165. Tashkilotning bir oy mobaynidagi faoliyatini mumkin qadar atroflicha baholash uchun eng yaxshi mezon qaysi?
A) haqiqatda bajarilgan holatning reja bilan taqqoslanishi;
B) oy bo’yicha byudjetda belgilangan rejalarning bajarilishi;
C) haqiqatda bajarilgan holatning o’tgan yildagi xuddi shu oy holati bilan taqqoslanishi;
D) haqiqatda bajarilgan holatning o’tgan oy bilan taqqoslanishi;
E) boshqa mezonlar.
166. Tashkilotning joriy byudjetini tayyorlashda eng so’ngi bosqich - bu:
A) xususiy kapital to’g’risidagi hisobot;
B) foyda va zararlar to’g’risidagi hisobot;
C) ishlab chiqarish byudjeti;
D) pul okimlari to’g’risidagi hisobot;
E) bironta ham band to’g’ri emas.
167. Xarid qilinishi zarur bo’lgan materiallar miqdori, ishlatilgan materiallarning soniga:
A) davr boshiga materiallar zahirasiga davr oxiridagi zahiralar qo’shiladi;
B) davr oxiriga rejalashtirilgan materiallar zahirasini qo’shib, davr boshiga bo’lgan materiallar zahirasini minus qilish qiymatiga teng;
C) davr boshiga bo’lgan materiallar zahirasini qo’shib, davr oxiriga rejalashtirilgan materiallar zahirasini minus qilish qiymatiga teng;
D) davr oxiriga rejalashtirilgan materiallar zahirasini qo’shib, davr boshiga bo’lgan materiallar zahirasini minus va ishlatilgan materiallarning minus qilish qiymatiga teng;
E) to’rtala band ham noto’g’ri.
168. Tashkilotda “A” tovar bo’yicha boshlang’ich qoldiq - 50 000 dona mavjud. Byudjet tuzilayotgan oyning oxirida “A” tovar bo’yicha qoldiq - 40 500 dona qolishi kerak. Oy davomida 450 000 birlik ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Shu holatda mahsulot bo’yicha sotuv hajmi qanchani tashkil qiladi?
A) 500 000 dona;
B) 40 500 dona;
C) 459 500 dona;
D) 540 500 dona;
E) 40 500 dona.
169. Tashkilit to’g’ri materiallar zahirasi miqdorini 30 foizga kamaytirmoqchi. Byudjet tuzilayotgan oyning boshiga shu materiallar qoldig’i 150 000 dona tashkil qilgan. Korxona 120 000 dona mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Har bir dona mahsulot ishlab chiqarish uchun 4,5 kg shu xildagi material ishlatiladi. Byudjet tuzilayotgan oy uchun shu materialdan yana qancha sotib olinishi lozim?
A) 540 000 dona;
B) 495 000 dona;
C) 105 000 dona;
D) 390 000 dona;
E) 690 000 dona.
Do'stlaringiz bilan baham: |