Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi
Download 2.01 Mb.
|
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sotib olingan xususiy aktsiyalar Maqsadli tushumlar va boshqalar
- 2 670 424 MA’LUMOT UChUN
- Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarni tuzishdan maqsad.
- Tushuntirishlar tarkibi.
- 12.9. Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish bo’yicha amaliy mashg’ulot №1 misol
12.8. Tushuntirish xatlari va ilovalar Moliyaviy hisobotga tushuntirishlar korxonaning hisob siyosatini ochib berishi va hisobotdan foydalanuvchilarni korxonaning mulkiy va moliyaviy ahvolini real baholash uchun zarur bo’lgan qo’shimcha ma’lumotlar bilan ta’minlashi kerak. Moliyaviy hisobotga tushuntirish xati O’zR 1-son BHMS “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot”da nazarda tutilgan talablarga muvofiq tuziladi. Buxgalteriya balansi bo’yicha korxona tushuntirishlarda quyidagilarni ochib berishga majbur: 1. Aktsiyadorlik mablag’ining har bir toifasi bo’yicha: - e’lon qilingan aktsiyalar soni; - chiqarilgan, haqi to’la to’langan, chiqarilgan, lekin haqi to’la to’lanmagan aktsiyalar soni; - aktsiyalarning nominal qiymati; - yilning boshida va oxirida haqi to’lanmagan aktsiyalar sonining kamayishi; - aktsiyadorlik mablag’ining har bir toifasiga taalluqli huquqlar, afzalliklar va cheklashlar, shu jumladan dividendlarni taqsimlash va sarmoyani qoplashga doir cheklash; - jamiyatning o’ziga, xo’jalik yurituvchi sub’ektga qarashli sho’’ba va uyushgan jamiyatlariga tegishli aktsiyalar; - optsion va savdo kontrakti bo’yicha emissiya uchun zahiraga ajratilgan aktsiyalar, shu jumladan ularning muddatlari va miqdorlari. 2. Xususiy kapitalidagi zahiralar mohiyati va maqsadlari bayoni. 3. Majburiyatlarda dividendlarni to’lash uchun ajratilgan pul miqdorining mavjudligi (aktsiyadorlar yoki muassislar, ishtirokchilar yig’ilishida rasmiy ravishda ma’qullanmagan to’lovlar miqdorining mavjudligi). Sub’ekt xususiy kapitalidagi o’zgarishlarni aks ettirishi lozim, buning uchun quyidagilarni alohida-alohida ko’rsatishi kerak: - davr boshida va hisobot sanasida to’plangan foyda yoki zararlarning qoldig’i hamda shu davrda yuz bergan muhim o’zgarishlar, jumladan aktsiyadorlar (muassislar, ishtirokchilar) har bir toifasiga shu davr uchun taqsimlanadigan sof foyda; - xususiy kapitalini har bir toifasi joriy miqdordagi hamda davrning boshlari va oxirida zahiradagi o’zgarishlarning umumiy miqdori. Korxona moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotga izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarda daromadlar va xarajatlar turlari yoki faoliyat turlari bo’yicha tasnif qilish yo’li bilan daromadlar va xarajatlarni tahlil qilib berishi kerak. Xarajatlarni faoliyat turlari bo’yicha tasnif qiladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar xarajatlarning turlari bo’yicha qo’shimcha axborotni, jumladan eskirish (amortizatsiya) xarajatlarini, xodimlarni saqlash bilan bog’liq xarajatlarni, xom ashyo va xalq iste’moli mollaridan foydalanish xarajatlari bo’yicha qo’shimcha axborotlarni ochib berishga majburdir. Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarni tuzishdan maqsad: tushuntirishlar tarkibi; hisob siyosatini ochib berish; boshqa ochib berishlar. Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarni tuzishdan maqsad. Korxonaning moliyaviy hisobotiga izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarda: - korxonaning moliyaviy hisobotini tuzishda va uning hisob siyosatida tanlab olingan va qo’llanilayotgan asos to’g’risidagi axborot bo’lishi lozim; - BHMS talab qiluvchi, hech bir joyda moliyaviy hisobotda ko’rsatilmagan axborotni ochib berish; - moliyaviy hisobotda keltirilmagan, lekin moliyaviy hisobotni aniq va to’g’ri tasavvur etish uchun zarur bo’lgan qo’shimcha tahliliy axborotni keltirish lozim. Tushuntirishlar tarkibi. Moliyaviy hisobotlarga tushuntirishlar muntazam ravishda tushuntirish xati tarzida bo’lishi kerak. Tushuntirishlardagi axborot moliyaviy hisobotda keltirilgan tegishli moddalarga bog’liq ravishda taqdim etilishi lozim. Tushuntirish odatda shunday tuziladiki, u foydalanuvchiga moliyaviy hisobotlarni yaxshiroq anglab etishda va ularni boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy hisoboti bilan quyidagicha qiyoslashiga yordam beradi: BHMSga muvofiqligi haqidagi hisobot; o’lchov asosi va buxgalteriya hisobida qo’llanilayotgan siyosat to’g’risidagi hisobot; moliyaviy hisobotda keltirilgan moddalar uchun yordamchi axborot. Quyidagilarni o’z ichiga olgan boshqa axborotlar: - shartli majburiyatlar, oddiy majburiyatlar va boshqa moliyaviy axborotlar; - moliya bilan bog’liq bo’lmagan axborotlar. Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash asosi va buxgalteriya hisobi bobidagi maxsus siyosat haqidagi axborot moliyaviy hisobotga izohlar oldida alohida hisobot tarzida keltirilishi kerak. 12.9. Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish bo’yicha amaliy mashg’ulot №1 misol Korxonaning 2019 yil IV choragidagi hisobvaraqlari bo’yicha qoldiqlar jadvalda keltirilgan (12.8-jadval). 12.8-jadval Hisobot davri boshidagi kiruvchi qoldiqlar (ming so’m)
Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari bo’yicha aylanmalar Buxgalteriya hisobi registrlariga muvofiq korxona quyidagi buxgalteriya amaliyotlarini amalga oshirdi: 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” bo’yicha buxgalteriya muomalalari
5010 “Milliy valyutadagi pul mablag’lari” bo’yicha buxgalteriya muomalalari
6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar” bo’yicha buxgalteriya muomalalari
2010 “Asosiy ishlab chiqarish” hisobvarag’i bo’yicha buxgalteriya muomalalari
2510 “Umumishlab chiqarish xarajatlari” hisobvarag’i bo’yicha buxgalteriya muomalalari
Tayyor mahsulotlarni sotish hisobi Vazifa Mijozga 868 800 000 so’m miqdorida hisobvaraq-faktura berildi. Soliq maqsadlari uchun daromad to’lov hujjatlari xaridor nomiga taqdim etilgandan so’ng hisobga olinadi, ya’ni debitorlik qarz paydo bo’lgandan keyin (hisobvaraq № 4010). QQS ni hisoblang va mahsulot sotishdan olingan moliyaviy natijani aniqlang. Korxona mol-mulkini sotish hisobi Vazifa Boshlang’ich qiymati 210 000 000 so’m bo’lgan bir mashina sotildi. Hisoblangan amortizatsiya summasi 24 000 000 so’mni tashkil etdi. Sotish (shartnoma) narxi 286 580 000so’m. QQSni hisoblang va sotishdan moliyaviy natijani aniqlang. Balans foydasini hisobga olish Vazifa Moliyaviy-xo’jalik faoliyati natijalari bo’yicha korxonaning balans foydasini aniqlang. Foyda solig’ini hisoblang va buxgalteriya yozuvlari qiling. Choraklik balansni tuzing, sinov balansini to’ldiring, buxgalteriya balans shaklini to’ldiring (1-son shakl). Yechim 1. Hisob-kitob hisobvarag’i operatsiyalari bo’yicha hisobvaraqlar bog’lamasi bo’yicha yozuvlar.
2. Kassa operatsiyalari bo’yicha hisobvaraqlar bog’lamasi bo’yicha yozuvlar.
3. Hisob-kitoblar operatsiyalari bo’yicha hisobvaraqlar bog’lamasi bo’yicha yozuvlar.
4. Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari operatsiyalari bo’yicha hisobvaraqlar bog’lamasi bo’yicha yozuvlar.
