Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi
Hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish va ularni ijro qilish
Download 2.01 Mb.
|
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B
Hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish va ularni ijro qilish. Hisob-kitob hujjatlarida quyidagi rekvizitlar bo’lishi shart:
- tartib raqami; - hujjatning sanasi; - mablag’larni to’lovchining nomi; - mablag’larni to’lovchi hisobvarag’ining raqami; - mablag’larni to’lovchining - soliq to’lovchining identifikatsiya raqami; - mablag’larni to’lovchi bankning nomi; - mablag’larni to’lovchi bankning kodi; - mablag’larni oluvchining nomi; - mablag’larni oluvchi hisobvarag’ining raqami; - mablag’larni oluvchi bankning nomi; - mablag’larni oluvchi bankning kodi; - to’lov summasi; - to’lov maqsadi; - imzolar namunalari va muhr izi qo’yilgan varaqchada ko’rsatilgan shaxsning(lar) familiyasi to’liqligicha, ismi va otasi ismining bosh harflari hamda ularning imzolari (chek bundan mustasno). Chekda qo’shimcha ravishda quyidagi rekvizitlar bo’lishi kerak: - chekning seriyasi va tartib raqami; - jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining seriyasi va tartib raqami; - chek amal qilish muddatining oxirgi sanasi. Cheklarda mablag’larni to’lovchining - soliq to’lovchining identifikatsiya raqami va to’lov maqsadi ko’rsatilmaydi. Akkreditivga arizada qo’shimcha ravishda quyidagi rekvizitlar bo’lishi kerak: - akkreditivning amal qilish muddati; - akkreditiv ochilayotgan shartnomaning tartib raqami va sanasi; - buyurtmaning tartib raqami; - buyurtma berilgan sana; - tovarning (ish, xizmat) nomi; - to’lovlarni amalga oshirish uchun asos bo’lgan hujjatning turi; - qo’shimcha shartlar. Agar ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan bo’lsa, hisob-kitob hujjatlarini to’ldirishda mablag’larni to’lovchi va mablag’larni oluvchining qisqartirilgan firma nomidan foydalanish mumkin. Hisob-kitob hujjatlari texnik vositalardan foydalangan holda to’ldiriladi. Hisob-kitob hujjatlarini bo’yash, chizish va tuzatishga yo’l qo’yilmaydi. Cheklar havo yoki qora rang pastasi bo’lgan sharikli ruchka bilan yoxud texnik vositalardan foydalangan holda to’ldirilishi mumkin. Bank tomonidan hisob-kitob hujjatlari quyidagi hollarda ijroga qabul qilinadi: - yuridik shaxslardan - hisob-kitob hujjatlaridagi imzolar va muhr izi imzolar namunalari va muhr izi qo’yilgan varaqchada ko’rsatilgan namunaga muvofiq (rahbarlik vazifalarini hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiradigan shaxsning) bo’lganda; - yakka tartibdagi tadbirkorlik va yuridik shaxs tashkil etmasdan turib dehqon xo’jaligi faoliyati bilan shug’ullanuvchi shaxslardan - hisob-kitob hujjatlaridagi imzo imzolar namunalari qo’yilgan varaqchada ko’rsatilgan namunaga muvofiq bo’lgan taqdirda, bank tomonidan ijroga qabul qilinadi. Hisob-kitob hujjatlari imzolar namunalari va muhr izi qo’yilgan varaqchaga imzo qo’ygan shaxslar tomonidan imzolanishi shart. Hisob-kitob hujjatlarini faksimile usulida nusxa ko’chirish vositalaridan foydalangan holda imzolash ta’qiqlanadi. Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan taqdim qilingan hisob-kitob hujjatlariga muhr qo’yish yoki hujjatlarni muhr bilan tasdiqlash talab etilmaydi. Bank hisobvarag’i shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, hisob-kitob hujjatlari bank amaliyot kuni davomida bankning mijozlar bilan ishlash vaqtidan kelib chiqqan holda qabul qilinadi. Mijozning hisobvarag’idan mablag’lar: - hisob-kitob hujjatlarining asl nusxasi asosida; - elektron to’lovlar tizimi orqali olingan elektron to’lov hujjatlari asosida; - bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko’rsatish tizimlaridan foydalanuvchilar uchun umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlari orqali olingan elektron to’lov hujjatlari asosida; - BPKlardan foydalangan holda tuzilgan elektron hujjatlar asosida hisobdan chiqariladi. Mijozning hisobvarag’iga mablag’lar: - elektron to’lovlar tizimi orqali kelib tushadigan elektron to’lov hujjatlari asosida; - chekning asl nusxasi asosida; - BPKlardan foydalangan holda tuzilgan elektron hujjatlar asosida dasturiy yo’l bilan kirim qilinadi. Hisob-kitob hujjatlarining nusxalari, shuningdek mablag’larni kirim qilish yoki hisobdan chiqarish amalga oshiriladigan hisob-kitob hujjatlarining elektron nusxalari mijozning hisobvarag’iga xizmat ko’rsatuvchi buxgalter tomonidan imzolanadi. Mijozning hisobvarag’iga xizmat ko’rsatuvchi buxgalter tomonidan hisob-kitob hujjatini to’lovga qabul qilish va mablag’larni to’lash sanalarini ko’rsatgan holda o’ziga biriktirilgan bank shtampi bilan tasdiqlanishi shart. Download 2.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling