Iqtisod deb, pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmoqqa aytilur, iqtisodni
bilgan kishilar o’rinsiz sarf qilmaslar, o’rni kelganda pul va molni ayamaslar.
Abdulla Avloniy.
3 BOB. HISOB-KITOBLAR VA MAJBURIYATLAR HISOBI
Kerakli tirishish
Genri Burkxardt III 1986 yil asos solgan “Kendall Skver Reserch”, superkompyuter kompaniyasiga, butun bor kuchini ishlashra berardi. 49 yoshli president va ijro etuvchi directorga zavq va ishtiyoq bilan ishlash xos edi. Unda bu xususiyatlar birinchi marta “Deyta Jeneral” kompaniyasini hamkorlikda tasis etganda namoyon bo’lgan edi. Bu qobiliyat unga Woll Stritdagi tinib-tinchimas analitik va investorlar bilan aloqada bo’lishda yordam berardi. Bir marta, 1993 yil avgust oyida, o’z aktsiyalarini sotishga Burkxardtga jon kuydirish kerak bo’lmay qoldi – uni o’rniga Woll Stritdagi analitiklar bu ishni amalga oshirdilar. Ular bashorat qildilarki, keyingi yilda “Kendall Skver Reserch” kompaniyasining bir aktsiyaga daromadi 45-50 sentgacha o’sishi mumkin, o’tgan yildagi bir aktsiyaga $1,22 ko’rgan zarar o’rniga.
Bunday bahoga Burkxardt qoniqarli edimi? Bashorat e’lon qilingandan so’ng Woll Strit jurnalidagi journalist bu savolni unga berdi. “Butunlay” deb javob berdi Burkxardt. Ertasiga kompaniya aktsiyasi 75 sentga oshib $19,75 tashkil etti. Ammo Burkxardtni harakati uni sirini oshkor qildi: u $1 000 000 “Kendall Skver Reserch” aktsiyalarini sotib yubordi. Bunday holatni o’z aktsiyalarini keskin oshib borubchi insondan kutish amri mahol edi.
Agar investorlar ba’zi tadqiqotlar o’tkazib kompaniyaning ikkinchi chorak moliyaviy hisoboti bilan tanish bo’lganlarida, nima uchun Burkxardt o’z aktsiyalarini sotgan sabablarini bilib olardilar. Tashvishli alomatlarni balans hisobotining “Olinadigan hisobvaraqlar” moddasida ko’rish mumkin edi.
“Kendall Skver Reserch” kompaniyasi holati bo’yicha birinchi yarim yilda olinadigan hisobvaraqlar summasi 57%ga oshgan. Undan tashqari kompaniya o’z qarzdor mijozlariga talabnoma hisobvaraqlarni yuborib, to’lovni o’rtacha 154 kun kutardi.
“Kendall Skver Reserch” kompaniyasining aktsiyalar narxiga nima bo’ldi? Burkxardtni moliyaviy matbuotda sharh bergandan so’ng ikki oy davomida oshib borib, bir aktsiyani narxi $24,25 ga etti. Aktsionerlar Burkxardtni $1 000 000 lik o’z aktsiyalarini sotganidan xabardor bo’lgandan so’ng, aktsiyalarni narxi keskin tushib ketti va keyingi yilning aprel oyida $2,88 ga teng bo’ldi. Bu davrgacha Burkxardt kompaniyadan chiqib ketgan edi5.
Do'stlaringiz bilan baham: |