5. Umumishlab chiqarish xarajatlari operatsiyalari bo’yicha hisobvaraqlar bog’lamasi bo’yicha yozuvlar.
5. Tayyor mahsulotni sotish operatsiyalari bo’yicha hisobvaraqlar bog’lamasi bo’yicha yozuvlar.
6. Mol-mulkni sotish operatsiyalari bo’yicha hisobvaraqlar bog’lamasi bo’yicha yozuvlar.
6. Yalpi foydani aniqlash operatsiyalari bo’yicha hisobvaraqlar bog’lamasi bo’yicha yozuvlar.
Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari bo’yicha analitik hisob-kitoblarni amalga oshiramiz: Hisobvaraq 0100 (A) = 480 000 000 + (42 000 000 + 54 000 000) – (24 000 000 + 186 000 000) = 366 000 000 Hisobvaraq 0200 (KA) = 152 267 000 + (12 000 000 + 10 200 000) – 24 000 000 = 150 467 000 Hisobvaraq 1000 (A) = 1 082 400 000 + 115 800 000 – (120 000 000 + 83 800 000) = 994 400 000 Hisobvaraq 2010 (A) = 39 221 000 + (316 080 000 + 282 832 000) – 598 912 000 = 39 221 000 Hisobvaraq 2510 (T) = 282 832 000 – 282 832 000 = 0 Hisobvaraq 2810 (A) = 24 600 000 + 598 912 000 – 598 912 000 = 24 600 000 Hisobvaraq 3100 (A) = 5 000 000 = 5 000 000 Hisobvaraq 4010 (A) = 45 600 000 + (868 800 000 + 130 320 000 + 286 580 000 + 42 987 000) – (433 870 000 + 38 500 000) = 901 907 000 Hisobvaraq 4230 (A) = 3 600 000 + 24 000 000 – 1 500 000 = 26 100 000 Hisobvaraq 5010 (A) = 40 500 000 + 200 000 000 – 194 930 000 = 45 570 000 Hisobvaraq 5110 (A) = 119 000 000 + 433 870 000 – 464 839 000 = 88 031 000 Hisobvaraq 6010 (P) = 314 200 000 + (34 000 000 + 115 800 000 + 42 000 000 + 54 000 000) – (115 800 000 + 38 000 000) = 406 200 000 Hisobvaraq 6410 (P) = 47 300 000 + (130 320 000 + 42 987 000 + 47 400 000) – 28 039 000 = 239 968 000 Hisobvaraq 6520 (P) = 40 584 000 + (16 080 000 + 20 232 000) – 48 000 000 = 28 896 000 Hisobvaraq 6700 (P) = 114 000 000 + (134 000 000 = 168 600 000) – (148 000 000 Q= 4 800 000) = 263 800 000 Hisobvaraq 6810 (P) = 98 500 000 – 77 000 000 = 21 500 000 Hisobvaraq 6990 (P) = 157 000 000 – (2 780 000 + 2 150 000 + 11 200 000) = 140 870 Hisobvaraq 8700 (P) = 6 900 000 + 323 068 000 = 329 968 000 Hisobvaraq 9010 (T) = 868 800 000 – 868 800 000 = 0 Hisobvaraq 9110 (T) = 598 912 000 – 598 912 000 = 0 Hisobvaraq 9210 (T) = (210 000 000 + 100 580 000) – (24 000 000 + 286 580 000) = 0 Hisobvaraq 9310 (T) = 100 580 000 – 100 580 000 = 0 Hisobvaraq 9810 (T) = 47 400 000 – 47 400 000 = 0 Hisobvaraq 9910 (T) = (598 912 000 + 47 400 000 + 323 068 000) – (868 800 000 = 100 580 000) = 0 Hisob-kitoblar ma’lumotlari asosida sinov balansni to’ldiramiz (jadval. 12.9-jadval). 12.9-jadval 2019 yil IV chorak bo’yicha sinov balansi (ming so’m)
Download 2.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling