Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi
-jadval Korxonaning pul mablag’lari byudjeti ko’rsatkichlari, ming so’mda
Download 2.01 Mb.
|
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Hisobot davri boshiga pul mablag’lari 1500 600 440
- Pul mablag’lari jami (1q+2q) 5840 1575 1640
- 4. Pul mablag’larining etarliligi (etishmovchiligi) (1q+2q-3q) 1290 505
- 7. Hisobot davri oxiriga pul mablag’lari qoldig’i 1190 405 530
- 14.2-jadval Ishlab chiqarish korxonasining 2019 yil uchun statik byudjeti, ming so’mda
- 14.3 jadval Ishlab chiqarish korxonasining 2019 yil uchun moslashuvchan byudjeti, ming so’m
- Korxonaning ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish
14.1-jadval
Korxonaning pul mablag’lari byudjeti ko’rsatkichlari, ming so’mda
Moslashuvchan va statik byudjet, ularni tuzish asoslari Shuningdek, byudjetlarni tuzish ularni tayyorlashda qatnashuvchi barcha bo’linmalar kelishuvi asosida amalga oshirilishi, keyin esa tasdiqlash uchun korxona rahbariyatiga taqdim etilishi lozim. Korxona rahbariyati ma’qullagach byudjet haqiqiy hisoblanadi. Tasdiqlangan byudjetga asoslanib xarajat va daromadlarning oylik rejalari tuziladi. Mazkur rejalar korxonada xarajatlarni boshqarish va iqtisodiy ko’rsatkich (sotishlar hajmi, sof foyda, aktivlar rentabelligi, foyda me’yori va h.k.)larning zaruriy darajasiga erishishga xizmat qiladi. Byudjetlar oldiga qo’yilgan vazifalarga muvofiq, moslashuvchan va statik turlarga ajratiladi. Statik byudjet korxonaning ishchan faolligini muayyan darajasida hisob-kitob qilinadi. Unda daromadlar va xarajatlar sotishlar darajasidan kelib chiqqan holda rejalashtiriladi. Statik byudjet korxona moliyaviy natijalarining haqiqiyligini ifodalaydi hamda pul va foiz nisbatlaridagi ko’rsatkichlarning mutlaq raqamlarini taqqoslashga imkon beradi. Statik byudjet ko’rsatkichlarini moslashuvchan byudjet ko’rsatkichlari bilan taqqoslashda sotishning haqiqiy hajmi e’tiborga olinmaydi, ya’ni, natijalarning qiyosiy tahlili keltiriladi (14.2-jadval). 14.2-jadval Ishlab chiqarish korxonasining 2019 yil uchun statik byudjeti, ming so’mda
Izoh: * “(i)” – belgisi resurslar iqtisod qilinganligi sababli ijobiy chetlanishni, "(s)" – belgisi salbiy chetlanishni ifodalaydi. Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, ishlab chiqarish korxonasi statik byudjetda nazarda tutilgan ko’pgina ko’rsatkichlarga erishmagan. Statik byudjetda ko’rsatkichlarni rejalashtirish amalga oshirilsa, moslashuvchan byudjetni tuzishda natijalarning omilli tahlil usulidan foydalaniladi. Moslashuvchan byudjetda ishlab chiqarishning rejalashtirilgan hajmi tuzatish yo’li bilan hisob-kitob qilinadi. Unda sotish hajmini hisoblashning bir qancha muqobil variantlaridan foydalaniladi. Moslashuvchan byudjetda ishlab chiqarish xarajatlari uchun avval mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan me’yorlar belgilanadi, keyin ushbu me’yorlar asosida haqiqiy sotish hajmiga mos keladigan ishlab chiqarishni rejalashtiriladigan hajmi aniqlanadi (14.3-jadval). Korxonada javobgarlik markazlari bo’yicha moslashuvchan byudjetlar tuzish xarajatlar va daromadlarni samarali boshqarishga, chetlanishlar bo’yicha tezkor choralar qabul qilishga, ijobiy va salbiy chetlanishlarni rejalashtirilgan foyda summasiga mos ravishda tuzatib borishga imkon yaratadi. Shunday qilib, korxona faoliyatini strategik rejalashtirishda byudjetlashtirish aylanma va moliyaviy resurslar, investitsiya faoliyati uchun moliyalashtirish mablag’larini jalb etish, xarajatlar va daromadlar, pul mablag’lari harakati to’g’risida zarur ma’lumotlar olish imkonini beradi. 14.3 jadval Ishlab chiqarish korxonasining 2019 yil uchun moslashuvchan byudjeti, ming so’m
Izoh: * – (i) – belgisi resurslar iqtisod qilinganligi sababli ijobiy chetlanishni, (s) – belgisi salbiy chetlanishni ifodalaydi. Korxonaning ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ishlab chiqarish dasturini tuzish korxona faoliyatini byudjetlashtirishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish dasturi mahsulot ishlab chiqarish va sotishning yillik hajmi, nomenklaturasi, tovarlar va xizmatlar bozori talabi asosida sifat va muddatni tavsiflovchi kompleks rejani o’zida namoyon etadi. Buyurtmachilarning talab va taklif qonuni talablari asosida tovarlarga bo’lgan ehtiyoji, tuzilgan shartnomalar va buyurtmalarning mavjud portfeli, shuningdek, mahsulot (ish, xizmat)larning taklifi korxona ishlab chiqarish dasturining asosini tashkil etadi. Ishlab chiqarish dasturini tuzishda turli usullar: darajali taxminlash, vaziyatli rejalar tuzish, chiziqli dasturlash, mahsulot (ish va xizmat)lar turlarini diversifikatsiyalash (kengaytirish) qo’llaniladi. Darajali taxminlash sotishlar va foydaning kutilgan hajmmini uchta: maksimal, ehtimol, minimal nuqtalari bo’yicha avvaldan rejalashtirishni nazarda tutadi. Vaziyatli rejalashtirish korxona ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish jarayoni bilan bir qatorda beqaror bozor sharoitlarida uni amalga oshirishda ham bir qancha qulayliklar tug’diradi. Ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish, odatda, uch bosqichda amalga oshiriladi: 1) butun korxona uchun yillik ishlab chiqarish rejasini tuzish; 2) rejalashtirilayotgan hisobot davri uchun ustuvor maqsadlarni aniqlash; 3) yillik ishlab chiqarish rejasini korxonaning alohida bo’linmalari yoki ishtirokchilar bo’yicha taqsimlash. Amaliyotda ishlab chiqarish dasturini rejalashtirishning "quyidan yuqoriga" yoki nomarkazlashtirilgan holda, "yuqoridan quyiga" yoki markazlashtirilgan holda va takroran rejalashtirish ko’rinishlari qo’llaniladi. Quyidan yuqoriga rejalashtirish shuni anglatadiki, bunda ishlab chiqarish rejasi boshqarishning quyi darajasida, ya’ni, korxona bo’linmalarida va funktsional xizmatlar bo’yicha tuziladi. Yuqoridan quyiga rejalashtirilganda rejalar butun korxona bo’yicha ishlab chiqiladi va bo’linmalar uchun tezkor rejalashtirish asos bo’lib xizmat qiladi. Takroran rejalashtirish korxona rahbariyati bilan barcha bo’linmalar va funktsional xizmatlar o’rtasidagi uzviy o’zaro hamkorlikni nazarda tutadi. Korxona yoki uning bo’linmasining yillik ishlab chiqarish hajmi mahsulot birligini mos taxminiy bozor baholariga ko’paytirish orqali quyidagi formula bilan hisoblanadi: n p y M0 = ΣMnBn + ΣMpBp + ΣMyBy i i i bu erda: M0 – korxonaning umumiy ishlab chiqarish dasturi, so’m; Mn, Mp, My – mahsulot (ish va xizmat)lar yillik hajmi, dona; Bn, Bp, By – mahsulot (ish va xizmat)lar birliklarining taxminiy bozor baholari, so’mG’dona; n, p, y – mahsulot (ish va xizmat)larning nomenklaturasi. Korxona ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish mahsulot sotish rejasini tuzishdan boshlanadi. Unda har bir mahsulot, shuningdek korxona faoliyatining kelgusi davrida amalga oshiriladigan ishlar va xizmatlar ko’rsatiladi. Bir maromda mahsulot etkazib berilganda rejalashtirilgan muddatda sotishlar hajmini topish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: Ms = Tu * Sr bu erda, Ms – mahsulot sotishning rejalashtirilgan hajmi; Tu – tovarlarni o’rtacha bir kunda sotish miqdori; Sr – sotishning rejalashtiriladigan davri (kun, oy, kvartal, yil). Sotishlarning rejalashtiriladigan hajmini bozor segmentlari bo’yicha quyidagi shaklda shartli misollar yordamida ifodalash mumkin (14.4-jadval). Download 2.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling