Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


-chizma. Korxonada buxgalteriya xizmatining tashkil etilishi


Download 2.01 Mb.
bet328/524
Sana29.09.2023
Hajmi2.01 Mb.
#1690029
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   524
Bog'liq
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

13.1-chizma. Korxonada buxgalteriya xizmatining tashkil etilishi

Korxonalarda o’zaro iqtisodiy aloqadorlikga bo’lgan javobgarlik markazlari va biznes segmentlari o’rtasida yagona axborotlar bazasini shakllantirish, quyi bo’linmalar (tsexlar, omborlar) o’rtasida axborot almashinuvi hamda oqilona hujjatlar aylanmasini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish integratsiyalashgan hisob tizimini shakllantirishga bog’liq.


Umuman olganda, korxonalarda quyidagi holatlar integratsiyalashgan hisob tizimini tashkil etishga asos bo’ladi:
– korxona faoliyatida moddiy, moliyaviy va mehnat resurslarini boshqarishning markazlashtirilgan, amaliy jihatdan asoslangan mexanizmi mavjud bo’lmaganda;
– korxona bo’linmalari o’rtasida hujjatlar aylanishi samarali bo’lmaganda;
– korxonaning boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bilan shartnomalar tuzish va boshqa iqtisodiy munosabatlarga kirishishini ta’minlab beruvchi axborotlar manbai shakllantirilmaganda;
– boshqaruv qarorlari asosan rahbariyat tomonidan tahlillarsiz qabul qilinganda;
– korxonalarda boshqaruv hisobi qo’lda, ya’ni jurnal-order shaklida olib borilganda;
– investitsiya qarorlarini qabul qilishda korxona rahbariyati tomonidan resurslar asossiz ravishda ishlatilganda;
– buxgalterlar to’g’ridan-to’g’ri rahbariyatga bo’ysunib, natijada ular xoldingning umumiy foydasini hisobga olmasdan boshqaruv hisobini olib borganda;
– korxonalarda soliqlarni rejalashtirishning markazlashgan tizimi mavjud bo’lmagan va bu holat byudjetga katta miqdorda soliqlarni to’lashga olib kelganda.
Bu holatlar integratsiyalashgan hisob tizimini joriy etishdan maqsad korxona rahbariyatining to’liq, ishonchli va tezkor axborot olishi, ularni tahlil qilishi hamda shu asosda to’g’ri boshqaruv qarorlari qabul qilishi uchun mo’ljallangan bo’lishi zarurligini anglatadi.
Integratsiyalashgan hisob tizimida axborotlarni qayd etish, to’plash va qayta ishlash korxonaning quyi bo’linmalari (tsexlar)dan boshlanadi. Shundan so’ng, to’plangan axborotlar korxonaning yuqori bo’g’inlarida moliyaviy hisobot shakllarini tuzish maqsadida umumlashtiriladi. Shu tartibda, korxonada yagona axborot tizimi shakllanadi.
Korxonalarda integratsiyalashgan hisob tizimini ishlab chiqish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
– hisobning tezkorligi va ishonchliligini ta’minlash;
tushunarlilik, ahamiyatlilik;
– integratsiyalashgan hisob tizimini joriy etish samaradorligini oshirish va h.k.
Korxonalarda integratsiyalashgan hisob tizimini tashkil etish jarayoni bir necha bosqichdan iborat.
Mazkur tizimni yaratishning dastlabki bosqichida buxgalteriya xizmati boshqaruv hisobi va tahlili talablariga muvofiqlashtiradi. Bunda boshqaruv hisobiga doir hisobvaraqlaridagi axborot to’planadi, korxonaning moddiy, moliyaviy mablag’lari tarkibi, ularning shakllanish manbalarini ifodalovchi boshqaruv hisoboti shakllari tuziladi. Bu bosqichda to’plangan axborotlarni umumlashtirish uchun boshqaruv buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to’g’risidagi, kapital fondlar harakati to’g’risidagi boshqaruv hisoboti kabi shakllardan foydalaniladi. Birinchi bochqichda aktivlar va majburiyatlar, xarajatlar va daromadlar, korxonaning yakuniy moliyaviy natijalari bo’yicha dastlabki ma’lumotlar olinadi.
Integratsiyalashgan hisob tizimini tashkil etishning ikkinchi bosqichida korxona moliyaviy hisobotiga kiritilmaydigan axborotlarni yig’ish ishlari amalga oshiriladi. Bu axborotlarga korxona raqobatchilarining moliyaviy holati, harakati to’g’risidagi marketing axborotlari, invetitsiya loyihalari va ularni amalga oshirish tartibi to’g’risidagi axborotlar, mehnat resurslari to’g’risidagi axborot kabilar kiritiladi.
Uchinchi, yakuniy bosqichda oldingi bosqichlar natijalari asosida boshqaruvni rejalashtirish amalga oshiriladi.
Boshqaruv hisobining avtonom va integratsiyalashgan tizimlarini tashkil etishda muhim omil mazkur hisob turining iqtisodiy samaradorligi hisoblanadi. Iqtisodiy samaradorlik boshqaruv hisobining ko’lami va uning kompyuterlashtirish darajasiga bevosita bog’liq. Bu samaradorlikga uni tashkil etishga sarflangan xarajatlar to’liq qoplangandagina erishiladi.

Download 2.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   524




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling