rnini almashtirish, jamoaning boshqa a’zolariga ishlashiga yordam berish, mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilish va boshqalar. KTU qiymatini pasaytiruvchi ko’rsatkichlarga quyidagilar kiradi: mehnat intizomining buzilishi, xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik, usta, brigadir ko’rsatmalariga rioya qilmaslik, moddiy boyliklarning me’yordan ortiq xarajat qilish va boshqalar.
Tarifsiz turiga shartnoma (kontrakt) to’lov tizimini ham qo’shish mumkin, ya’ni ish beruvchi xodimni ishga yollab, ma’lum bir ish uchun aniq to’lov summasini kelishib oladi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   525




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling