3 misol. Qaror qabul qilish uchun qaytarib bo’lmaydigan (невозвратные) va alternative xarajatlar
Mastura xonum magazinni ijaraga oldi. Boshlang’ich to’lov 6 000 000 so’m. Undan tashqari ijara shartnomasi bo’yicha yillik ijara to’lovi 6 000 000 so’mni tashkil qiladi. Agar lizing shartnomasi bekor qilinsa boshlang’ich 6 000 000 so’m to’lovi qaytarilmaydi. Mastura xonum bu magazinda kiyim-kechak sotmoqchi. Uning hisobi bo’yicha o’n ikki oy davomida operatsion ko’satkichlari quyidagicha bo’ladi:
Ko’satkichlar
|
Ming so’m
|
Ming so’m
|
Sotishdan tushum
|
150 000
|
|
Minus qo’shimcha qiymat solig’i
|
20 000
|
|
Sotishdan tushum minus QQS
|
|
130 000
|
Sotilgan tovarlar tannarxi
|
60 000
|
|
Xodimlar ish haqi va ish haqi bilan bog’liq xarajatlar
|
15 000
|
|
Ijara to’lovi (boshlang’ich tolov bilan birga)
|
12 000
|
|
Isitish, yoritish, sug’urta to’lovlari
|
11 000
|
|
Audit, huquqiy xizmat va boshqa umumiy maqsadlar uchun
|
2 000
|
|
Jami xarajatlar
|
|
100 000
|
Soliq to’lagunga qadar sof foyda
|
|
30 000
|
Bu hisob-kitoblarda Mastura xonumni mehnat haqi ko’rsatilmagan, lekin xonum bu biznes bilan kunni ikkinchi yarmida shug’ullanmoqchi. Xonim hali muayyan qarorga kelmagan, yani u o’z rejasini amalga oshirmoqchi yoki bir tanishiga subijaraga bermoqchi. Uning tanishi har oyda 650 000 to’lamoqchi, faqat shu shart bilanki, xonim magazindan foydalanilmaydi.
A. Quyidagilarni bajarish kerak:
1) “Qaytarib bo’lmaydigan” va “alternariv xarajatlar”ni tushuntirib bering va ularni shu misolda ko’satib bering.
2) Keltirilgan axborot asosida Mastura xonumga qanday qaror qabul qilishga tavsiya bering va moliyaviy jihatdan asoslang.
B. “Shartli xarajatlar” iborasiga izoh bering va misol keltiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |