Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi
Maternadlar chisobi hisobvaraqlarn
Download 2.01 Mb.
|
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14.5. Byudjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qilish bo’yicha amaliy mashg’ulot
- Komponent Ramka Komponent D Komponent E
- Misol 2. Funktsional smetalarni tayyorlash
Boshqaruv hisobida oqilona investitsiya qarorlari qabul qilishni ta’minlash korxonaning investitsiya faoliyati murakkabligi va dastlab taqdim qilinayotgan loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholash hamda ularning ko’p mablag’ talab qiladigan tomonlarini tahlil qilish zarurati bilan belgilanadi. Shuningdek, korxona bo’linmalarida sodir bo’lgan muomalalarni to’liq hisobga olish ularni muayyan vakolatlar va mas’uliyatlar bo’yicha segmentlarga ajratishni taqozo etadi. Segmentlar hisobot axborotlari biznesning har bir segmenti faoliyatini sifat jihatdan baholash imkonini beradi. Korxona segmentlari (javobgarlik markazlari) faoliyatini boshqarihda ular o’rtasida transfert bahoni to’g’ri shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Transfert baho korxonaning bir javobgarlik markazidan boshqa javobgarlik markaziga o’tkaziladigan materiallar, yarim tayyor mahsulotlar yoki xizmatlar bahosini aniqlashda qo’llaniladi. 14.5. Byudjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qilish bo’yicha amaliy mashg’ulot Misol 1. Rejaviy foyda hajmiga etish uchun realisatsiya hajmini kalkulyatsiya qilish va funktsional smetalar (rejalar) tuzish. MBA AJ kompaniyasi ishlab chiqarib va sotilayotgan A, B va C komponentlariga doimiy talab mavjud. Sotish nisbati: A1 : B2 : C4; realizatsiya narxi: A – 215 000 so’m; B – 250 000 so’m; C – 300 000 so’m. Har bir komponent mis ramkasidan iborat bo’lib, unga turli miqdorlarda bir xil detallar qotirib qo’yadilar.
Har bir komponent uchun quyidagi mehnat vaqti miqdori sarflanadi:
Malakali mehnat 1 soatiga 6 000 so’m, malakasiz mehnatyga 1 soatiga 4 500 so’m to’lanadi. Malakali mehnat ishlov berish tsexida, malakasiz mehnat esa yig’uv tsexida qo’llaniladi. Haftalik ish vaqti 5 kundan iborat bo’lib davomiyligi 37,5 soatni tashkil etadi; har bir hisobot davri 4 haftadan iborat. Komponent uchun o’zgaruvchan ustama xarajatlari A uchun – 5000 so’m; B uchun – 4000 so’m; C uchun – 3500 so’m. Yil oxirida quyidagi zahiralar bo’lishi mumkin, lekin foiz stavkasi oshishi va kompaniya tomonidan aylanma kapitalini olish uchun overdraftdan foydalanilgani sababli kelgusi yil birinchi hisobot davrida komponentlarni ishlab chiqarish va materiallarni sotib olish 10 foizga kamayadi. Hisobot yili oxirida TMZ qoldig’i bashorati (прогноз): Komponentlar A 300 B 700 C 1 600 Mis ramkasi 1 000 Komponent D 4 000 Komponent E 10 000 Komponent F 4 000 Tugallanmagan ishlab chiqarish zahirasini inobatga olmaslik kerak. Kelayotgan yil uchun ko’zda tutilgan ustama xarajatlari smeta bo’yicha: - ishlab chiqarish 728 000 000 so’m; - sotish 364 000 000 so’m; - ma’muriy 338 000 000 so’m. Hamma ustama xarajatlar doimiy, yil davomida bir maromda taqsimlanadi, va davr xarajatlari hisoblanadi. 1 hisobot davrida 1/13 yillik talabni qondirish rejalashtirilmoqda, bu shunday realisatsiya hajmiki, unda soliq to’lagunga qadar 6 500 000 ming so’m foyda olish imkoni bor. Talab qilinadi: a) Kelayotgan yilning 1 davri uchun quyidagi smetalarni tuzing: i) miqdor va qiymat ifodasida sotish dasturi; ii) miqdor o’lchovlarida ishlab chiqarish dasturi; iii) miqdor o’lchovlarida asosiy materiallardan foydalanish smetasi; iv) asosiy materiallar sotib olish xarajati smetasi (qiymat va miqdor ifodasida); v) asosiy ishlab chiqarish ishchilarining mehnat smetasi, ya’ni har bir ishlov beruvchi va yig’uv bo’linmalari uchun zarur bo’lgan ishchilar soni. b) Etiborga olinadigan omillarni tahlil qiling, agar sotib olinadigan zahiralar bir haftalik talab darajasi uchun kamaysa – ushbu taklifni sotib olish mutaxassislari tomonidan berilgan, lekin bunga ishlab chiqarish rahbari qarshi chiqqan. Misol 2. Funktsional smetalarni tayyorlash MCHJ “Dildora” kompaniyasi bir xil material va bir xil malakali ish kuchidan foydalanib ikki tur mahsulot ishlab chiqariladi. Quyida kompaniyaning kelgusi davrga smeta tuzish uchun ishchi hujjatlaridan iqtiboslar keltirilgan:
Asosiy ishlab chiqarish ishchilarning ish haqi smetali stavkasi 1 soatga 4 000 so’m, haftalik ish vaqti – 40 soat, ish vaqtidan tashqari ish uchun 50 % ustama mavjud. Kompaniyada 65 ta asosiy ishlab chiqarish ishchilari mavjud. Mahsulot tayyorlash jarayonida bir ishchini vaqtdan samarali foydalanish rejasi 90%, bundan tashqari bajarilgan ishlab chiqarish vaqtidan 20% bekor turish rejalashtirilgan. Smeta davrida (beshkunlik 12 hafta) sotish va ishlab chiqarish butun davrda bir xil bo’lishi taxmin qilmoqda. Davr boshida zahiralar qoldig’i quyidagicha bo’lishi ko’zda tutilgan: K mahsuloti, dona 1 050 B mahsuloti, dona 1 200 Xomashyo, kg 3 700 Smeta davrining rejali oxiridagi zahira quyidagicha: K mahsuloti, dona 15 kun sotishga etadigan B mahsuloti, dona 20 kun sotishga etadigan Xomashyo, kg 10 kun ishlab chiqarishga etadigan Talab qilinadi: a) kelgusi davr uchun materiallar sotib olish smetasi va asosiy ishlab chiqarish ishchilarni ish haqi smetasini tuzing, miqdor va qiymatini ko’satgan holda. b) yuqoridagi davr uchun har haftaga material sotib olish va ish haqi berish uchun ketadigan pul xarajatini hisoblashga qo’shimcha qanday axborot zarurligini tushuntirib bering. Download 2.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling