Resurslardan foydalanish samaradorligi tahlili


Download 15.2 Kb.
Sana08.04.2023
Hajmi15.2 Kb.
#1341185
Bog'liq
8-mustaqil ish research {ICHM} abdullayev


8-mustaqil ish {ICHM}
Research
Resurslardan foydalanish samaradorligi tahlili
Korxonalarda moddiy resurslardan foydalanish mahsulot ishlab chiqarish va 
xizmat ko`rsatish mahsulot hajmiga ta`sir ko`rsatadi. Xom ashyodan qanchalik 
samarali foydalansak chiqindi chiqiti foizlarining kamayishiga hamda ko`proq 
miqdorda mahsulot ishlab chiqarishga muvaffaq bo`lamiz. Xom ashyo va moddiy 
resurslardan samarali foydalanish xom ashyo resurslari miqdorini orttirish bilan 
tenglashtiriladi. Korxonalar foydalanayotgan xom ashyo va moddiy resurslar
sarfining ortib ketishi korxonalar iqtisodiy ahvolini og`irlashtiradi. 
Ishlab chiqarish korxonalaridagi moddiy xom ashyo ta`minotini boshqarishda 
asosiy maqsad qilib moddiy xom ashyo resurslaridan tejab-tergab foydalanish hisobiga 
ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdir. Bu maqsadga erishish yo`lida moddiy 
xom ashyo resurslarini tejash, iqtisod qilishning asosiy yo`llariga e`tibor beriladi. 
Korxonalarda moddiy resurslarni tejash bilan bog`liq boshqaruv ishlarini 
korxonaning o`zidangina boshlamaslik kerak. Bu tadbirlarni korxonadan tashqarida 
ya`ni moddiy resurslar bizning korxonagacha yetib kelmasdan oldin boshlash lozm Korxonada foydalaniladigan moddiy resurslarni qayerdan, qaysi tashkilotdan
sifatda va qanday narxda olish mumkin, qanday shartnoma tuziladi, qanday transpor turida, qancha miqdorda yetkazib kelinadi, xom ashyoning sifat ko`rsatkichlari 
qanday ahvolda va qaysi tomonga o`zgarishi mumkin, korxonadagi iqisodchilar xom 
ashyo ta`minotini tashkil etish va amalga oshirishda hamda xom ashyodan 
foydalanish jarayonida ana shu savollarga javob topishlari lozim. So`ngra moddiy 
resurslarni korxonaga tashib kelish amalga oshiriladi. Xom ashyo va materiallarni 
sotib olishda va tashishda turli variantlarni tuzish va ulardan maqbulini tanlab 
zarurdir. Konkurs asosida ta`minotchi va tashish vositasini tanlash mumkin. Bunda xom 
ashyo va materiallar uchun xarajatlar eng kam darajagacha kamayishi, sifat ortishiga 
erishish lozim. 
Ishlab chiqarish korxonalariga xom ashyo va boshqa materiallar yetib kelishi 
bilan moddiy xom ashyo resurslaridan foydalanishda mas`uliyatli bosqich boshlanadi.
Olib kelingan asosiy va yordamchi materiallarni qabul qilish, turlarga
ajratish, saqlash, ishlab chiqarishga zaruriy miqdorda yetkazib berish, ishlab 
chiqarishda ulardan samarali foydalanish, chiqindi chiqitining oldini olish, chiqqan 
chiqindilardan qayta foydalanish yo`llarini qidirish singari ishlar asosiy o`ringa 
ko`tariladi. Ishlab chiqarish korxonalarining samarali faoliyati ana shu tadbirlarni 
amalga oshirish darajasiga ko`p jihatdan bog`liq. 
Xom ashyo va boshqa asosiy, yordamchi materiallarni yuklash, tashish va 
tushirishdagi ehtiyotsizlik, saqlash joylarida omborlarda saqlash texnologiyasining 
buzilishi, asosiy ishlab chiqarishda xom ashyoning sifatini buzilishiga olib keluvchi 
holatlarni ro`y berishi, texnologik intizomni buzilishida dastgohlardagi nosozliklar
boshqa iqtisodiy resurslardan foydalanishdagi kamchiliklar va shu kabi holatlar 
moddiy resurslardan samarasiz foydalanishga sabab bo`ladi. Shu sababli har bir 
tashkilotda moddiy resurslardan samarali foydalanishning yuqorida ko`rsatib o`tilgan 
tashkiliy iqtisodiy tadbirlarini tuzish va ularga amal qilish katta ahamiyatga ega. 
Xulosa:
Moddiy resurslarni tejash va ulardan samarali foydalanish tushunchalari turli xil 
ma`noni anglatadi. Har qanday tejash ham moddiy resurslardan samarali 
foydalanishni nazarda tutmaydi. Masalan, moddiy resurslardan tejamkorlik bilan 
foydalanib, mahsulotning iste`mol qiymatini pasaytirish moddiy resurslarni tejash 
bo`ladi, ammo bu bilan biz moddiy resurslardan samarali foydalanishni yo`lga qo`ya 
olmaymiz. Moddiy resurslardan samarali foydalanish birgina korxona yoki tashkilot 
miqyosida emas, balki butun xalq xo`jaligi miqyosida amalga oshishi lozim, ya`ni 
korxonada amalga oshirilgan ishlar mahsulotning iste`mol qiymatini oshirishi lozim. 
Amalga oshirilgan ishlar xalqning moddiy ehtiyojlarini to`laroq qondirishga olib 
kelsagina, biz moddiy resurslardan samarali foydalangan bo`lamiz va jamiyat 
miqyosida moddiy resurslarni tejagan bo`lamiz.
Download 15.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling