Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Boshqaruv samaradorligi tahlili yo’nalishlari


Download 1.96 Mb.
bet371/525
Sana09.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1759394
1   ...   367   368   369   370   371   372   373   374   ...   525
Bog'liq
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Boshqaruv samaradorligi tahlili yo’nalishlari







Ishlab chiqarish tuzilmasining nahlili

Moddiy-texnika ta’minoti tahlili

Tashkiliy boshqaruv tuzilma-sining tahlili







Axborot bilan ta’minlanganlik tahlili

Muvofiqlik


tahlili



Hisob tizimi
tahlili

Boshqaruv jarayonlarining tahlili

Kadrlar bilan ta’minlanganlik tahlili






13.14-chizma. Boshqaruv tizimi samaradorligini
Tahlil qilish modeli

Bundan tashqari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda boshqaruv samaradorligini haqqoniy baholash quyidagi tamoyillarni hisobga olishni taqozo qiladi:


– tezkorlik hamda boshqaruv jarayoni maqsad va vazifalarini bozor iqtisodiyoti talablarini e’tiborga olgan holda amalga oshirish;
– foydalilik va boshqaruvning tashkiliyligi, ya’ni, ishlab chiqarish hamda korxona boshqaruvining o’zaro muvofiqligini ta’minlash;
– tejamkorlik yoki natijaviylik, ya’ni, boshqaruvni imkon darajada kam mehnat, moddiy va moliyaviy xarajatlar sarflash orqali tashkil etish.
Yuqoridagilarga asoslanib xo’jalik yurituvchi subektlar boshqaruvi samaradorligi mezonlarini quyidagicha ifodalash mumkin:
– ishlab chiqarishning yuqori darajadagi samaradorligi;
– bozordagi ulushning ortishi;
xarajatlar darajasi;
– tashqi muhit bilan o’zaro aloqadorlik darajasi;
– boshqaruv qarorlari qabul qilishning to’g’riligi va tezligi;
– tizimning o’z-o’zini tartiblash va tashkil etish imkoniyati.
Bu mezonlardan kelib chiqib boshqaruv samaradorligini baholovchi ko’rsatkichlar tizimini quyidagicha asoslash mumkin (13.14-jadval).
Ushbu ko’rsatkichlar xo’jalik yurituvchi sub’ektning nafaqat ichki samaradorligi, balki tashqi samaradorligini ham o’zida aks ettiradi.
Biznesni markazlashtirilmagan holda boshqarish yirik korxonalarda boshqaruvni kichik va o’rta biznes sub’ektlari boshqaruvi kabi tashkil etishni anglatadi.
Boshqaruv tizimini bunday tartibda shakllantirishning afzalligi yirik korxonalarning daromadi yuqoriligi va ularni ishsizlik darajasini pasaytirishga ko’maklashishi bilan ifodalanadi.
Biznesni amalga oshiruvchi shaxs biznes sub’ekti yoki biznesmen, deb ataladi. Biznes xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, jumladan, mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatishdan iborat faoliyat majmuini ifodalaydi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   367   368   369   370   371   372   373   374   ...   525




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling