Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi
Tayyor mahsulotlarni hisobga olish bo’yicha amaliy mashg’ulot
Download 2.01 Mb.
|
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B
9.8. Tayyor mahsulotlarni hisobga olish bo’yicha amaliy mashg’ulot
Haqiqiy ishlab chiqarish tannarxida tayyor mahsulotlar hisobi №1 misol Korxona xaridorga 25 500 000 so’m miqdorida tayyor mahsulotlar jo’natdi (QQS summasi 3 825 000 so’m). Mahsulotning haqiqiy tannarxi 17 850 000 so’mni tashkil etdi. Etkazib berish shartlariga ko’ra, tayyor mahsulotga egalik qilish huquqi uning to’lovidan keyin o’tadi. Korxona - mol etkazib beruvchining buxgalteriya hisobida ushbu operatsiyalar quyidagi hisobvaraqlar bog’lamasi bilan aks ettiriladi:
Tayyor mahsulot ishlab chiqarish rejali tannarx bo’yicha hisobi №2 misol Korxona “A” mahsulot ishlab chiqaradi va tayyor mahsulotlar tannarxini hisob narxi bilan aks ettiradi. 2019 yilning avgust oyi boshida omborxonada 30 000 dona “A”mahsuloti qoldig’i qolgan. Hisob narxi sifatida rejali tannarx qo’llaniladi va bir dona mahsulotning narxi 2500 so’m. Barcha tayyor mahsulotlarning rejali tannarxi – 75 000 000 so’m (30 000 dona. * 2500 so’m), tayyor mahsulot qoldig’iga to’g’ri keladigan og’ishlar summasi – 4 500 000 so’m (me’yordan ortiqcha xarajat). 2019 yilning avgust oyida kompaniya 75 000 dona “A” mahsulot ishlab chiqardi. Tayyor mahsulotlarning rejali tannarxi 187 500 000 so’mni (75 000 dona. * 2500 so’m) tashkil etdi. Mahsulot bo’yicha og’ishlar summasi 11 250 000 so’mni tashkil etdi (ortiqcha xarajat). Shu oyda buyurtmachilarga 80 000 dona “A” mahsuloti jo’natildi. Jo’natilgan mahsulotlarning rejali tannarxi 200 000 000 so’mni (80 000 dona *2500 so’m) tashkil etdi. Oldi-sotdi shartnomasiga ko’ra mahsulotlarga egalik qilish huquqi to’lovdan so’ng xaridorga o’tadi. Avgust oyida to’lov amalga oshirilmadi. Korxona buxgalteriya hisobida ko’rib chiqilgan xo’jalik operatsiyalari quyidagi hisobvaraqlar bog’lamasi bo’yicha aks ettiriladi:
Jo’natilgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxini uning hisob bahosidan og’ish foizi (ortiqcha xarajat): (4 500 000 so’m + 11 250 000 so’m) / (75 000 000 so’m + 187 500 000 so’m) x 100 % = 6,0 %. Jo’natilgan mahsulotlar uchun og’ishlar summasi quyidagiga teng: 200 000 000 so’m x 6,0 % / 100 % = 12 000 000 so’m. Download 2.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling