Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi
Download 2.01 Mb.
|
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B
- Bu sahifa navigatsiya:
- Binolar, imoratlar va inshootlar
- Uzatish qurilmalari
- Kuch mashinalari va asbob-uskunalar
- Faoliyat turlari bo’yicha ish mashinalari va asbob-uskunalar (harakatlanuvchi transportdan tashqari)
- Harakatlanuvchi transport
- Kompyuter, periferiya qurilmalari, ma’lumotlarni qayta ishlash uskunalari
- Boshqa guruhlarga kiritilmagan asosiy vositalar
- Amortizatsiyani bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash (ishlab chiqarish usuli).
Har bir kichik guruh uchun soliq maqsadlari uchun amortizatsiya me’yorini qo’llash orqali hisoblab chiqiladi, ammo Solq kodeksda belgilangan me’yordan yuqori emas. Soliq maqsadlari uchun amortizatsiya hisoblash ushbu modda bo’yicha belgilangandan past me’yorlarda hisoblash mumkin va soliq to’lovchining hisob siyosatida ko’rsatilishi kerak. Chiziqli usul asosiy vositalar uchun ishlatilishi mumkin, bunda ulardan foydalanishning foydali muddatini cheklovchi asosiy omillar foydalanish vaqti va bajarilgan davriy ishlarning nisbatan doimiy miqdori hisoblanadi. Bularga quyidagilarni kiritish mumkin: binolar, inshootlar, kuch mashinalari va mexanizmlari, dastgohlar va uskunalar. Bu usulda, oylik amortizatsiya ajratmalari foydali hayot davomida bir xil miqdorda amalga oshiriladi. Amortizatsiyani bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash (ishlab chiqarish usuli). Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usuli har bir muayyan yildagi asosiy vositalarning mahsulotlarini hisobga olishga asoslangan. Mazkur usul bo’yicha amortizatsiyaning har yilgi qiymatini hisoblash uchun butun foydali ishlatish muddatidagi umumiy baholangan mahsulotlar yig’indisini va mazkur muayyan yildagi mahsulotlarni aniqlash lozim. Mahsulot sifatida ishlab chiqariladigan mahsulot birliklari soni, ishlangan soatlar soni, o’tib bo’lingan tonna-kilometrlar soni va boshqalar olinishi mumkin. Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usulida yillik amortizatsiya ajratmalari summasi hisobot davridagi mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmining natural ko’rsatkichidan hamda asosiy vositalarning amortizatsiya qiymatining asosiy vositalari butun foydali ishlatish muddatidagi nazarda tutilayotgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmiga nisbatan mutanosibligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Misol. Korxona ishlab chiqarish-texnik bo’limining hisoblashiga ko’ra, agar maxsus asbob-uskuna va qurilmalarning yordamida uch yil davomida 2000 dona mahsulot ishlab chiqarilsa, ularning boshlang’ich qiymati to’liq amortizatsiyalanadi. Faraz qilaylik, operatsiyaning birinchi yilida 900 dona, ikkinchi va uchinchi yillarida mos ravishda 700 va 400 dona mahsulot ishlab chiqarilgan bo’lsin. Maxsus asbob-uskuna va moslamalarning boshlang’ich qiymati 85 000 ming so’m, tugatish qiymati 5 000 ming so’m, amortizatsiya qilinadigan qiymat 80 000 ming so’m (85 000 – 5 000)ni tashkil qilsin. U holda, hisoblash davri yillariga hisoblangan amortizatsiya summasi quyidagicha bo’ladi: birinchi yilda: 80 000 ming so’m : 2 000 dona * 900 dona = 36 000 ming so’m; ikkinchi yilda: 80 000 ming so’m : 2 000 dona * 700 dona = 28 000 ming so’m; uchunchi yilda: 80 000 ming so’m : 2 000 dona * 400 dona = 16 000 ming so’m; Yillik amortizatsiya summasi bilan ish yoki foydalanish birligi o’rtasida bevosita aloqadorlik mavjud. Jamlangan eskirish har yili ish yoki foydalanish birliklariga bevosita mutanosib ravishda oshib boryapti. Nihoyat, qoldiq qiymat har yili tugatish qiymatiga etguncha ish yoki foydalanish birligiga bevosita mutanosib ravishda kamayapti. Bu usulga ko’ra, har bir ob’ekt uchun taxmin qilinayotgan foydali hayotni aniqlash uchun foydalaniladigan ish yoki foydalanish birliklari ma’lum aktivlarga mos kelishi kerak. Masalan, ishlab chiqarilgan tovarlar soni ma’lum bir mashina bilan bog’liq bo’lishi kerak, holbuki ob’ektdan foydalanish soatlari soni boshqa mashina uchun amortizatsiya hisoblashda yaxshiroq ko’rsatkich bo’lishi mumkin. Bu usuldan ob’ektning foydali xizmat muddati davomida qaytimi etarli aniqlik bilan aniqlash mumkin bo’lganda foydalanish kerak. Agar ilgari bu usuldan faqat transport vositalarining yurgan kilometrini hisobga olgan holda foydalanilgan bo’lsa, endilikda ishlab chiqarish hajmi muayyan asosiy vositalar ob’ektlari bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish uskunalarining turlari uchun ham bu usulni amalda qo’llash mumkin. Ushbu usulni qo’llash imkoniyatlarini kengaytirish asosida, asosiy vositalarning inventar ob’ektlariga yangicha tushncha berish imkoni paydo bo’ladi. Masalan, bir nechta predmetlardan iborat ishlab chiqarish texnologik liniyasiga - konstruktiv jihatdan alohida predmetlardan iborat majmua sifatida ta’rif berishimiz mumkin. Bu holat asosiy vositalarning analitik hisobini va amortizatsiya hisoblashni ancha osonlashtiradi. Ishlab chiqarish liniyasining bir qismi bo’lgan har qanday buyumning ishlash uchun yaroqsizligi tufayli hisobdan chiqarish va uni yangisiga almashtirish - kapital qo’yilmalar sifatida qabul qilinadi. Bunday holda butun bir ishlab chiqarish texnologik liniyasining boshlang’ich qiymati o’zgaradi, va inventar varaqchalarga yoki elektron axborot tashuvchilarga tegishli o’zgartirishlar kiritiladi. Asosiy vositalarning eskirishini ishlab chiqarish hajmiga (ishlarga) mutanosib hisoblash amaliyotini kengaytirish bilan amortizatsiya summalarini ishlab chiqarish tannarxiga kiritish tartibi chambarchas bog’liq. Ular bir xil mahsulotlarning aniq turlari yoki guruhlari bilan bog’liq bo’lgani uchun ularni bevosita ushbu turdagi xarajatlarga bevosita o’tkazish mumkin va 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” yoki 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” hisobvarag’lariga to’g’ridan-to’g’ri hisobdan chiqarish maqsadga muvofiqdir. Agar ushbu amortizatsiya summalari ishlab chiqarish texnologiyasi bir-biriga o’xshash bir necha xil turdagi mahsulotlar bilan bog’liq bo’lsa, amortizatsiya summasi ushbu guruh mahsulotlari orasida natural ifodada, mutanosib ravishda taqsimlanishi lozim. Xarajatlarni ishlab chiqarish hajmiga (ishlarga) mutanosib ravishda hisobdan chiqarish usuli asosiy fondlar uchun ishlatiladi, uning asosiy mezoni ulardan foydalanish davriyligidir. Bu avtomobil, samolyot kabi ko’plab transport vositalariga tegishli bo’lib, ularni kilometr miqdori yoki parvoz soatlari soniga bog’liq. Shuningdek tog’-kon qazib olish sanoati asbob-uskunalariga ham taaluqli bo’lib, bunda amortizatsiya qazib olingan minerallar hajmiga bog’liq hisoblanadi. Bunday asosiy vositalar uchun ishlab chiqarish (ishlar, xizmatlar) birligiga amortizatsiya summasi aniqlanadi. Asosiy vositalardan intensiv foydalanilganda, shuningdek ilmiy-texnikaviy jarayonning katta ta’sirida asosiy vositalar amortizatsiyasi quyidagi usullarda hisoblanadigan jadallashtirilgan amortizatsiya yo’li bilan ifodalanadi: Download 2.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling